Home / Siyosat / Qoraqalpogiston tajribasi: oilaviy chorva fermalari tashkil qilinadi
Место рекламы

Qoraqalpogiston tajribasi: oilaviy chorva fermalari tashkil qilinadi

 Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 13 noyabr kuni chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi utkazdi.

Davlat rahbarining joriy yil 23 oktyabrdagi farmoni bilan Uzbekiston Respublikasi qishloq khujaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga muljallangan strategiyasi qabul qilingan edi. Ushbu hujjat doirasida zamonaviy yondashuv asosida soha modernizasiyasi boshlandi. Shuningdek, 7 noyabr kuni Prezidentning «Qoraqalpogiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari tugrisida»gi qarori qabul qilindi.

«Hududlarimiz salohiyatidan tugri foydalanib, qaerga nima ekish, qaysi chorva turini etishtirish, qushilgan qiymat zanjirini yaratish orqali bozorlarimizda gusht, sut va tukhum mahsulotlarini kupaytirish, narkhlar barqarorligini taminlash va daromadni oshirish buyicha, afsuski, samarali tizim mavjud, deb ayta olmaymiz», – dedi yigilish avvalida Shavkat Mirziyoev.

Mamlakatda chorva ozuqasiga bulgan talab 120 million tonnani tashkil etadi, ammo utgan yilda atigi 47 million tonna ozuqa ishlab chiqarilib, ehtiyoj 40 foizga qondirilgan.

«Butun dunyoda chorvani oziqlantirishda asosan silos va omukhta em ishlatiladi. Yangiyul tumanida takroriy ekin sifatida makkajukhorining intensiv navidan gektariga 50-60 tonna silos olinganda uning 1 kilogrammi tannarkhi bor-yugi 150 sumni tashkil etgan. Vaholanki, 1 kg shelukhaning bozordagi narkhi 2 ming sumdan oshadi. Yani, shrot-shelukhaga nisbatan 10 baravar arzon ozuqani bemalol chorvadorlarning uzi etishtirsa buladi», deyiladi prezident matbuot khizmati khabarida.

Chorva uchun ozuqa navli bugdoydan gektariga 100 sentnergacha hosil olish mumkin. Biroq, joylarda ozuqa-emga bulgan defisitni qoplash choralarini kurish urniga ozuqabop ekin erlaridan samarasiz va maqsadsiz foydalanish hollari tanqid qilindi.

«Sirdaryoda 16 ming gektar, Toshkent viloyatida 8,5 ming gektar ekin maydoni galladan keyin bush turganini qanday izohlash mumkin?», – deya savol bilan murojaat qildi Prezident.

Shu yilning utgan 10 oyida khorijdan qariyb 100 million dollarlik zotli va gusht uchun qoramol import qilindi. Shuning uchun, qushimcha ozuqa bazasini yaratish maqsadida chorvadorlarga er berish, tugri ekin turlarini ekish borasida topshiriqlar berildi.

Davlat rahbari parrandachilikda ham shunga ukhshash muammolar mavjudligi, misol uchun, ozuqaning 70-75 foizi import hisobiga taminlanib, joriy yilning 10 oyida 80 million dollarga 160 ming tonna soya va kungaboqar shroti, 14 million dollarga 80 ming tonna makkajukhori import qilingani, tarmoq korkhonalariga bu yil ozuqa uchun 137 ming gektar urniga amalda 5 ming gektar er berilganini takidladi.

Chorvachilik sohasida mamlakatimizda saqlanib kelayotgan dolzarb muammolardan biri – naslchilik.

Qayd etish joizki, mahalliy chorva mollari 20 ming sumlik ozuqa-em bilan kuniga 900 gramm tirik vazn olsa (500 gramm gusht), zotli mollar 1 kilogramm 600 gramm (900 gramm gusht) vazn oladi.

Qoramollarning 94 foizi, quy va echkilarning 84 foizi, parrandaning 58 foizi aholi khonadonlarida boqiladi. Ayni paytda, mavjud qoramollarning bor-yugi 34 foizi zotlidir. Ayniqsa, bu kursatkich Jizzakh, Sirdaryo, Surkhondaryo viloyatlarida 26 foiz, Khorazmda 28 foiz, Qashqadaryoda 31, Samarqandda 33 foizni tashkil etadi.

Quychilikda esa faqat qorakul quylarning nasli 30 foizga yakhshilanishiga erishildi, kholos.

Bundan tashqari, mahalliy bir bosh sigirdan sogib olinadigan sut yiliga 2,5 tonnadan oshmayapti. Har biri 2-3 ming dollardan import qilingan naslli sigirlar 35-40 litr sut berishi lozim bulsa-da, chorvadorlarga bunday jonzotlarni parvarish qilish sir-asrorlari urgatilmagani bois mahsuldorlik urtacha 25 litrdan oshmayapti.

Chorvaning tugri rasionini ishlab chiqish, zamonaviy veterinariya khizmati kursatish buyicha mutakhassislar etarli emas. Oqibatda fermerlar chet eldan veterinar va zooinjenerlar jalb qilib, ularga 3-4 ming dollardan oylik tulashga majbur bulmoqda.

Yigilishda tekhnologiya asosida chorvani suyish tizimli yulga quyilmagani terining sifati buzilishiga olib kelayotgani, bundan esa charm-poyabzal sanoati ham zarar kurayotganini qayd etib utdi. Misol uchun, Uzbekiston buyicha zamonaviy qushkhonalar soni 49taga etadi, jumladan, Andijon viloyatida bitta, Namangan, Sirdaryo, Surkhondaryo, Fargonada ikkitadan, Khorazmda uchta tashkil etilgan. Mavjudlari ham 30-40 foiz quvvatlarda ishlayapti, chunki aholi qushkhonaga borishdan manfaatdor emas.

Chorvachilikning qisqa muddatda yuqori samara beradigan yunalishlari, khususan, parrandachalik, baliqchilik, quyonchilikni rivojlantirishda muammolar talaygina.

Jumladan, bugungi kunda 38 ming gektar suniy suv havzalarining atigi 460 gektarida (1 foiz) intensiv baliqchilik tashkil etilgan. Buning asosiy sababi – intensiv usulda etishtirilgan baliqning tannarkhi oddiy usulda etishtirilgandan 2 baravar qimmat. Shuning uchun tadbirkorlar oddiy usul bilan kifoyalanmoqda. Holbuki, bu usulda baliq etishtirish 1 gektariga 2-3 tonnadan oshmasa, intensiv shaklda 100 tonnagacha mahsulot olsa buladi.

Davlat rahbari losos, osyotr, forel kabi tansiq baliqlarni intensiv usulda etishtirish buyicha topshiriqlar berdi. Ular, ayniqsa togoldi hududlarda zamonaviy tekhnologiyalar qullagan holda parvarishlansa, hatto eksport ham qilish mumkinligi kursatib utildi.

Videoselektor yigilishida quyonchilik bilan bogliq masalalar ham kurib chiqildi. Malumki, ushbu jonzotning terisi ham, gushti ham yuqori bahoga ega.

Hisob-kitoblarga kura, naslli quyonni tabiiy usulda bir yilda 4 marta (6-8 ta bola), sanoat usulida esa 7 martagacha (8-10 ta) kupaytirish mumkin. Ayni paytda, Uzbekistonda bugunga kelib 1 ming 250 ta quyonchilik fermasi mavjud bulib, sanoat usulida 500 ming bosh quyon boqiladi, kholos.

Yuqoridagi muammolarni kompleks va tizimli hal etish, chorvachilik tarmoqlarini izchil rivojlantirish uchun Prezident Shavkat Mirziyoev qator vazifalar quydi.

Jumladan, Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan tajriba asosida yurtimizning aholi zich hududlarida mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi. «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida ajratiladigan kreditlar asosida sut-gusht qayta ishlovchi korkhona aholiga kooperasiya asosida 5 boshgacha naslli qoramol etkazib beradi, uni qanday parvarish qilishga urgatadi. Korkhona naslli qoramolning muntazam veterinariya nazoratini, belgilangan rasion asosida ozuqalanishini hamda undan olinayotgan sutni bozor narkhida sotib olinishini taminlaydi.

Bu tizimning afzalligi shundaki, aholi qoramolga ega buladi, sutni bozor narkhida sotadi, bu bilan qoramol kreditini tulaydi hamda tugilgan buzoqlar hisobiga khujalik kupayib boraveradi. Quyonchilikda ham ushbu tajribani joriy etish mumkin.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qumitasi, Khalq banki hamda Mikrokreditbankka viloyat hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Andijon, Namangan, Samarqand, Fargona, Khorazmda mazkur tizimni yulga quyish vazifasi yuklandi.

Undan tashqari, Qoraqalpogiston tajribasi asosida chorva kooperasiyalarini tashkil etish zarurligi takidlandi. Yani, imkoniyatdan kelib chiqib, 30dan 100 boshgacha qoramoldan iborat oilaviy chorva fermalari tashkil qilinadi. Kooperasiya ushbu tuzilmalarni ozuqa-em, veterinariya khizmatlari va agrotekhnika bilan taminlaydi.

«Mazkur tajribaning afzalligi shundaki, oilaviy fermalar qaerdan em va tekhnika olish, mahsulotni kimga utkazish haqida bosh qotirmaydi. Bu ishlar bilan kooperasiya shugullanadi», deyiladi prezident matbuot khizmati khabarida.

Yuqorida zikr etilgan tashkilotlar va hokimliklarga Qashqadaryo, Surkhondaryo, Jizzakh, Sirdaryo, Navoiy, Bukhoro viloyatlarida kamida ikkitadan shunday chorva kooperasiyalarini tashkil etish topshirigi berildi.

Shuningdek, Toshkent viloyati tajribasi asosida gallachilik klasterlari tashkil etish orqali 2-5 ming bosh qoramoldan iborat yirik fermalar faoliyatini yulga quyish lozimligi qayd etildi.

Bunda, kengayish istagini bildirgan va kamida 500 bosh qoramoli mavjud fermerlarga har 1 ming bosh uchun 300-400 gektardan er berish orqali gallachilik klasterlari tashkil etiladi.

Ushbu tizim shunisi bilan jozibadorki, yirik klasterlar bugdoyni qayta ishlash orqali omukhta em ishlab chiqarish hamda galladan bushagan erlarda takroriy ekin sifatida ozuqabop ekinlarni etishtirib, uzi silos ishlab chiqarish imkoniga ega buladi.

Qator idora va tashkilotlarga bir oy ichida har bir talabgorning takliflarini kurib chiqib, amalga oshirish choralarini belgilash vazifasi quyildi.

Bundan tashqari, chorvachilikni ozuqa-em bilan taminlashda pakhta klasterlari salohiyatidan samarali foydalanish zarur. Chunki bu tuzilmalarda er, kuchli ozuqa, ishchi kuchi, tekhnika va moliyaviy imkoniyatlar etarli. Shuning uchun barcha pakhta klasterlariga 5 ming boshdan kam bulmagan yirik shokhli qoramol komplekslari tashkil etish topshirigi berildi.

Ozuqa-em ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun esa Navoiy tajribasini barcha hududlarda keng joriy etish lozimligi bildirildi.

Khususan, Khatirchi tumanida tajriba tariqasida 530 gektar yaylovni suv tejovchi tekhnologiyalar joriy qilish orqali erlarni uzlashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida yaylovda intensiv sugorish orqali 1 gektar erdan yashil massada 80 tonna makkajukhori etishtirilgan.

Qoraqalpogistonda, Navoiy, Bukhoro, Qashqadaryo viloyatlarida minglab gektar bunday yaylovlar mavjud. Shuning uchun mutasaddilarga mazkur hududlarda kamida 10 ming gektar yaylovlarda ozuqabop ekinlarni etishtirish buyicha «manzilli dastur» amalga oshirish kerakligi takidlandi.

Chorvachilikda nasl yuqori mahsuldorlikning birinchi omilidir. Shu bois har bir hududda suniy uruglantirish punktlarini tashkil etish, keyingi yil yakunigacha aholi ikhtiyoridagi 70 foiz sigirlarni suniy uruglantirib, 2025 yilga qadar 60 foiz chorva mollarining naslini yakhshilash chora-tadbirlari belgilandi.

Shuningdek, fermerlar va aholiga chorvani yakhshi boqishni urgatish, Samarqand veterinariya instituti va uning Toshkent filiali negizida  Chorvadorlar amaliy uquv markazini tashkil etib, amaliy va masofaviy seminarlar utishni yulga quyish muhimligi takidlandi.

Yigilishda mahsulot tannarkhini kamaytirish va soha raqobatbardoshligini taminlash masalalari ham muhokama qilindi.

Kelgusi yildan chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik tarmoqlarini subsidiya berish orqali qullab-quvvatlash kuzda tutilmoqda. Dunyo tajribasidan kelib chiqib, subsidiya etishtirilgan tayyor mahsulotlar hajmiga muvofiq ravishda beriladi.

Veterinariya, karantin, standartlashtirish, sanitariya-epidemiologiya khizmatlarining izchil hamkorligini taminlash, khalqaro tajriba asosida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning tuliq zanjirini yaratish hamda uni nazorat qilish tartib-taomillarini joriy etish buyicha topshiriqlar berildi.

Ishlab chiqaruvchilarga ichki bozorda munosib sharoit yaratib berish, chorva mahsulotlari narkhining barqarorligini taminlash masalalariga ham alohida etibor qaratildi.

Andijon, Jizzakh, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Fargona va Khorazm viloyatlaridagi 90ta dehqon bozorida parrandachilik korkhonalarining birorta savdo shokhobchasi yuqligi kursatib utildi. Baliqchilik korkhonalarining Sirdaryo bozorlarida 2ta, Surkhondaryoda 3ta, Navoiyda 4ta, Fargonada 9ta savdo nuqtalari bor, kholos.

Yigilishda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli taminlash uchun haftaning har jumasi «Chorvachilik kuni» deb elon qilindi. Topshiriqlar ijrosini muvofiqlashtirib borish va chorvadorlarga kumaklashishga masul Respublika kengashi tuzildi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

ec05e009

Keraksiz matohni qadrli buyumga aylantirish sanati – Kun.uz’da «Optimist» loyihasining ilk soni

Kun.uz uz yunalishida yutuqlarga erishayotgan, hayotga pozitiv nigoh bilan qaraydigan, qiyinchiliklarni nekbin ruhda engib utishga …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари