Home / Jamiyat / «Qorilar musobaqasi» kurik-tanlovining Respublika bosqichi

«Qorilar musobaqasi» kurik-tanlovining Respublika bosqichi

qorilar-musobaqasiUzbekiston  mustaqillikka erishgach, manaviy yangilanish yulidan dadil odimlab borayotgan yurtimizda asrlar osha khalqimiz etiqod qilib kelayotgan Islom diniga alohida etibor berila boshlandi. Jumladan, Islom bilim yurtlarining faoliyatlari uchun ulkan islohotlar amalga oshirildi. Buning zamirida Islom dinini sof va asl holatida urganishga bulgan ehtiyojni qondirish, diyorimiz allomalarining dinimizga oid boy, manaviy merosini asrab-avaylash, har tomonlama urganish, hamda khalqimizga tushunarli tarzda etkazish, zamon talablari darajasida malakali diniy mutakhassislar tayyorlashni taminlashni uz oldiga maqsad qilib quygan.

Alloh taologa beadad shukronalar bulsinki, diyorimizning istiqlolga erishuvi va jamiyatimizda ruy bergan ijobiy uzgarishlar mamlakatimiz musulmonlari hayotida ham ulkan burilishlarga sabab buldi. Respublikamiz khalqaro maydonda  uz urniga ega buldi. Har yili turli khorijiy mamlakatlar tomonidan utkaziladigan khalqaro Quron musobaqalarida diyorimizda etishib chiqayotgan qorilar nufuzli urinlarni egallashmoqda.

Joriy yilning 27 noyabr kuni Toshkent shahridagi «Khuja Alambardor» jome masjidida Uzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Toshkent Islom instituti va urta makhsus Islom bilim yurtlari, hamda Toshkent Islom universiteti talabalari ishtirokida «Qorilar musobaqasi» kurik-tanlovining Respublika bosqichi utkazildi. Eng quvonarlisi shundaki, diyorimizda ananaviy tarzda utkazilayotgan bunday kurik-tanlov yurtdoshlarimizning muqaddas Quroni karimni uqib-urganish, yodlash va tinglash, hamda tajvid qoidalarini yanada chuqur urganishga bulgan mehr-muhabbatining oshishiga sabab bulmoqda.

Quroni karimni yodlagan iqtidorli talabalarni aniqlash,   qullab-quvvatlash,  ulardagi noyob fazilatlarni  yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan «Qorilar musobaqasi»ning Respublika bosqichi ikki yunalishda utkazildi. Birinchi yunalish murattab qorilar, ikkinchi yunalish mujavvid qorilar urtasida bulib utdi.

Kurik-tanlovning ikki yunalishi buyicha qoriya ayol-qizlar ham ishtirok etdilar.

Kurik-tanlov natijalari quyidagicha:

Murattab qori yigitlar tanlovi buyicha:

1-oliy urinni Toshkent Islom instituti 2-kurs talabasi Tojiddinov Abdusamad,

1-urinni Fakhriddin ar-Roziy urta makhsus Islom bilim yurti 2-kurs talabasi Khasanov Muhammadvali,

2-urinni Toshkent Islom instituti «Tahfiz ul-Quron» kafedrasi       2-kurs talabasi Jalilov Shamsiddin,

3-urinni Mir Arab urta makhsus Islom bilim yurti 4-kurs talabasi Madaminov Muhammadyusuf egalladi.

Mujavvid qori yigitlar buyicha:

1-oliy urinni Toshkent Islom instituti 2-kurs talabasi Esonqulov Inoyatullo,

1-urinni Mulla Qirgiz urta makhsus Islom bilim yurti 3-kurs talabasi Qayumbaev Akmalkhon,

2-urinni Toshkent Islom instituti «Tahfiz ul-Quron» kafedrasi        2-kurs talabasi Nosirov Ismoil,

3-urinni «Kukaldosh» urta makhsus Islom bilim yurti 4-kurs talabasi Anorboev Islombek  egalladi.

Murattab  ayol-qiz qoriyalar tanlovi buyicha:

1-urinni Toshkent Islom instituti 4-kurs talabasi Kenjaboy Gulruh Mirzo qizi,

2-urinni Khadichai Kubro ayol-qizlar urta makhsus Islom bilim yurti     4-kurs talabasi Shukurullakhujaeva Dilzodakhon,

3-urinni Juybori Kalon ayol-qizlar urta makhsus Islom bilim yurti     4-kurs talabasi Sobirova Saodatkhon egalladi.

Mujavvid ayol-qiz qoriyalar tanlovi buyicha:

1-urinni Khadichai Kubro ayol-qizlar urta makhsus Islom bilim yurti       4-kurs talabasi Abdulkhodieva Zilolakhon,

2-urinni Toshkent Islom instituti 4-kurs talabasi Sulaymonova Makhliyo,

3-urinni Juybori Kalon ayol-qizlar urta makhsus Islom bilim yurti       3-kurs talabasi Jamilova Asila egalladi.

Kurik-tanlov goliblari Uzbekiston musulmonlari idorasi hamda homiylar tomonidan tashkil etilgan diplom va qimmatbaho sovgalar bilan taqdirlandilar.

Check Also

thumbnail-tw-20201105142056-6058

Shahar hayotiga qarshi soglom hayotning 3 ta asosiy omili

Biz hammamiz bilamiz va kuramiz: shahar hayoti odamlarga salbiy tasir kursatadi, u yoki bu kasalliklarni …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари