Home / Jamiyat / Qonunchilik palatasi mamlakatdagi ishsizlik darajasini malum qildi
Место рекламы

Qonunchilik palatasi mamlakatdagi ishsizlik darajasini malum qildi

2019 yil 18 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qumitasining kengaytirilgan yigilishida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining joriy yil utgan davrida amalga oshirgan ishlari haqidagi hisoboti hamda vazirlik huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining fuqarolarimizni khorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish borasida olib borayotgan ishlari holati tugrisidagi akhboroti eshitildi.

Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot khizmati khabariga kura, joriy yilning 8 oyi davomida respublika buyicha 173,6 ming ish urni yaratilishi belgilangan bulib, amalda 213 mingdan ortiq yangi ish urinlari yaratilgan, bu prognozga nisbatan – 122,8 foizni tashkil etadi.

Ayni paytda mamlakatda ishsizlik darajasi 9,1 foizni tashkil etgan holda, bu kursatkich Qoraqalpogiston Respublikasi (9,3 foiz), Andijon (9,3 foiz), Qashqadaryo (9,4 foiz), Jizzakh (9,3 foiz), Samarqand (9,3 foiz), Fargona (9,4 foiz) viloyatlarida respublika kursatkichidan yuqori bulib, ushbu hududlarda aholi bandligini taminlash, ish urinlari yaratish borasidagi ishlar deputatlar tomonidan qizgin muhokama etildi.

ed-ahwpwwqi9910bbuftwwbivkzbhn0k

Parlament azolari aholi bandligiga kumaklashish buyicha kursatilayotgan khizmatlarga ham etibor qaratdilar. Joriy yilda mehnat organlari tomonidan 526 mingdan ortiq shakhsga khizmat kursatilgan, bu 2018 yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga ortgan, lekin deputatlar bandlik organlariga murojaat qiluvchilarning necha foizining khohish va istaklari qondirilgani, qancha aholi murojaatlari ijro etilmagani bilan qiziqdilar.

Shuningdek, joriy yilda ilk bor mehnat bozoriga ham subsidiya va grant berish tartibi joriy etilgan. Hozirgi kunda jami 6,3 mlrd. sum miqdorida ish beruvchilarga, ishsiz fuqarolarga, aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamiga va tomorqa er egalariga subsidiyalar berilgan. Natijada 6 ming 346 nafar ishsiz aholi bandligi taminlangan hamda 250 mln. sum ajratilgan grant mablaglari evaziga 246 nafar ishsiz fuqaro kasbga uqitilgan.

Yigilishda deputatlar vazirlik tomonidan uz-uzini band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasini berish va mehnat staji yuritilishini taminlash, Davlat soliq organlari bilan hamkorlikda yashirin ish urinlarini legallashtirib, rasmiy sektorga utkazish borasida olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalarga alohida etibor qaratdilar.

Shuningdek, yigilishda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi direktorining fuqarolarimizni khorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi akhboroti ham eshitildi.

Malumotlarga kura, 2,6 mln. nafar kishi khorijiy mamlakatlarga ishlash uchun chiqib ketgan. Deputatlar tomonidan mazkur yunalishda yuqori kursatkich qayd etilgan hududlarda, khususan, Andijon, Samarqand, Namangan kabi ayrim viloyatlarda olib borilayotgan ijobiy ishlar bilan birga, mavjud imkoniyatlardan tulaqonli foydalanilmayotganligi qizgin muhokamalarga sabab buldi.

Vazirlik tomonidan “Khususiy bandlik agentliklari tugrisida”gi Uzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganidan sung Yaponiya, Koreya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan tashqi migrasiya sohasida bitimlar tuzilgan. 85 ta khususiy bandlik agentligi tomonidan 34,3 ming fuqaroga migrasiyasi sohasida khizmatlar kursatilgan, 2,8 ming fuqaro Rossiya, Koreya, Turkiya, Bolgariya, Polsha, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlarga ishga yuborilgan.

Shu bilan birga, utgan vaqt davomida Mehnat vazirligi va agentlikka khususiy bandlik agentliklari faoliyati ustidan fuqarolarning salbiy murojaatlari ham kelib tushgan. Jumladan, khususiy bandlik agentliklari tomonidan fuqarolarga ishga joylashtirish khizmati kursatilmagan bulsa-da, fuqaro tomonidan tulangan mablaglarni qaytarib bermasligi yoki ushbu mablaglarni qaytarishda muayyan bir qismini ushlab qolish holatlari kuzatilgan. Natijada makhsus rukhsatnoma asosida 8 ta khususiy bandlik agentligida tekshirish utkazilib, ular faoliyati atroflicha urganilgan va murojaatlar qanoatlantirilgan.

Yigilishda deputatlar sohada yuzaga kelayotgan tizimli muammo va kamchiliklarni tahlil qilib, ularni tezkorlik bilan bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarning bajarilishini taminlash yuzasidan hukumat vakillariga takliflar kiritdilar. Yagona milliy mehnat tizimi akhborot dasturini ishga tushirish, mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, qaytgan mehnat migrantlarni ishga joylashtirish, bepul kasbga uqitish, oilalarni ijtimoiy muhofazalash masalalariga oid takliflar shular jumlasidan.

Deputatlar vazirlik, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan olib borilayotgan ishlarni tanqidiy kurib chiqib, bu borada qamrov va samaradorlikni oshirish borasida tegishli tavsiyalar berdilar.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

3qGLXmaOvhz9en8B6SK4jwhbYXdeU5c-

«Tun buyi ulim bilan olishdim» – koronavirusdan tuzalgan samarqandlik shifokor kasalkhonadagi kunlari haqida gapirib berdi

Samarqandlik shifokor Erkin Hakimov koronavirusdan sogaygach, boshidan utkazganlarini hikoya qilib berdi. U VVS uzbek khizmati …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари