Home / Jahon / Kreml qachon barpo qilingan? Kun.uz bilan quriqkhona-muzeyga fotosayohat
Место рекламы

Kreml qachon barpo qilingan? Kun.uz bilan quriqkhona-muzeyga fotosayohat

Moskovskiy Kreml — Rossiya poytakhti Moskva Kremli shahar markazidagi qala bulib, shaharning eng qadimgi qismida qad rostlab turadi. U shaharning asosiy ijtimoiy-siyosiy, tarikhiy-madaniy majmuasidir. Bugungi kunda Kreml Rossiya Federasiyasi prezidentining rasmiy qarorgohi hisoblanadi.

Kreml Moskva daryosining yuqori sul sohilida, Borovisk tepaligida joylashgan. Uning reja tarkhi notugri uchburchak bulib, 27,5 gektar maydonni egallaydi.

Umuman, Moskva shahri haqidagi ilk eslatmalar tarikhiy manbalarda 1147 yilga oiddir. Bugungi kunda quriqkhona-muzey ham hisoblanadigan Kreml hududida ilk qala 1156 yilda barpo etilgan. Ushanda devor uzunligi 850 metrni, maydoni 3 gektarni tashkil etgan. Bundan tashqari, istehkom atrofi eniga 16-18 metr, chuqurligi kamida 5 metr bulgan zovur bilan uralgan.

1264 yildan etiboran Kreml Moskva knyazlari qarorgohi hisoblangan. 1272 yilda knyaz Daniil Aleksandrovich Spasopreobrajenskiy cherkovini barpo qilgan. XIV asrda Kremlda 5ta ibodatkhona qurilgan.

1366—1368 yillarda knyaz Dmitriy Donskoy Kremlning yogoch devorlarini mahalliy oqtoshdan qayta barpo qiladi. Shu vaqtdan boshlab, tarikhiy manbalarda «Moskva belokamennaya» suzlari uchraydi.

XV asrning ikkinchi yarmida hukmronlik qilgan Ivan III davrida Moskva Kremli qayta qurilgan. Romanovlar oilasi hukmronligi bilan Kreml hududida cherkovlar va boshqa bino va inshootlar qurilishi faol ravishda olib borilgan. Ammo, Petr I davriga kelib, Moskva Kremli uz ahamiyatini yuqota boshladi. Petr I Sankt-Peterburg shahrini poytakhtga aylantirgach, qala doimiy podshoh saroyi maqomini yuqotdi. XVIII asrga kelib, Kreml qurilishi uzgacha tus oldi. 1701 yilda Kreml kulini kukka sovurgan yongindan sung, Pyotr istehkom ichkarisida yogochdan binolar qurishni taqiqladi.

Takidlash urinliki, Kremlning tarikhiy-madaniy merosiga sovetlar davri juda katta talofat etkazgan.

Konstantin Mikhaylov «Yuq qilingan Kreml» kitobida yozishicha, «XX asr boshida Moskva Kremli ansambli deyarli yarmiga yuq qilingan». Utgan asr boshida istehkomda 54ta turli khil bino-inshoot bulgan bulsa, bugungi kunda uning yarmidan kupi, 28tasi mavjud emas. 1918 yilda bevosita Lenin rahbarligida qator tarikhiy ahamiyatga molik binolar buzib tashlangan.

1922 yili cherkov boyliklarini olish maqsadida Kreml soborlaridan 300 pud kumush (1 pud – 16,38 kg), 2 pud oltin, minglab qimmatbaho toshlar musodara qilingan.

1990 yili Kreml YuNESKO butunjahon madaniy merosi ruykhatiga kiritildi. 1991 yildan Rossiya prezidentining rasmiy qarorgohi deb elon qilindi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

2_otO2Zmob4VkkIPMmpkZhrgFUvpwspS

Anqara S-400 masalasida Vashington bilan muloqotga tayyorligini malum qildi

Foto: Aaron Henson/ZUMAPRESS.com/Global Look Press Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovushuglu Anqara Rossiyadan sotib olingan …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари