Home / Madaniyat / MAHJURIY (1889 – 1973)

MAHJURIY (1889 – 1973)

MUMTOZ ANANALARGA SODIQ ShOIR

MUMTOZ ANANALARGA SODIQ ShOIR

Sher – khotira chirogi
mahjuriMustaqil Respublikamizdagi uzbekzabon adiblar haqida suz ketganda, beikhtiyor Mahjuriy domlani eslaymiz. Mahjuriy domla Andijonda tavallud topgan bulsa-da, taqdir taqozosi bilan umrining asosiy qismini Ush shahrida hijratda1 kechirdi. Sobit imon sohibi bulgan Mahjuriy domla ham chuqur bilimli islomiy olim, ham mumtoz adabiy ananalarga sodiq qolgan shoir edilar. Mumtoz adabiy ananalar yulida ijod etgan shoirdan kuplab gazallar. mukhammaslar, sheriy nasihatlar, manzumalar. maktublar meros qoldi. Shoirning farzandlari bu adabiy merosni tuplab “Hijratda utgan umr” nomi bilan 2006 yili Andijonda nashr ettirdilar. Kitobga taniqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori keltiramiz:

Haqiqiy iztirob hech payt insonni manan tukhtatmaydi, balki kurashga, faoliyatga chorlaydi. Boz2 ustiga, faqat teran iztirob, nurli azob bagrida odam uzining shakhsiy hayotini chuqurroq his qiladi. Zero, armon va iztirobda tom manodagi bir qatiyat, haqsizlikka qarshi isyon shakllanib boradi. Ana shunda sabr-bardosh ham kuch va erkinlik maydoniga aylanadi. Avvalo shu haqdi ikki ogiz suz aytmoqchiman.

Biz tugilib usgan muhitda kitob va kitobkhonlik juda qadrlanardi. Rahmatli bobom – dadamning otalari – dunyoning oqu-qorasini yakhshi farqlaydigan, namozkhon, Ahmad Yassaviy, Khoja Hofiz, Mirzo Bedil kitoblarini qayta-qayta mutolaa qiladigan kishi edilar. Bobom, ayniqsa, Madrasa kurgan, Hofiz, Bedil sherlarini uqib sharhlay oladigan ilmli

Hijrat musofirlik. ayriliq. Boz – yana.

odamlarni kungliga nihoyatda yaqin olar va juda-juda ardoqlardilar. Uningcha, aql va marifat chirogi khuddi ana shunday oqilu fozillarning qalbidan ziyo taratardi…

Garibdirman. gariblarning garibi, Kuzim yoshi tegirmonning arigi, –

degan baytni uzicha bobom bot-bot takrorlaguvchi edi. Garib kim, gariblik nima, ushbu bayt orqali qanday hasratli tuygular ifodalangan – bularni men – ushanda aniq anglayolmaganman, albatta. Ancha keyin angladimu, ne-ne ilmli donishmand bobolarimiz dillaridagi chung hasrat, muqaddas orzu- istaklarni oshkor qilolmay bu foniy’ dunyoni tark etishga majbur bulganliklarini bildim…

Shuro davlati yurtimizda tarikhan misli kurilmagan biraqliy chorasizlik, marifat sohiblari qurqib, qimtinib, tabiiy holatlaridan yiroqlashib yashashga mahkum qilingan. Chidab bulmas bunday zuravonlikka chidash, engish shart va zarur bulgan bu qabohatni uzoq vaqt enga olmaslik millatimizning dini, ilmiy salohiyati. adabiyoti va istiqboliga qancha zarar etkazgan? Bugun buni hech kim tula aniqlab ham, tariflab ham bera olmaydi. Bir muhim tasalli shundaki, har qanday ogir sharoitda eng mashum tahlikali zamonlarda ham uz ildizi, yani dini, tili, tarikhi va milliy irqidan ajralmagan ziyolilarimiz soni uncha kamchil bulmagan. Ular dahriylikni[1] [2] dindorlik. etiqodsizlikni etiqod, mutelikni gurur, jaholatni marifat deb bilmaydigan darajada manan kuchli, haqiqatga sodiq va diyonatli zotlar bulishgan. Ilm va iymon quroli ila mana shular subutsizliklardan uzlarini asrab, khalq va yurt uchun baholi qudrat kholis khizmat etganlar.

Andijonda tugilib kamolga etishgan va Mahjuriy takhallusi bilan sherlar yozib, katta meros qoldirgan Muhammadkhon mulla Ishoq ugli khuddi shunday unutilmas shakhsiyatlardandir. Mahjuriyning tugilgan vaqti takhminan 1889 yil avgustining okhirlarida deb qayd etilgan. U dindor va ilmli bir oilaning farzandi bulgani uchun yakhshi tarbiya toptan, bolaligidayoq uqish va urganishga kuchli qiziqish paydo qilgan. Khujanddagi “Miyon Hazrat” madrasasida. Andijon ulamolari huzurida tahsil olgan yillari Mahjuriy faqat fors va arab tillarini pukhta biladigan olimgina emas, sharq sheriyati ananalari, khususan, Hofiz, Sadiy. Navoiy. Fuzuliy, Mirzo Bedil tajribalaridan ilhomlanib, sherlar ijod qilgan shoir sifatida tanila boshlagan.

Mahjuriy ananaviy mavzularda qalam tebratgani bois shakl tanlashda ham ananaviylik talab va qoidalariga amal qilgan. Uning gazal, mukhammas va boshqa janrlarda yozilgan sherlari bilan tanishgan kishi bunga tula ishonch hosil qiladi, shu bilan bir qatorda shoir sherlarida qullanilgan poetik tasvir vositalari va badiiy sanatlar ham salaflar tajribasi va tasiri bilan vobastaligiga’ iqror buladi.

Mahjuriy ijodiyotining bir jihatini men alohida takidlab utmoqchiman. Mahjuriy ishqni kuylagan, muhabbat sirlarini ochishga uringan oshiqona sherlar muallifigina emas, u ulkan akhloq targibotchisi va:

Netong maykhonaning rindi bulib, zavqi safo topsam, Kuringay aksi husning sogari sahboyi nob ichra. –

singari irfoniy[3] [4] manolarni ilgari surgan mutasavvuf shoir hamdir. Ammo u hech bir urinda tasavvufiy holat, kayfiyat va haqiqatlar ifodasida atayinlik, suniylik, zurakilikka yon bermagan. Bu ham muhim, albatta.

Mahjuriy tabiatan didaktikaga[5] moyil bulgan. Shuning uchun u uzicha sherni ilm, marifat, talim-tarbiya vositasi deb bilgan. Odatda, bunday qalamkashlar har bir inson bilishi. amal etishi zarur bulgan diniy, akhloqiy, marifiy muammolarni yoritishga kuproq kuch sarflaydilar va odamlarni ogohlantiruvchi har turli. manaviy khastalik yoki fikriy noqisliklardan saqlanishga yordam beruvchi goyalarni izchillik bilan talqin qiladilar. Turkiy tilda ijod etgan Mavjiy degan shoir:

To ibtidoi[6] olama bosdik qadam hamon, Bildik. kelur qulogimizga intiho[7] sasi, –

deydi. Ibtidodayoq intihoni uylash, umr avvalidanoq fanolik mushohadasiga ehtiyoj sezish uchun insonda katta aql-idrok bulishidan tashqari, u nurli bir tafakkur egasi ham bulmogi kerak. Ana shu fazilatlar Mahjuriy domla uchun ham kharakterli edi, desak, bizningcha khato bulmaydi. U kishi azbaroyi bilagonligi va allomaligidan Sadriddin Ayniy, Gafur Gulom, Oybek kabi akademik adiblarimizning hurmat-ehtiromiga musharraf bulgan. Malum bir payt jumhuriyat poytakhtida yirik navoiyshunoslar safida mehnat qilgan. Kimki insonning kimligini bilishni istasa, eng avvalo uning ruhoniyati va fikriy hayoti bilan qiziqishi kerak. Ruhi yakrang, fikriy hayoti jun kimsalarning mahdudligiga chidash azob. Nechoglik samimiy va tajribali kurinishmasin, kungli ularni musohiblikka1 arzitmaydi.

Ushbu majmuadan Mahjurning – Sayfiy, Khurram, Habibiy, Ulfat, Anisiy, Dogiy, Fakhriy, Fayziyga ukhshash bir necha shoirlar bilan mushoiralari[8] [9] ham urin olgan. Mahjurga zamondosh bu shoirlar uni aynan qalbi qalblarga tutash, hozirjavob zukko ijodkor dust sifatida ardoqlaganlar. Chunki u bedilkhon va Bedil sherlarining tarjimoni qiyofasida ham hurmatli bulgan…”

Utgan asrning 30-yillaridagi qatagon shamoli Mahjuriy domlaga ham etib keladi. Yuqorida aytganimizdek, etuk islomiy olim sifatida tanilgan Muhammadkhon Mahjuriy “haqsiz”lar ruykhatiga olinadi va ruykhat ular yashaydigan mahalla boshiga ilib quyiladi. Bu haqda shoirning ugli Maqsudkhon shunday yozadi: “Dustlari u kishini bu haqda darhol khabardor qilib, tezlik bilan Andijondan chiqib ketishni maslahat berishadi. Domla fursatni ganimat bilib, tezlik bilan Qirgizistonning Ush shahriga qochib boradilar va usha erdan panoh topadilar. Mahjuriyning bu hijratlari 1933 yili sodir bulgan edi. Ushda ham davlat odamlaridan uzoqroq yurish uchun shahardan chetroqda joylashgan “Dom otdukh”ga “kochegar” – (ut yoquvchi) bulib ishga joylashadilar. Keyinchalik oila azolarini ham kuchirib keltiradilar. Shu tariqa to 1938 yilgacha Ushda umrguzaronlik[10] qiladilar. Shu voqea tasiri ularoq uzlariga Mahjur (hijrat qilgan, uz yurtidan ayriliqda yashagan) takhallusini lozim topadilar…”

1938 yili Uzbekiston Kommunistik partiyasi birinchi kotibi Usmon Yusupov topshirigi bilan shoirlar – Sobir Abdulla. Anisiy va Habibiylar Ushga kelib, Mahjuriy domlani Toshkentga olib ketishadi. Mahjuriy 1938 – 1941 yillarda Toshkentda Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyiga tayyorgarlik ishlarida qatnashadi: shoir asarlarini arab yozuvidan lotin. keyinchalik rus yozuviga ugiradi, Navoiy asarlari lugatini tuzishda ishtirok etadi.

Urush va urushdan keyingi yillarda Mahjuriy domla Andijonda, Yangiyulda, Bukhoroda, Mirzachulda, Buloqboshida yashab, teatrda “adabiy emakdosh”, “Mir arab” madrasasida mudarris, jome masjidlarda imom khatib lavozimlarida khizmat qildi.

Ugillari Maqsudkhonning malumot berishicha, Mahjuriy domlani 1958 yili “Qirgizistonning Ush viloyati qozisi Shafoat hoji domla, nazorati diniyadan rukhsat olib Ush shahridagi “Shahidtepa” masjidiga imom khatib qilib olib ketadilar. Ushda 1958 yildan 1973 yilgacha khatib bulib umrlari- ning okhirigacha ishlaydilar. Demak, ilgarigi, yani 1933 – 1938 yillarda Ushda turganlaridan tashqari yana 15 yil Ushda istiqomat qilib, oilalari bilan yashaydilar. Bu davr mobaynida Ush qalamkash adiblari u kishini juda hurmat bilan tilga olishib, uz suhbatlarida maroq bilan gazal, ashor, mukhammaslaridan uqiydilar, eslaydilar. Ush shahrining aholisi Mahjur domlani juda ezozlab, hurmatlab, qadrlariga etar edilar. Hatto bu kishining Andijonga ketib qolmasliklari uchun tadbir qilishib, kenjamiz Marufkhonni Ushdan uylab quyishdi ham. Hozir ham ukam Marufkhon uch ugil va uch qiz farzandlari bilan Ushda bakhtiyor hayot kechirmoqda…”

Mahjuriy domla turt ugil, ikki qiz farzandni tarbiyalab voyaga etkazdilar. Shoir avlodlari – Ahmadkhon, Mahmudkhon, Azizakhon, Maqsudkhon, Shahodatkhon va ularning farzandlari Uzbekistonda, kenja ugillari “Shahidtepa” masjidi imom khatibi Marufkhon (Alloh rahmat qilsin) domlaning farzandlari Ushda istiqomat qiladilar.

Savol va topshiriqlar:

  1. Qirgizistonlik uzbek adiblaridan kimlarni bilasiz? Ularning qanday asarlarini uqigansiz?
  2. Adabiyotshunos Ibrohim Haqqul Mahjuriy shakhsiyati va ijodiga qanday tavsif beradi?
  3. To ibtidoi olama bosdik qadam hamon,

Bildik, kelur qulogimizga intiho sasi, – bayti manosini tushuntirishga urining. Baytning Mahjuriy shakhsiyatiga qanday aloqasi bor?

  1. Mahjuriyning birinchi bor Ushga kelib qolishi sababini izohlang. Sizning ajdodlaringizdan ham hijrat fojiasiga uchraganlar bormi? Oilangizdagi kattalardan surab aniqlang va daftaringizga yozib quying.
  2. Mahjuriyni kimlar va nima uchun Ushdan Toshkentga olib ketishadi?
  3. Mahjuriyning Ushga ikkinchi bor kelib yashashi haqida gapirib bering.

Mahjuriy domlaning farzandlariga

qilgan dnl izhorlari

Bolalarim! Mening hayotimning okhiri yaqinlashib kelmoqda. Men sizlarning har qaysilaringizga atab bironta meros qoldirolmadim. Chunki umrim qashshoqlikda utdi. Har holda sizlarni katta qilguncha, har qancha mehnat-mashaqqatlar cheksam ham, yakhshi niyat va halol mehnat bilan tarbiyaladim. Natijada har biringiz otalik va onalik darajasiga etdingizlar. Mana endi davlatimizning ishlab chiqarish tarmoglarida jamiyat khizmatini bajarmoqdasizlar. Endi sizlarga qoldiradigan merosim – faqat mening bu sheriy pand va nasihatlarimdur.

[1] Foniy – utkinchi, vaqtincha.

[2] Dahriylik – khudosizlik, dinsizlik.

4-744

[3] Vobastalik – bogliqlik.

Irfoniy – marifiy.

’ Didaktika – talim-tarbiya, pand-nasihat berish.

[6] Ibtido – boshlanish.

‘ Intiho – tugash.

‘ Musohib – suhbatdosh; musohiblik – suhbatdoshlik.

[9] Mushoira – sheriy bahs, tortishuv, musobaqa.

’ Umrguzaronlik – umr kechirish, yashash.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари