Home / Madaniyat / Quyoshning magribdan chiqishi va Dobbatul arz haqida

Quyoshning magribdan chiqishi va Dobbatul arz haqida

kuyoshQuyoshning uzining odatda botadigan tomonidan chiqishi ham qiyomatdan oldin buladigan katta alomatlardan biridir. Bu haqda Paygambar sollallohu alayhi vasallamdan kuplab hadisi shariflar vorid bulgan. Bazilarini qisqacha urganib chiqamiz.

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir kuni: «Bu quyosh qayoqqa ketishini bilasizlarmi?» – dedilar. «Alloh va Uning Rasuli – alam»,  deyishdi. «Albatta, bu to uzining Arsh ostidagi qarorgohiga etguncha yurib boraveradi. Sungra sajda qilgan holida yiqiladi. To unga «Kutaril, kelgan eringga qayt!» deyilguncha ushandoq turaveradi. Keyin chiqar joyidan chiqadi. Keyin to uzining Arsh ostidagi qarorgohiga etguncha yurib boraveradi. Sungra, sajda qilgan holida yiqiladi. To unga «Kutaril, kelgan eringga qayt!» deyilguncha ushandoq turaveradi. Keyin chiqar joyidan chiqadi. Sungra yana yuradi. Odamlar undan hech narsani inkor qilmaydilar. U usha Arsh ostidagi uz qarorgohiga boradi. Bas, unga kutaril, magribingdan chiquvchi bul, deyiladi. U magribidan chiquvchi buladi.

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Usha qachon buladi, bilasizlarmi? Bu hech bir jonga, oldin iymon keltirmagan yoki iymonida yakhshilik kasb qilmagan bulsa, iymoni naf bermaydigan paytda buladi», – dedilar».

Ikki shaykh va Termiziy rivoyat qilgan.

Usha payt aynan qiyomat juda ham yaqin qolgan payt buladi. Shundoq qilib, quyoshning magribidan chiqishi qiyomatning ulkan alomatlaridan biri buladi.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir hadis yod olib, hech yodimdan chiqarmadim. U Zotning shunday deganlarini eshitganman: «Alomatlarning birinchi chiqadigani quyoshning magribdan chiqishi va odamlarga dobba – jonivorning choshgoh paytida chiqishidir. Qaysi biri oldin chiqsa, keyingisi darrov sherigining orqasidan chiqadi».

Muslim va Abu Dovud rivoyat qilgan.

Abu Dovud: «Nozil qilingan kitoblarni uqib yuradigan Abdulloh: «Menimcha ikkisidan oldin chiqadigani quyoshning magribidan chiqishidir», dedi» ni ziyoda qilgan.

Demak, qiyomatning ikki katta alomatidan biri, quyoshning magribidan chiqishi oldin buladi va ikkinchisi, dobbaning chiqishi undan keyin buladi. Bu haqiqatga jazm ila etiqod qilmoq kerak.

Qiyomatning eng katta alomatlaridan biri bulgan «Dobba» – jonivor haqida «Naml» surasida bir oyat bor.

Alloh taolo: «Qachonki, ularning boshiga suz(langan azob) tushganida, Biz ular uchun erdan bir dobba – jonivor chiqaramiz. U ularga, albatta, odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan bulganlarini aytib beradi», degan (82-oyat).

Bu hodisa qiyomatning alomatlaridan biridir. Alloh taolo ushbu oyati karimada kofirlar boshiga vada qilingan suz – qiyomat azobi tushish chogida erdan bir hayvon chiqarishi haqida khabar bermoqda. Demak, bu ishning bulishi muqarrarligiga hech qanday shubha yuq.

Sahih hadisi shariflarda bu hayvon qiyomatning alomatlaridan biri ekanligi, tavba qilsa, foyda bermaydigan vaqt bulib qolganda chiqishi haqida khabarlar kelgan.

Hofiz ibn Kasir: «Bu jonivor okhiri zamonda, odamlar fasodga berilganda, Allohning amrini tark qilganlarida va haq dinni uzgartirganlarida chiqadi», deganlar.

Imom Ahmad ibn Hanbal Huzayfa ibn Usayd al-Giforiy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda ham Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Unta belgini kurmaguningizcha qiyomat qoim bulmaydi», deb turib, erdan jonivor chiqishini ham aytganlar.

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir hadis yod olib, hech yodimdan chiqarmadim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitganman: «Qiyomatning birinchi alomatlaridan quyoshning magribdan chiqishi va odamlarga dobba-jonivorning chiqishidir, bunisi choshgoh paytida buladi. Qaysi biri oldin chiqsa, keyingisi darrov sherigining orqasidan chiqadi».

Shu bilan birga, muhaqqiq tafsirchi ulamolarimiz ushbu jonivor haqida keraksiz va asossiz gaplar kupayib ketganini, ular tafsir kitoblarimizga ham kirib qolganini, ishonchli manbalarga suyanmagan gaplar bulgani uchun ularga etibor bermaslik lozimligini takidlaydilar.

Quroni Karimda va sahih hadislarda kelgan khabarlar bilan kifoyalanish – eng yakhshi ish. Qolgani esa faqat Alloh biladigan gayb ilmdir.

«Qachonki, ularning boshiga suz(langan azob) tushganida, Biz ular uchun erdan bir dobba – jonivor chiqaramiz». Bu «jonivor» oyatda «dobba» deb aytilgan. «Dobba» er yuzida asta yuruvchi, deganidir. Qorni bilan sudralib yuradimi, ikki, turt yoki sonsiz-sanoqsiz oyoqlari bilan yuradimi, farqi yuq. Diniy adabiyotimizda ham bu jonivor «dobbatul arz» nomi bilan mashhur bulgan.

Demak, qiyomat yaqinlashganda usha jonivor chiqadi va: «U ularga, albatta, odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan bulganlarini aytib beradir». «Dobbatul arz»ni odamlarga gapirtirishdan maqsad, ularning ilohiy oyatlarga iymon keltirmaydigan bulganliklarini bildirish ekan.

Qanday qilib aytishini Alloh taoloning Uzi biladi. Imo-ishora bilan tushuntiradimi, hamma insonlar tushunadigan tilda gapiradimi yoki insonlar uning tilini tushunadigan bulib qoladilarmi, birov bu haqda bir narsa bilmaydi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари