Home / Jahon / Lukashenko prezidentlik qasamyodini qabul qildi. Inaugurasiya tugrisida rasman elon qilinmagandi
Место рекламы

Lukashenko prezidentlik qasamyodini qabul qildi. Inaugurasiya tugrisida rasman elon qilinmagandi

Foto: BELTA

Belarusda 9 avgust kuni utkazilgan prezidentlik saylovlarida 80 foizdan kuproq ovoz olgan Aleksandr Lukashenko rasman prezident lavozimiga kirishdi. Bu haqda mamlakat telegraf agentligi BelTA khabar bermoqda.

Minskdagi Mustaqillik saroyida Lukashenkoning inaugurasiya marosimi utkazilgan. Hukumatga yaqin ekani aytiladigan «Pul Pervogo» telegram kanalida inaugurasiya marosimidan olingan surat joylashtirildi.

Marosimda bir necha yuz kishi qatnashgan. Ular orasida yuqori darajali mansabdorlar, fan arboblari, rasmiy OAV vakillari bulgan.

Lukashenko mamlakat konstitusiyasiga ung qulini quygan holda belaruschada prezidentlik qasamyodini qabul qilgan va marosim utkazilgani borasida aktga qul quygan. Shundan keyin Markaziy saylov komissiyasi rahbari Lidiya Ermoshova Lukashenkoga Belarus prezidenti guvohnomasini topshirgan.

Malumot uchun, Lukashenkoning inaugurasiya marosimi utkazilishi haqida rasman elon qilinmagan va u haqda hech qaerda afishalar berilmagandi.

Belarusda saylov utkazilgan 9 avgustdan buyon norozilik aksiyalari tukhtamayapti. Qator davlatlar va Evropa Ittifoqi Belarusdagi saylov natijalarini haqiqiy emas deb topgan. Evroparlament deputatlari esa Lukashenkoni persona non grata deb elon qilishgan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

hu_sDR8bWbT9fBlCki6-rn-eGMdDC4Qs

Pompeo Ozarboyjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari bilan muzokaralar utkazadi

Maykl Pompeo muzokaralar 23 oktyabrda bulib utishini malum qildi. Foto: Reuters AQSh davlat kotibi Maykl …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари