Home / Sport / Kumanning «Barselona»si. Jamoada Messiga qaramlik yuqolmoqda, Messi ham ishtiyoqini yuqotmagan
Место рекламы

Kumanning «Barselona»si. Jamoada Messiga qaramlik yuqolmoqda, Messi ham ishtiyoqini yuqotmagan

Kuk-anorranglilar mavsumni «Vilyarreal»ga qarshi uyindagi yorqin galaba bilan boshlashdi (4:0).

Foto: Reuters

Ispaniya chempionati. Primero. 3-tur
«Barselona» — «Vilyarreal» — 4:0 (4:0)
Gollar: Fati, 15 (1:0). Fati, 19 (2:0). Messi, 35 — penaltidan (3:0). Pau Torres, 45 — avtogol (4:0).
«Barselona»: Netu, Pike, Jordi Alba, Langle, Buskets (Pyanich, 78), Koutinyu (Dembele, 70), Serji Roberto, de Yong, Messi, Grizmann (Trinkan, 78), Fati (Pedri, 70).
«Vilyarreal»: Serkhio Asenkho, Albiol (Funes Mori, 84), Mario Gaspar, Estupinyan, Pau Torres, Parekho, Koklen (Iborra, 46), Moyses Gomes, Pako Alkaser (Trigeros, 46), Moreno (Bakka, 84), Chikvueze (Kubo, 74).
Ogohlantirish: Moreno, 83.
Hakam: Kuadra Fernandes.
27 sentyabr. Barselona. «Kamp Nou» stadioni.

Barcha Bartomeuga qarshi
«Barselona» klubi mukhlislarining katta qismi uchun klubda bulib utayotgan voqealar ramzi Luis Suaresning khayrlashuv marosimidagi kuz yoshlari va Jozep Bartomeuning hech kimni ishontira olmagan chiqishi buldi. Mukhlislarning sevimli futbolchilaridan birini klubdan haydab yuborgan prezident bu marosimga kelmagani yakhshi edi.

Klub rahbariyati nafaqat jamoaning Neymar va Dani Alves boshchiligidagi sobiq futbolchilari tomonidan, balki klub sardori tomonidan ham tanqid qilinmoqda. Messi bungacha ham uzini tiya olmasdan «Kamp Nou»da qolish qarori haqida malum qilgan intervyusida rahbariyat haqida nimani uylasa gapirgandi.

Qolaversa, Bartomeuning davri tugamoqda prezident hozir chuloq urdak kabi — keyingi yil uning prezidentlik muddati tugaydi va u yangi saylovda qatnashmaydi. Klub bosh murabbiyligiga u tomonidan taklif etilgan Ronald Kuman ham Bartomeuni qullamayapti. U Messi uyinlar va mashgulotlar vaqtida barcha uchun namuna ekanini takidlamoqda, uning Suaresning klubdan ketishiga munosabatini ham oddiy holat sifatida qabul qildi. OAV tomonidan Suaresning ketishida bosh aybdor sifatida kursatilgan murabbiy asli bunday emasligi, uning ketishi faqat klub rahbariyati qarori bulganini malum qildi.

Tarkibdagi tozalash
Bu oqilona yondashuv buldi. Birinchidan, murabbiy futbolchilar bilan birgaligini bildirdi. Ikkinchidan, bu siyosat va Kuman keyingi yil martida saylanadigan bulajak prezident vaqtida ham «Barselona»da qolishni istaydi. Shu bilan birga, Ronald klub rahbariyatining tarkibni yangilash buyicha qarorini maqulladi va yangi chempionat butunlay boshqacha bulishini aytib utdi.

Kataloniyani avvalroq tark etgan Artur va Rakitich ortidan Suresom, Vidal va Nelson Semedu uzlariga yangi klub topib ketishdi. Shu kunlarda Todibo klubini almashtirishi kutilmoqda, Khunior Firpo va Yumtiti ham boshqa klublardan taklif kutmoqda. Riki Puchning kelajagi suroq ostida, bosh murabbiy yangi Inesta sifatida qaralayotgan bu futbolchi ijaraga berilishi kerakligini tavsiya qilgan.

Mukhlislar bu uzgarishlarni ijobiy qabul qilishmagan bulishsada, bu qarorlar mantiqqa zid emas. Jamoa yarimhimoya chizigida raqobat katta va hatto Pyanich ham zakhira urindigida qolib ketishi mumkin. Alenya, Rafinya va Filippe Koutinyu kabi futbolchilar ijaradan qaytishdi, klub bu futbolchilarni ham uyin amaliyotiga ega bulishlari uchun, ham moliyaviy feyr-pleyga amal qilish zarurati tufayli ijaraga berishiga tugri kelgandi.

Klub bu safar transferlar bozorida faol emas. Hozir Veynaldumni hech kim eslamay quydi. Lautaro Martines haddan tashqari qimmat, Depay uchun esa raqobatchi kup. Faqat «Ayaks»dan amerikalik yosh himoyachi Serjino Destning transferi hal qilindi. Ammo, bu futbolchi ham kelajak uchun, Kuman esa yangi «Barsa»ni hozirdan qurishi kerak.

Fatining uyini

Albatta, bitta uyin bilan baho berish tugri emas, ammo kuk-anorranglilarning uyinida yana mazmun paydo buldi. Kike Seten davrida tup nazorati tugri yulga quyilmagan va bu raqibning emas, «Barsa»ning uzining uyinini buzib quyardi. Hozirda esa kataloniyaliklar futboli nisbatan vertikal kurinish oldi. Uzatmalar shunchaki uzatilmayapti. Tupning har bir harakati vaziyatni keskinlashtirish uchun khizmat qilmoqda, uzun paslar soni ham kupaydi.

Jamoa himoyadan chiqishda ham samarali uynamoqda. «Vilyarreal»ga qarshi uyindagi ikkinchi golli hujum bunga yaqqol namuna buladi – Langle darhol markazdagi Koutinoni tup bilan taminlagandi. Ochiq hududlarga ega bulgan braziliyalik futbolchi maydon markazini kesib utib, Fatini zarba berish nuqtasiga chiqardi. Birinchi golda ham Kleman Langle Jordi Albaga uzun uzatmani amalga oshirgan, qanot himoyachisi esa Fatini uz vaqtida tup bilan taminlagan, yosh vinger Serkhio Asenkhoning yaqin burchagini aniq nishonga olgandi.

Fati bir yillik futbolchi emasligini namoyish eta boshladi. 17 yoshli vunderkind mavsumni hech kimda savol qoldirmaydigan tarzda boshladi – yangi shartnomaga kura uning badal puli miqdori 400 million evroga kutarilgandi. Bartomeu esa Fatining gollari va penalti ishlashidan keyin engil tin olgani aniq, chunki Suaresning «Atletiko»dagi yorqin debyutidan keyin (urugvaylik futbolchi zakhiradan tushib golli uzatma amalga oshirdi va ikki gol urdi) prezidentga faqat dangasalar tosh otmagandi.

Kumanning uslubi

Kumanning debyut uyiniga eng yakhshi bahoni mukhlislar berishmoqda. Stadionda ular yuq edi, ammo fanatlar arena tashqarisida ikkinchi bulim boshlanayotgan chogda galaba mushakbozligini uyushtirishdi. Uyin davomida Unai Emerining «Kamp Nou»dagi navbatdagi maglubiyati muqarrar ekani kurinib turardi.

«Barsa» uyinida tanqidtalab bulgan jihat — himoya chizigidagi muammolardir. Qolgan barchasi — maqtovga loyiq. Kuman de Yongdan qanday foydalanish kerakligini ham bilishini kursatib quydi. Bosh murabbiyning vatandoshi hujum vaqtida tayanch zonasini Busketsga qoldirib uz vaqtida oldinga utdi. Umuman, uyin davomida kup futbolchilar vaziyatga qarab tugri pozisiyalar tanlashdi. Masalan, Grizmann kerak vaqtda markazda paydo buldi, kerakli vaqtda ung qanotga utdi, ung qanot himoyachisi vazifasini ham bajardi, chapda Fatining ortida ham uynadi.

«Sariq submarinalar» himoyachilari Koutino ham maydonda aslida qaysi pozisiyada uynayotganini anglay olishmadi. «Tuqqizlik», insayd yoki qanot hujumchisi? Leo esa erkin ijodkor edi va jamoa bundan samarali foydalandi.

Leo Messi: darvozaga etti zarba va penaltidan bir gol


Messi qatorasiga 17-mavsumda gol urmoqda. U yangi mavsumdagi ilk golini dusti Suares kabi nishonladi

Mavsumlar oraligidagi muammolarga qaramasdan maydonda jamoa uchun borini berib uynashda davom etmoqda. Yakhshi harakatlanmoqda, keskin vaziyatlar yaratmoqda. 35-daqiqada esa penaltidan uchinchi golni urdi. Bu vaziyatda Mario Gaspar jarima maydoni ichida Fatining oyogiga tepgani uchun hakam 11 metrli jarima nuqtasini kursatgandi.

Messi tanaffusgacha kataloniyaliklarning barcha turt golida ishtirok etdi. Uning Serkhio Busketsga uzatmasini tusib qolmoqchi bulgan Pau Torres uz jamoasi darvozasini ishgol etib quydi.

Jamoa sardori endi tupni maydon markazida olib raqib jarima maydonigacha olib borishi talab etilmaydi. Yangilangan «Barsa» tezkor futbolchilar hisobiga uzun uzatmalardan foydalana boshladi. Bu jarayonga Kumanning uslubini qabul qilgan barcha futbolchilar jalb etiladi. Qanchalik galati tuyulmasin, kataloniyaliklar Messisiz ham uynay olishadi. Ammo tarkibda Leo bulgani baribir yakhshiroq. Ispaniya chempionatiga va Evropa futboliga aynan shunday «Barsa» kerak.

Ikkinchi bulimda Emeri tupga egalik qilish uchun Pako Alkaser urniga maydon markaziga qushimcha futbolchi tushirdi. Ammo mehmonlar ikkinchi bulimda ham yakhshi hujumlar uyushtira olishmadi. «Barselona» pozision himoyalanib uyin tempini tushirdi. Kuman uyinchilar almashtirish orqali kuch tejadi: Pyanich, Trinkan va Pedri debyut qildi, Usmon Dembele ham 10 oylik tanaffusdan keyin maydonga qaytdi.

Birinchi bulimda tuliq ustunlik qilgan «Barsa» zarbalar buyicha ham ilgarilab ketgandi – 8:2 (aniq zarbalar buyicha – 5:0). Tanaffusdan keyin «Barselona» mehmonlarning 4 zarbasiga 9 zarba bilan javob qaytardi (aniq zarbalar buyicha – 4:1). Messi etti marta zarba berdi. U ikkinchi bulimda bir qancha yakhshi vaziyatlarga ega buldi, ammo Asenkho «Vilyarreal»ni hisob yanada yiriklashib ketishidan qutqardi.

Bu uyinga qarab, «Barselona» uziga kelayotganini aytish mumkin. Ammo Kumanning ishiga tula baho berish uchun kamida yarim mavsum jamoa uyinini kuzatish kerak. Bitta yirik galaba utgan mavsumdagi muvaffaqiyatsizlikni unuttira olmaydi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

f_GOJ7797kCtUI6qcwshS3VgQfEomUZ

Germaniya – Ispaniya, Portugaliya Khorvatiyaga qarshi. Start arafasidagi Millatlar ligasi formati, guruhlar va JCh-2022 bilan bogliqligi haqida

Klublar urtasidagi khalqaro turnirlar yakunlangach, UEFA Evropa mamlakat milliy jamoalari urtasidagi Millatlar ligasi bahslarini boshlamoqda. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари