Home / Madaniyat / Maqbul duo

Maqbul duo

makbul-duoAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Robbimiz taboraka va taolo kechaning okhirgi uchdan biri qolganda dunyo osmoniga tushadi va: «Kim Menga duo qiladi, Men unga ijobat qilsam, kim Mendan suraydi, Men unga ato qilsam, kim Menga istigfor aytadi, Men uni magfirat qilsam» deydi», dedilar».

Turtovlari rivoyat qilishgan.

Sharh: Kim duosi qabul bulish vaqtini istasa, kechaning okhirgi uchdan biri qolganda duo ila mashgul bulsin. Sahar chogi qilingan duo qabul bulishi tajribada ham kup sinalgan haqiqatdir.

Amr ibn Abasa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Robb bandaga eng yaqin bulgan payt, kechaning okhirining qismidir. Agar usha soatda Allohni zikr qiladiganlardan bulishga qodir bulsang, bul», dedilar».

Sharh: Bu hadis ham avvalgi hadisning manosini takidlamoqda, desak, khato qilmagan bulamiz. Kechaning okhirgi qismi – uning uchdan okhirgi bir qismi bulishi malum. Ana shu vaqtda Allohni zikr qiladigan va U Zotga duo qiladigan bandalardan bulishga harakat qilishimiz lozim.

Kechaning okhirida bedor bulib, Alloh taoloni zikr qilib, duolar qilish juda ham katta fazldir. Har kim bu ishni amalga oshirish uchun harakat qilmogi lozim.

Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Ey Allohning Rasuli! Qaysi duo eshitiladiganroq?» deyildi.

«Kechaning okhiridagisi va farz namozlardan keyingisi», dedilar».

Ikkisini Termiziy rivoyat qilgan.

Sharh: Kim uz duosining qabul bulishini istasa, kechaning okhirida va farz namozlarining okhirida duo qilsin.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Banda Robbisiga eng yaqin buladigan payt u sajdada turganidadir. Bas, duoni kupaytiringlar. Bas, sizga ijobat bulishi haqdir», dedilar».

Muslim va Abu Dovud rivoyat qilishgan.

Sharh: Namoz bandaning uz Robbisi ila yakkama-yakka munojotidir.

Namoz mumin insonning merojidir.

Namoz mumin insonning Allohning huzurida uzini eng khor va eng past tutgan holidir.

Sajda esa namozning bandalik ravshan zohir bulgan, khorlik va zorlik eng ravshan namoyon bulgan joyidir. Bandaning zorligi qanchalar oshsa, Allohning unga yaqinligi shunchalik oshadi.

Shuning uchun ham banda sajdada turganida Robbisiga eng yaqin holda buladi. Robbisiga yaqin bulib turganda esa suragan narsasi qabul bulishi uchun ham eng yaqin hol buladi. Shuning uchun ham banda sajdada turgan holida kuproq duo qilishi kerak.

Imom Muslim va Ahmaddan rivoyat qilgan hadisda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Ogoh bulingkim, men rukuda va sajdada turgan holimda Quron qiroat qilishdan nahyi qilindim. Ammo rukuda Allohni uluglanglar, sajdada esa duo qilishga ijtihod qilinglar, sizga ijobat bulishi loyikdir», deganlar.

Savfon ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Shomga bordim. Abu Dardoning manziliga borib uni topmadim. Ummu Dardoni topdim. U menga:

«Bu sana haj qilmoqchimisan?» dedi.

«Ha», dedim.

«Bizga yakhshilik surab, duo qil. Nabiy sollallohu alayhi vasallam «Musulmonning uz birodariga goyibdan qilgan duosi mustajobdir. Uning boshida bir muvakkal farishta turadi. U uz birodariga har safar yakhshilik tilab duo qilganda muvakkal farishta: «Omin! Senga ham ushandoq bulsin!» deydi» der edilar», dedi.

Bozorga chiqib, Abu Dardoni topdim, u ham Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan khuddi shu gapni naql qildi».

Muslim va Abu Dovud rivoyat qilishgan.

Sharh: Ulug sahobiy Abu Dardo roziyallohu anhu oilalari bilan Madinai Munavvaradan Shomga kuchib ketganlar va usha erda yashaganlar. Shunda kuyovlari ularni kurgani Shomga boribdilar. Borsalar, uyda faqat qaynonalari Ummu Dardo roziyallohu anho bor ekanlar. Abu Dardo roziyallohu anhu qaergadir chiqib ketgan ekanlar.

Rivoyatda zikr qilinishicha, ushanda Ummu Dardo roziyallohu anhu kuyovlaridan:

«Bu yil hajga borasanmi?» deb surabdilar.

«Ha», debdi kuyov.

Shunda Ummu Dardo roziyallohu anho:

«Unda bizning haqqimizga khayrli duo qilib quy. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam «Musulmon kishining uz birodari uchun goyibdan qilgan duosi qabul buladi. Duo qilayotgan kishining boshi ustida bir muvakkal farishta turadi va duo khayrli bulsa: «Omin! Senga ham shunday bulsin», deb turadi» deganlar», debdilar.

Masalan, bu kishi: «Ey Alloh! Falon birodarimga taqvo bergin, khayr-baraka bergin» deb duo qilsa, uning boshi ustida turgan farishta: «Omin! Senga ham shunday bulsin!» deb turar ekan.

Kuyov bu gapni eshitibdi. Sung qaytib ketayotib, bozorda qaynotasini uchratib qolibdi. Qaynotalari ham khuddi Ummu Dardo roziyallohu anho aytgan gaplarni aytibdilar.

Demak, bu sahobalarning kupchiligi kurgan, eshitgan, sobit bulgan narsa ekan. Safarga, hajga va umuman, duosi qabul buladigan joylarga boradigan kishilardan duo surash, haqqimizga duo qilib quying, deb iltimos qilish sahobai kiromlar qilgan amallardan ekan.

Albatta, ular bu ishni Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislariga binoan qilganlar.

Alhamdulillah, bu narsa bizda ham yakhshi yulga quyilgan, hajga ketayotganlardan, musofirlardan duo qilishni surab qolishadi.

Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:

1. Musulmonlar bir-birlariga duo surab turishlari kerakligi.

2. Birovning orqasidan uzi yuqligida qilingan duo maqbul bulishi.

3. Orqadan qilingan duoga muvakkal farishta «omin» deb turishi.

4. Birovga goyibdan yakhshi duo qiluvchining uziga ham u birodariga suragan yakhshilikchalik yakhshilik etishi.

Bu hadisi sharifga amal qilishga utmogimiz lozim.

Abu Dovud va Termiziyning rivoyatida:

«Albatta, duoning eng tez ijobat buladigani goyibning goyibga qiladigan duosidir», deyilgan.

Sharh: Chunki bundoq duo riyodan va khujakursindan yirokda buladi. Hamda chin ikhlos va sof niyat ila qilinadi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари