Home / Jamiyat / Koronavirus tugrisidagi uydirmalar: akhborot gigienasining 7 qoidasi
Место рекламы

Koronavirus tugrisidagi uydirmalar: akhborot gigienasining 7 qoidasi

Internet va ijtimoiy tarmoqlar Covid-19 koronavirusi tugrisidagi malumot va khabarlarga tulib ketdi. Ekspertlar foydalanuvchilarni akhborot gigienasiga rioya qilishga chaqirmoqda. YOlgon akhborotlar tarqalishini tukhtatish uchun siz nimalar qilishingiz mumkin?

1. Tukhtang va fikr yuriting

Siz albatta, yaqinlaringiz epidemiya tugrisidagi sunggi yangiliklardan khabardor bulib turishini istaysiz. Shu bois elektron pochta, Whatsapp, “Feysbuk” yoki “Tvitter”da yangi akhborotni olishingiz bilanoq uni boshqalarga tarqatishga shoshilasiz.

Ammo ekspertlarning fikricha, dezinformasiyaga qarshi kurashda siz qiladigan birinchi ish – tukhtash va fikr yuritish.

Koronavirus tugrisida ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda tarqalgan khabarlar kupincha vahima keltirib chiqaradi.

Masalan, mart urtalarida Checheniston va Dogistondagi WhatsApp-guruhlarda erkak kishi aholini oziq-ovqatlar sotib olishga chaqirgan audioyozuv tarqaldi. Bu ovozni Checheniston ichki ishlar vazirining ovoziga ukhshatgan odamlar bozorlarga yopirilishdi.

WhatsApp orqali akhborot hujumlari uyushtirish barcha davlatlarda sodir bulmoqda. Avstriyada bir ayol hayajon bilan kasalkhonada ekanligi, koronavirusning ogir simptomlari aniqlangan barcha bemorlar ibuprofen ichganligi haqida gapirgan audioyozuv tarqaldi. Ayol uzini Poldi ismli qizning onasi deb tanishtirgan.

Bu yolgon: shifokorlar ibuprofenni koronavirusni faollashtiruvchi sabab sifatida kursatmagan, ammo foydalanuvchilar uz yaqinlarini chalgitgan holda bu yozuvni astoydil tarqatgan.

Khabarni kimgadir yuborishdan avval yakhshilab uylang, uning yolgon ekanligi ehtimolga qanchalik yaqin va agarda sizda shubha tugilsa, bu khabarni yubormang.

2. Manbani tekshiring

Khabarni yuborishdan oldin uzingizga bir oddiy savolni bering – bu malumot qaerdan keldi?

Yuqorida aytilgan har ikki holatda ham manbalar noaniq edi. Internet segmentida asoslanmagan khabarlar kupincha “dugonamning dusti” yoki “qushnimning hamkasbi”dan keladi.

Bu esa deyarli har doim ushbu malumot uydirma ekanligini bildiradi.

Mart boshida “Feysbuk”da “magistr amakimning maslahatlari” joylashtirilgan post ommalashdi. Snopes sayti u birinchi bulib 84 yoshli angliyalikning sahifasiga joylashtirilgan degan takhminni bildirmoqda.

Ganalik teleboshlovchi bu post bilan uzining “Instagram” sahifasida bulishdi, bu erdan Hindistondagi katolik guruhlarida, keyin esa WhatsApp va “Tvitter”da tarqaldi.

Buning ustiga, post tarqalish jarayonida uzgarib ham bordi. Ayrim postlarda oqilona maslahatlar, masalan, qullarni yuvish tugrisidagi gaplar qolgan. Ammo virusni qanday aniqlash tugrisida asoslanmagan tavsiyalar qushilgan.

AQShda ham utgan haftada shunday voqea ruy berdi: amerikaliklar “dustimning FQBda ishlaydigan dusti” va hatto “BMTdagi manba”ga asoslangan vahimali khabarlar olishdi.

“JSST, Britaniya sogliqni saqlash milliy khizmati va AQSh kasalliklar tarqalishi ustidan nazorat markazi akhborotning eng ishonchli manbalari bulib turibdi”, – deydi Britaniyaning Full Fact faktlarni tekshirish tashkiloti khodimi Kler Miln.

Shuni ham qushib quyish lozim, bu tashkilotlarning faqat rasmiy bayonotlarigagina etibor qaratish kerak.

Ekspertlar adashishi mumkin, ammo ular “tanish shifokor” yoki diplomli amakidan kura ishonchliroq.

3. Balki bu sokhtadir?

Tashqi kurinish aldamchi buladi va kuplab uydirmalar rasmiy manbalarning hujjatlariga ukhshatib tayyorlanadi.

Bu uydirmalar mualliflari yirik akhborot tashkilotlari va hukumat muassasalari nomidan khabar tarqatadi.

Masalan, yaqinda Moskvada komendantlik soati joriy etilishi tugrisidagi sokhta buyruq tarqaldi. Hukumat buni inkor etdi.

Akhborot tashkilotlari va davlat idoralarining rasmiy hujjatlarini hamda ularning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini sokhtalashtirish qiyin emas. Uydirma mualliflari qullaydigan yana bir usul – khabar skrinshoti ustiga matn qushish.

Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlarda akhborot, hukumat va jamoat tashkilotlarining faqat tekshirilgan akkauntlarigagina kirish kerak.

Har doim ijtimoiy tarmoqlardagi khabarlarni ishonchli manbalardagi khabarlar bilan solishtirib kurgan yakhshi. Agarda sizga shubhali tuyulgan post yoki video kelsa, uni albatta tekshirishni unutmang.

4. Shubhalandingmi – bulishma

Agarda khabarning ishonchliligiga gumoningiz bulsa, dustlaringiz va yaqinlaringizga yubormang. Bu muammolar keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun khabarni “har ehtimolga qarshi” yubora kurmang.

Kupchilik uzlarida shubha tugdirgan postlarni tasdiqlash yoki inkor qilish uchun ularni ekspertlar guruhiga joylaydi.

Bunday qilish foydali, ammo guruhda post quyishdan oldin bu postning tugri ekanligiga shubha qilayotganingiz va maslahat olmoqchi ekanligingizni bildirganingizga ishonch hosil qiling.

Yana bir narsani yodda tuting, agarda siz joylagan post faol tarqala boshlasa, u uzgarib ketishi hech gapmas.

5. Faktlarni alohida-alohida tekshiring

WhatsApp’da koronavirus bilan bogliq keng ommalashgan uydirma aylanib yuribdi. Uni turli mamlakatlardagi bir necha un kishi Bi-bi-siga junatgan. Ushbu audiofaylda bir erkak “shifokor dusti bor hamkasbi”ning tavsiyalarini uqib beradi.

Unda foydali va asossiz maslahatlar sanab utilgan.

Fakt va tuqimalarni birgalikda keltirish targibotning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Masalan, sizga tavsiyalar ruykhati keldi, ruykhatda siz tugri ekanligini aniq biladigan bitta tavsiya bulsa, qolganlarini ham tugri deb qabul qilishingiz hech gap emas. Ammo ruykhatning yarmi yoki uchdan biri tuqimalardan iborat buladi.

6. Hissiyotga berilishdan saqlaning

Odamlarda hissiyot – qurquv, notinchlik, qaygu yoki quvonch uygotadigan khabar juda tez tarqaladi.

“Qurquv – dezinformasiyani harakatlantiradigan asosiy kuchlardan biri, u qurquv tufayli “gullab-yashnaydi”, – deydi jurnalistlarga dezinformasiyaga qarshi kurashda kumaklashuvchi First Draft tashkiloti eksperti Kler Uordl.

“Odamlar hamisha yaqinlariga yordam berishni istashadi, shuning uchun “Virusga chalinmaslik uchun maslahatlar” yoki “Bu dorini qabul qiling!” degan yozuvlarga kuzi tushishi bilan, darhol harakatga tushadi”, – deydi Uordl.

7. Haqiqat va tasavvurni ajrating

Siz khabarni uning ishonchli ekanligini bilganingiz uchun boshqalarga ham yuborasizmi yoki u sizning dunyo tugrisidagi tasavvuringizga mos kelganligi uchunmi?

Demos institutining ijtimoiy mediani tahlil qilish markazi khodimi Karl Millerning suzlariga kura, biz kupincha dunyo haqidagi tasavvurlarimizni tasdiqlaydigan postlarni boshqalar bilan bulishamiz.

“Biz yolgon malumot tasavvurimizga mos kelgan paytda unga ishona boshlaymiz. Khuddi ana shu vaqtda miya tahlil qilishdan tukhtaydi”, – deydi u.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

lQzJN6d1M7PhkTbtG-Gz9Z0Z4_kE5y_o_medium-680x385-680x385

Kuchli brendning yuqligi va valyuta khavfi: Fitch khalqaro reyting agentligi UzAuto Motors’ning zaif joylarini aytdi

Fitch Ratings khalqaro reyting agentligi birinchi bor UzAuto Motors’ning uzoq muddatli khorijiy va milliy valyutadagi kredit …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари