Home / Madaniyat / Qon, siydik, maziy va boshqani poklash haqida

Qon, siydik, maziy va boshqani poklash haqida

krovMaziy – jinsiy azodan chiqadigan oq rangdagi uta mayin suyuqlik bulib, u odatda jinsiy yaqinlik yoki shunga yaqin harakat bulganda chiqadi.

Asmo roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u kishi aytadilar: «Bir ayol Paygambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Bizdan birlarimizning kiyimiga hayzning qonidan tegib qoladi. Uni qandoq qilish kerak?»dedi.

U Zot sollallohu alayhi vasallam: «Uni ishqaydi, sungra suv bilan ishqalaydi, keyin esa suv bilan yuvadi, ana shundan keyin unda namoz uqiyveradi», dedilar».

Asmo binti Abu Bakr roziyallohu anhodan rivoyat qilinayotgan bu hadisda musulmon ayollarining Islom hukmlarini urganish borasidagi harakatlaridan bir namuna hikoya qilinmoqda.

Malumki, Asmo roziyallohu anho Oisha onamizning opalari, yani Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qaynegachilari edilar. Shuning uchun ham Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oilalarida boshqa ayollardan kura kuproq bulib turishlari tabiiy bir hol. Asmo roziyallohu anho ana shundoq kunlardan birida uzlari shohid bulgan bir hodisani quyidagicha hikoya qiladilar:

«Bir ayol Paygambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Bizdan birlarimizning kiyimiga hayzning qonidan tegib qoladi. Uni qandoq qilish kerak?» dedi».

Bu usha davr uchun oddiy hol edi. Paygambarimizdan erkak va ayollar turli-tuman ahkomlarni surayverardi. Chunki u kishi bor joyda boshqa kishidan surashga birov botina olmas edi. Shu bilan birga, bu hukmlar yangi bayon qilinayotgan paytda ularni u Zot sollallohu alayhi vasallamdan boshqa hech kim yakhshi bilmas ham edi.

Avvallari odamlar najosat nima, poklik nima, halol nima, harom nima bilmas, unday narsalarga etibor ham bermas edilar. Chunki ularga bunday narsalarni surab-surishtirishni hech kim, hech qanday tuzum taklif qilmas edi.

Buning uchun iymon kerak, Islom kerak edi. Endi iymon ham keldi, Islom ham keldi. Kechagina halol-haromni, pok-nopokni, najas va tozani ajratmay yuradigan odamlar halolni istab, haromdan hazar qiladigan, pokni khohlab, nopoklikdan jirkanadigan, najasdan chetlanib, tozalikka intiladigan bulib qoldilar. Kattayu kichik har bir narsa Allohning shariatiga muvofiq kelishi uchun harakat qiladigan bulib qoldi. Mana, ulardan bir ayol Rasuli Akramning oldilariga kelib, ayollar hayz kurganlarida qoni kiyimiga tegsa, nima qilishi kerakligi haqida suramoqda.

Bu ayol mazkur qonning najasligini biladi. Kiyimiga tegsa, kiyim ham poklikdan chiqishini biladi. Muslima ayolning kiyimlari doimo pok bulishi zarurligini ham anglab etgan. Lekin hayz tufayli kiyimiga qon tegsa, nima qilsin? Usha kiyimni tashlab yuborsinmi? YOki butunlay yuvsinmi? Nima qilsin? Mumina-muslima ayol kiyimi pok bulishini istamoqda!

Shunda Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam u ayolga buning eng oson yulini kursatdilar. U Zoti bobarakot: «Uni ishqaydi, sungra suv bilan ishqalaydi, keyin esa suv bilan yuvadi, ana shundan keyin unda namoz uqiyveradi», dedilar.

Yani usha kiyimiga hayz qoni tekkan ayol usha joyni quli bilan ishqaydi, uni shu yul bilan kiyimidan ketkazishga urinadi. Undan qolganini esa suv quyib turib, ishqab ketkazadi. Okhiri esa usha qon tekkan joyini yuvib tashlaydi, dedilar. To qon ketguncha shunday qiladi. Sungra kiyim pok buladi, unda namoz uqiyverishi mumkin.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Ayol kishining ayollarga khos masalalarni urganishga intilishi zarurligi.

2. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollarga khos savollarga ham javob berganlari.

3. Hayz qoni najosat ekanligi.

4. Najosat suv bilan ketishi.

5. Najosatni ketguncha yuvish zarurligi.

6. Hayz qoni tekkan kiyimning qon tekkan joyini tozalab, namoz uqisa joizligi.

7. Islomda eng oson yul tutilishi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, u kishi aytadilar:

«Bir arobiy turib borib, masjidga siydi. Bas, odamlar uni zajr qildilar. Paygambar sollallohu alayhi vasallam ularga:«Uni uz holiga quyinglar va siydigi ustiga bir chelak suv quyinglar. Albatta, siz engillashtiruvchi etib yuborilgansizlar, qiyinlashtiruvchi etib emas», dedilar».

«Arobiy» deb arab tilida sahroyi arabga aytiladi. Ular sahro sharoitida talim-tarbiya kurmay, shundoqligicha voyaga etgan. Shuning uchun gap-suzlari, hatti-harakatlari sodda va qupol bulib, qishloq va shahar odamlaridan ajrab turgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinayotgan bu hadis juda ham malum va mashhur hodisadan bir parcha. Bu hodisani barcha hadis imomlari turlicha va har khil lafzlar bilan rivoyat qilganlar. Aslida voqea quyidagicha bulgan edi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda ultirgan edilar, bir arobiy kirib keldi. Ikki rakat namoz uqidi. Sungra: «Ey bor Khudoyo, meni va Muhammadni rahm qilgin. Biz bilan birga boshqani rahm qilmagin», deb duo qildi.

Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Batahqiq, cheklashni kengaytirib yubording», dedilar. Kup utmay, u turib borib, masjidning bir burchagiga siydi. Odamlar shoshilib, unga zugum qila boshladilar.

Shunda Paygambar sollallohu alayhi vasallam ularni qaytardilar va: «Uni uz holiga quyinglar va siydigi ustiga bir chelak suv quyinglar. Albatta, siz engillashtiruvchi etib yuborilgansizlar, qiyinlashtiruvchi etib emas», dedilar.

U Zot bir kishiga amr qilgan edilar, u bir chelak suv olib kelib siydikning ustiga quydi. Keyin Paygambar sollallohu alayhi vasallam haligi arobiyni chaqirdilar va unga:

«Albatta, masjidlarda manavi siydik va iflos narsalar durust emas. Masjid faqat Allohning zikri, namoz va Quron qiroati uchun», dedilar.

Kishilarni tarbiyalashdagi Paygambar sollallohu alayhi vasallamning sabrlari, hilmlari va tadbirlari qanchalik ekani shunga ukhshash hollarda yaqqol namoyon buladi. Barcha kishilar u Zot sollallohu alayhi vasallamdan urnak olishlari kerak.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Masjidda namozdan boshqa vaqtda ham utirish joizligi.

2. Arobiyning tarbiyasizligi (qilgan duosi va ishi – dalil).

3. Siydikning najas ekani.

4. Erdagi siydikning ustiga suv quyish bilan er toza bulishi. (Usha vaqtda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning masjidlari erdan iborat bulib, hech narsa tushalmagan edi).

5. Ilmsiz odam notugri ishni qilib quysa, birdan unga qattiq tanbeh berish yakhshi emasligi.

6. Ilmsiz kishiga asta tushuntirish lozimligi.

7. Islom ummati ishlarni engillashtiruvchi ekani.

8. Islom ummati ishni qiyinlashtiruvchi emasligi.

9. Masjidlarni najas va nopok narsalardan kholi tutishning vojibligi.

10. Muhtoj kishiga darhol amri-maruf va nahiy-munkar qilish zarurligi.

11. Sahobai kiromlarning munkar ishdan qaytarishga doimo tayyor ekanlari.

12. Ikki yomon ishdan engilini, ikki yakhshi ishdan foydasi kuprogini olish kerakligi.

(Masjidga siyish yomon ish. Arobiyni zajr qilish ham yomon ish. Arobiyga qupol muomala qilish uning dindan chiqishi bilan tugaydi. Masjidga siyish esa siydik ustiga bir paqir suv quyish bilan tugaydi. Shuning uchun bu ikki zarardan engili ikhtiyor qilindi. Masjidni pokiza tutish yakhshi, foydali ish. Masjidga siygan arobiyni urib, sukmaslik ham foydali ish. Lekin ikkinchisining foydasi katta, arobiy Islomda qoladi, tarbiya topadi. Shuning uchun ikkinchisi tanlandi).

13. Qilingan notugri ishlarni tezroq bartaraf etishga harakat qilish. Shuning uchun tezda suv olib kelib, siydik ustiga quyildi.

Imom Abu Dovud rivoyat qilgan:

«Itlar masjidga kirib-chiqib, siyib yurar edi. Ushaning hech biriga suv quymas edilar», degan hadisga binoan, erdagi najosat havo va quyosh tasiri orqali qurishi bilan ham er toza buladi, deyilgan.

Shunga etiboran, erning pok bulishi suv bilan va qurish bilan buladi, deyiladi.

Bu hadisi sharifdagi talimotlarga amal qilishga hozirgi kunimizda ehtiyojimiz kup. Alhamdulillah, masjidlarni toza tutish borasida kamchilik yuq, desak khato bulmas. Ammo masjidlarda Allohning zikrini, Quroni karim qiroatini kuproq qilishga ehtiyojimiz bor. Ayniqsa, Islom akhloq va odoblaridan uzoq kishilarni yulga solishda sabr, muloyimlik hamda erinmay vaz-nasihat qilishni urganishimiz lozim. Ishlarni engillashtiruvchi bulishimiz lozim.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam ikki qabr yonidan utdilar va: «Albatta, ikkovlari azoblanmoqdalar. Ikkovlari katta narsada azoblanmayaptilar. Ulardan biri siydigidan saqlanmas edi. Boshqasi bulsa, chaqimchilik qilib yurar edi» , dedilar. Sungra bir hul shokhni olib, ikkiga ayirdilar va har bir qabrga bittadan suqib quydilar. Odamlar: «Ey Allohning Rasuli, buni nima uchun qildingiz?» deyishdi.

U Zot sollallohu alayhi vasallam: «Shoyadki, bular quriguncha ikkovlaridan (azob) engillatilsa», dedilar».

Sharh: Bu hadisi sharifda musulmon inson najas narsalardan, hatto siyganida sachrashi mumkin bulgan tomchilardan ham uzini juda ehtiyot qilishi zarurligi haqida suz bormoqda.

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir kuni sahobalar bilan ketayotib, ikkita qabr yonidan utdilar va hammaga eshittirib dedilar: «Albatta, ikkovlari azoblanmoqdalar».

Yani ushbu ikki qabrda yotgan ikki odam azoblanmoqda.

«Ikkovlari katta narsada azoblanmayaptilar». Yani ikkovlarining qabrda azoblanishiga sabab bulgan narsa odamlar nazarida katta narsa emas. Odamlar unga etibor bermay, odatlanib qolganligi sababidan azoblanmoqdalar.

«Ulardan biri siydigidan saqlanmas edi». Yani siyganda uziga sachrasa, siyib bulgandan keyin siydikdan qolsa, etibor bermay ketaverar edi. Qolgan siydik badaniga yoki kiyimiga tomadimi, etibori yuq edi.

«Boshqasi bulsa, chaqimchilik qilib yurar edi». Yani odamlarning gapini bir-biriga tashib, oralarida nizo chiqishiga sabab bular edi.

Darhaqiqat, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek, mazkur ikki narsa odamlar nazarida arzimas narsaga ukhshaydi. Holbuki, Allohning huzurida bular juda ham katta gunoh hisoblanadi. Shuning uchun ham bu ikki ishga mubtalo bulgan ikki kishi qabrda azob chekmoqda.

«Sungra bir hul shokhni olib, ikkiga ayirdilar va har bir qabrga bittadan suqib quydilar».

Yani Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam yuqoridagi gaplarni aytib bulganlaridan sung khurmo darakhtining hul shokhini olib, ikkiga bulib, qabrlarga bittadan suqib quydilar. Bu ishni kurib turgan sahobalar:

«Ey Allohning Rasuli, buni nima uchun qildingiz?» deyishdi.
Sahobai kiromlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kabi ishlarni bir hikmat ila qilishlarini yakhshi bilishar edi. Qabrning ustiga khul shokhni suqib quyish birinchi marta bulayotganidan bu ish nima hikmat yuzasidan qilinganini tushuna olmay surashdi.

«U Zot sollallohu alayhi vasallam: «Shoyadki, bular quriguncha ikkovlaridan (azob) engillatilsa», dedilar.

Yani shoyadki, ushbu hul shokhlar quriguncha ikki qabrdagi azoblanayotgan ikki bandadan azob engillashtirilsa, deb aytdilar.

Bu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qabrda bulayotgan narsani ham bilishlari.

2. Qabr azobining haqligi.

3. Siydikning najas ekanligi.

4. Chaqimchilikning haromligi.

5. Siydikdan tula tozalanmaslik kabi gunohlarga ham ulimdan keyin azob bulishi.

6. Bazi ulamolar bu hadisni dalil qilib, qabrda khul usimlik tursa, tasbeh aytib turadi, qabr egasiga foydasi etadi, deganlar.

Imom Bukhoriy rivoyat qilishlaricha, sahobalardan Burayda ibn al-Husoyn qabrlariga khurmoning ikkita khul shokhini quyishni vasiyat qilgan ekanlar.

7. Bazi ulamolar yana shu hadisni dalil qilib: «Qabr ustida Quron tilovati mustahabdir, chunki hul shokhning tasbehi tufayli azob engillashganda, Quron qiroati ila engillashmaydimi!» deganlar.

8. Badanga va kiyimga tekkan najosatni darhol ketkazish lozimligi.

9. Ulganlarning azobi tiriklarning amali ila bir oz engillashishi mumkinligi.

Bu hadisi sharifga doimo amal qilishimiz zarur. Qazoi hojat vaqtida ehtiyotlik bilan pukhta tozalanish lozim. Chaqimchilikdan hazar qilish kerak. Qabr azobini uylaylik, doimo pok bulishga harakat qilaylik!

Ummu Qays binti Mihson roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«U kishi uzining hali taom emagan jajji uglini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga olib keldi. U Zot sollallohu alayhi vasallam uni quynilariga utqazdilar. Bola u Zotning kiyimlariga siyib yubordi. Bas, u Zot suv chaqirdilar va uning ustiga sepdilar, yuvmadilar».

Boshqa bir rivoyatda: «Suv sepishdan ziyoda ish qilmadilar», deyilgan.

Yuqoridagi turt hadisni Beshovlari rivoyat qilishgan.

Avvalo, hadisning roviyasi Ummu Qays binti Mihson roziyallohu anho bilan tanishib olaylik.

U kishi mashhur sahobiy Ukosha ibn Mihson roziyallohu anhuning singillari buladilar. Ummu Qays kuniyalari bulib, ismlari Omina. Qadimda Islomga kirgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga eng avval bayat qilgan sahobiyalardan.

U kishi Makkadan Madinaga hijrat qilganlik sharafiga ham egalar. Ummu Qays binti Mihson roziyallohu anho uzoq umr kurganlar.

Imom Bukhoriy va Imom Muslimlarning «Sahih» kitoblarida u kishidan yigirma turtta hadis rivoyat qilingan.

Ushbu hadisi sharifni urganar ekanmiz, kichkina ugil bola kiyimga siyib quysa, nima qilish kerakligi bilan birga, Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamning mutavozelik, mehribonlik, odamokhunlik kabi yuksak insoniy fazilatlarga ega ekanliklariga guvoh ham bulamiz.

Madinalik musulmonlar uzlarining gudak bolalarini doimo Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib kelar edilar. U zot sollallohu alayhi vasallam esa ularni qullariga olar, upib-erkalar, tanglaylarini kutarar va haqlariga duo qilar edilar.

Kunlardan bir kuni Ummu Qays binti Mihson roziyallohu anho «uzining hali taom emagan jajji uglini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga olib keldi».

Yani gudak onasini emar edi-yu, uzi taom eyish darajasiga etmagan edi. Bu vasfni zikr qilishdan maqsad, hukmning qandoq bulishiga tasir qiladi. Chunki faqat sut emayotgan ugil bola bilan taom eydigan ugil bola orasida farq bor. Ularga bogliq hukm ikki khil buladi.

«U Zot sollallohu alayhi vasallam uni quynilariga utqazdilar».

Yani Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haligi bolani quchoqlariga olib utirdilar.
«Bola u Zotning kiyimlariga siyib yubordi».

YOsh bolalarning odati – shu. Ummu Qaysning ugilchasi ham Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamning kiyimlarini hul qilib quydi.

«Bas, u Zot suv chaqirdilar va uning ustiga sepdilar, yuvmadilar».

Yani Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv olib kelishlarini suradilar va suvni olib bola siygan joyga sepdilar. U joyni yuvib, sungra siqib tashlamadilar.
«Boshqa bir rivoyatda: «Suv sepishdan ziyoda ish qilmadilar», deyilgan.

Yani bolaning siydigi tekkan joyga suv quyib quyganlar, kholos.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Emizikli ugil bolaning siygan joyiga suv quyish mumkinligi.
2. Emizikli bulmagan bolaning siydigi najasligi (bazi ulamolar, najas emas deganlar).
3. Kichik bolalarga shafqatli va mehribon bulish kerakligi. (Bu ishda mumin-musulmonlarga sarvari koinot Muhammad sollallohu alayhi vasallam urnakdirlar. U Zot sollallohu alayhi vasallam yosh gudaklarni quchoqlariga olar, lutf kursatar, upib-erkalatar, hatto gudaklardan bazilari kiyimlariga siyib yuborsa ham, achchiqlanmas edilar).

4. YOsh gudaklarni taqvodor, ahli fazl va solih kishilarga olib borib, duolarini olish yakhshi ekanligi.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bir emizikli gudak keltirildi. U shu on Hazrat sollallohu alayhi vasallamning quynilariga siyib quydi. U Zot sollallohu alayhi vasallam suv chaqirib, uning ustidan quydilar», dedilar».

Muslim rivoyat qilgan.

Oisha onamizdan qilinayotgan bu rivoyat oldingi hadisga ukhshab ketadi. Oralaridagi nozik farq birinchi hadisda «sepdilar» deyilgan bulsa, ikkinchisida «quydilar» deyilmoqda. Albatta, sepish bilan quyishning orasida farq bor. Quyish umumiyroq bulib, yuvishga yaqindir.

Luboba binti al-Horis roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u kishi aytadilar:

«Husayn Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quchoqlarida edi. Bas, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ustlariga siyib yubordi. Men:

«Biror kiyim kiyib, menga izoringizni bering, yuvib beray», dedim.

U Zot sollallohu alayhi vasallam: «Qiz bolaning siydigidan yuviladi, kholos, ugil bolaning siydigiga (suv) sepilsa buldi», dedilar.

Abu Dovud, Ahmad va Hokimlar rivoyat qilgan.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam ikki qabr yonidan utdilar va: «Albatta, ikkovlari azoblanmoqdalar. Ikkovlari katta narsada azoblanmayaptilar. Ulardan biri siydigidan saqlanmas edi. Boshqasi bulsa, chaqimchilik qilib yurar edi» , dedilar. Sungra bir hul shokhni olib, ikkiga ayirdilar va har bir qabrga bittadan suqib quydilar. Odamlar: «Ey Allohning Rasuli, buni nima uchun qildingiz?» deyishdi.

U Zot sollallohu alayhi vasallam: «Shoyadki, bular quriguncha ikkovlaridan (azob) engillatilsa», dedilar».

Bu hadisi sharifda musulmon inson najas narsalardan, hatto siyganida sachrashi mumkin bulgan tomchilardan ham uzini juda ehtiyot qilishi zarurligi haqida suz bormoqda.

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir kuni sahobalar bilan ketayotib, ikkita qabr yonidan utdilar va hammaga eshittirib dedilar:

«Albatta, ikkovlari azoblanmoqdalar».

Yani ushbu ikki qabrda yotgan ikki odam azoblanmoqda.

«Ikkovlari katta narsada azoblanmayaptilar».

Yani ikkovlarining qabrda azoblanishiga sabab bulgan narsa odamlar nazarida katta narsa emas. Odamlar unga etibor bermay odatlanib qolganligi sababidan azoblanmoqdalar.

«Ulardan biri siydigidan saqlanmas edi».

Yani siyganda uziga sachrasa, siyib bulgandan keyin siydikdan qolsa, etibor bermay ketaverar edi. Qolgan siydik badaniga yoki kiyimiga tomadimi, etibori yuq edi.

«Boshqasi bulsa chaqimchilik qilib yurar edi».

Yani odamlarning gapini bir-biriga tashib, oralarida nizo chiqishiga sabab bular edi.

Darhaqiqat, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek, mazkur ikki narsa odamlar nazarida arzimas narsaga ukhshaydi. Holbuki, Allohning huzurida bular juda ham katta gunoh hisoblanadi. Shuning uchun ham bu ikki ishga mubtalo bulgan ikki kishi qabrda azob chekmoqda.

«Sungra bir hul shokhni olib, ikkiga ayirdilar va har bir qabrga bittadan suqib quydilar».

Yani Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam yuqoridagi gaplarni aytib bulganlaridan sung khurmo darakhtining hul shokhini olib, ikkiga bulib, qabrlarga bittadan suqib quydilar. Bu ishni kurib turgan sahobalar:«Ey Allohning Rasuli, buni nima uchun qildingiz?» deyishdi.

Sahobai kiromlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kabi ishlarni bir hikmat ila qilishlarini yakhshi bilishar edi. Qabrning ustiga khul shokhni suqib quyish birinchi marta bulayotganidan bu ish nima hikmat yuzasidan qilinganini tushuna olmay surashdi.

«U Zot sollallohu alayhi vasallam: «Shoyadki, bular quriguncha ikkovlaridan (azob) engillatilsa», dedilar.

Yani, shoyadki, ushbu hul shokhlar quriguncha ikki qabrdagi azoblanayotgan ikki bandadan azob engillashtirilsa, deb aytdilar.

Bu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qabrda bulayotgan narsani ham bilishlari.

2. Qabr azobining haqligi.

3. Siydikning najas ekanligi.

4. Chaqimchilikning haromligi.

5. Siydikdan tula tozalanmaslik kabi gunohlarga ham ulimdan keyin azob bulishi.

6. Bazi ulamolar bu hadisni dalil qilib, qabrda khul usimlik tursa, tasbeh aytib turadi, qabr egasiga foydasi etadi, deganlar.

Imom Bukhoriy rivoyat qilishlaricha, sahobalardan Burayda ibn al-Husoyn qabrlariga khurmoning ikkita khul shokhini quyishni vasiyat qilgan ekanlar.

7. Bazi ulamolar yana shu hadisni dalil qilib: «Qabr ustida Quron tilovati mustahabdir, chunki hul shokhning tasbehi tufayli azob engillashganda, Quron qiroati ila engillashmaydimi!» deganlar.

8. Badanga va kiyimga tekkan najosatni darhol ketkazish lozimligi.

9. Ulganlarning azobi tiriklarning amali ila bir oz engillashishi mumkinligi.
Bu hadisi sharifga doimo amal qilishimiz zarur. Qazoi hojat vaqtida ehtiyotlik bilan pukhta tozalanish lozim. Chaqimchilikdan hazar qilish kerak. Qabr azobini uylaylik, doimo pok bulishga harakat qilaylik!

Luboba binti al-Horis roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u kishi aytadilar:

«Husayn Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quchoqlarida edi. Bas, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ustlariga siyib yubordi. Men:

«Biror kiyim kiyib, menga izoringizni bering, yuvib beray», dedim.
U Zot sollallohu alayhi vasallam:

«Qiz bolaning siydigidan yuviladi kholos, ugil bolaning siydigiga (suv) sepilsa buldi», dedilar.

Abu Dovud, Ahmad va Hokimlar rivoyat qilgan.

Bu hadisi sharifda Luboba binti Horis roziyallohu anho uzlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ishtiroklarida shohid bulgan bir hodisani rivoyat qilmoqdalar:

«Husayn Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quchoqlarida edi».

Bu hazrati Ali va Fotimai Zahrolarning ugillari, Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamning nabiralari Imom Husayndir. Malumki, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam uzlarining jajji nabiralari Imom Hasan va Imom Husaynlarni juda yakhshi kurar edilar. Ularni masjidga ham olib chiqar, utirganlarida erkalatib quchoqlarida olib ultirar edilar. Luboba binti Horis roziyallohu anho usha holatlardan birini rivoyat qilmoqda.

Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam uz quchoqlarida nabiralari Husayn roziyallohu anhuni olib ultirar edilar.

«Bas, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ustlariga siyib yubordi».

Yani, kichik Husayn bobosi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quchoqlarida turib, u zotning ustlariga siyib yubordi.

«Men: «Biror kiyim kiyib, menga izoringizni bering, yuvib beray», dedim».

Luboba binti Horis roziyallohu anhoning bu gaplaridan u kishining Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamga bulgan oliy darajadagi hurmatlari kurinib turibdi. Izor tananing pastki tarafiga kiyiladigan kiyim. Luboba binti Horis roziyallohu anho siydik najasligidan Paygambar sollallohu alayhi vasallamning Husayn roziyallohu anhuning siydigi tekkan kiyimlari – izorlarini yuvish lozim buldi, deb tushungan edilar. Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Luboba roziyallohu anhoning takhminlari notugri ekanini bayon qildilar.

«U Zot sollallohu alayhi vasallam: «Qiz bolaning siydigidan yuviladi, kholos, ugil bolaning siydigiga (suv) sepilsa buldi», dedilar».

Bu farqning sababini ulamolar quyidagicha izohlaydilar:

Ugil va qiz bolalarning jismoniy tuzilishlaridagi farqlar tufayli ularning siydiklari ham farqli buladi. Shuningdek, siydik chiqarish azolaridagi farq tufayli ugil bolaning siydigi siqilib chiqadi, qiz bolaniki esa unday bulmaydi.

Ulamolarimiz, qiz bolaning siydigi yuvilishiga sabab, uning siydigi quyuq bulib, tekkan joyiga yopishib qoladi, ugil bolaniki esa undoq emas, deydilar.

Sahl ibn Hunayf roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Maziydan qiyinchilikka uchrar edim. Uning sababidan kup gusl qilar edim. Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu haqda suradim.

U Zot sollallohu alayhi vasallam: «U narsadan tahorat qilsang sen uchun etarli», dedilar. Men: «Ey Allohning Rasuli, undan kiyimimga tekkani qandoq buladi?» dedim.

U Zot sollallohu alayhi vasallam: «Kaftingga suv olib turib, kiyimingning u tekkan joyiga sepsang, kifoya qiladi», dedilar».

Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.

Sahl ibn Hunayf roziyallohu anhu ham maziy tufayli uz boshlaridan utgan tajribani suzlab bermoqdalar. U kishidan maziy kup kelar ekan. Shu bilan birga, maziy kelsa, gusl vojib buladi, degan tushuncha bor ekan. Hadeb gusl qilaverib, qiynalib ketibdilar. Okhiri borib, bu masalani Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan surabdilar, shunda: «U Zot sollallohu alayhi vasallam: «U narsadan tahorat qilsang, sen uchun etarli», dedilar».

Shunda Sahl ibn Hunayf roziyallohu anhu shu masalaga bogliq yana bir savolni suradilar.
«Ey Allohning Rasuli, undan kiyimimga tekkani qandoq buladi?» dedilar. Bu savolga javoban:
«U Zot sollallohu alayhi vasallam:
«Kaftingga suv olib turib, kiyimingning u tekkan joyiga sepsang, kifoya qiladi», dedilar».
Yani maziy kiyimingga tekkanini kursang, usha tekkan joyiga ustidan suv quyib yuvsang buldi, deganlari edi.
Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, u kishi aytadilar:
«Paygambar sollallohu alayhi vasallam qazoi hojat qiladigan joyga keldilar va menga uchta tosh olib kelishimni amr qildilar. Bas, men ikkita tosh topdim va uchinchisini akhtarib topa olmadim. Sungra bir tezak olib, uni u Zotga keltirdim. Bas, u Zot ikki toshni oldilar va tezakni otib yubordilar va: «Bu –chiqindi», dedilar».

Bukhoriy, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilishgan.
Sharh: Abdulloh ibn Masud roziyallohu anhudan rivoyat qilinayotgan bu hadisda inson qazoi hojat qilganidan keyin badaniga tekkan najosatdan qandoq tozalanishi haqida suz bormoqda. Shuning uchun ham bu hadis qon, siydik, maziy va boshqalarni poklash bobida keltirilmoqda.

Bu hadisi sharif va keyingi boblarda keladigan hadislar Islom dini inson hayotidagi hamma masalalarni, hatto eng kichik va nozik narsalarni ham quymay mukammal bayon qilib berganiga yorqin dalildir. Bunda inson qazoi hojat qilganda nima qilishi, uzini qandoq tutishi, qandoq qilib tozalanishini ham tushuntirib berilishini kuramiz. Shu bilan birga, bu hadisda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlarida hech bir aniq bulmagan nuqta yuqligi ham kurinmoqda. U Zot sollallohu alayhi vasallamning hatto khalodagi holatlari, qilgan ishlari ham tulaligicha urganilgan.

Mana, u Zotning sahobalaridan birlari uz ishtiroklarida bulib utgan bir ishni hikoya qilmoqdalar. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam qazoi hojat qilmoqchi bulib joy tanlabdilar. U Zot alayhissalom Abdulloh ibn Masud roziyallohu anhudan uchta tosh keltirishni surabdilar. U kishi ikkita toshni topib, uchinchisini topa olmabdilar va bu ham bulaversa kerak, deb urniga eshakning tezagini olib kelibdilar (bazi rivoyatlarda tezak eshakniki ekani aytilgan). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkita toshni olibdilar, tezakni esa tashlab yuborib:

«Bu – chiqindi», debdilar.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Qazoi hojat uchun ungay joy topish zarurligi.

2. Qazoi hojatga tayyorlanayotib, uzga kishidan tosh olib kelish va shunga ukhshash ishlarda yordam surash mumkinligi.

3. Qazoi hojatdan keyin tozalanishda toshni ishlatish mumkinligi.

4. Hayvon chiqindisi ila tozalanib bulmasligi.

5. Hayvonlarning chiqindisi najas ekanligi.

Bunga ukhshash masalalar «khalo odoblari» bobida batafsil urganiladi. Hozirgi bobimizga tegishlisi esa tosh bilan badandagi najosatni ketkazish mumkinligini bilishdir.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u kishi:

«Men junublik asarini Paygambar sollallohu alayhi vasallamning kiyimlaridan yuvib quyar edim. U Zot namozga kiyimlaridagi suvning huli bilan chiqar edilar», dedilar».

Beshovlari rivoyat qilishgan.

Oisha onamiz junublikning asarini, deyishlari, maniyning asari, deganlari. Chunki insondan maniy chiqqanda junub buladi.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Kiyimga maniy tegsa, yuvib quyish zarurligi.
2. Ayol kishi erining kiyim-boshlarini yuvib, tuzatib borishi kerakligi.
3. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning mutavoze ekanlari.
4. Kiyimning huli bilan namozga chiqish mumkinligi.
5. Maniy najosat ekani.
Yana usha kishidan rivoyat qilinadi, u kishi:
«Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kiyimlaridan maniyni yakhshilab uqalab tashlar edim. U Zot usha kiyimda namoz uqir edilar», dedilar».
Beshovlaridan faqat Bukhoriy rivoyat qilmagan.

Bu hadisda maniy kiyimda qurib qolsa, uni uqalab tashlash bilan kiyim toza bulishi haqida suz bormoqda. Imom Ahmad va Imom Shofeiylar bu hadisga asoslanib, maniy najas emas, deganlar.

Maymuna roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Paygambar sollallohu alayhi vasallamdan yogga tushgan sichqon haqida suraldi. U Zot sollallohu alayhi vasallam:

«Uni va atrofidagi (yog)ni olib tashlang-da, yogingizni eyavering», dedilar».

Boshqa bir rivoyatda:
«Vaqtiki, sichqon yogga tushsa, agar u qotgan bulsa, u(sichqon)ni va atrofidagi (yog)ni olib tashlang. Agar u suyuq bulsa, bas, unga yaqinlashmang», dedilar».
Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.

Bu hadisi sharifdan olinadigan hukm hadisning uzida ochiq-oydin aytilmoqda:

1. Agar sichqon qattiq yogga tushsa, sichqonning uzi va yogdan u tekkan joy atrofi bilan olib tashlanadi. Qolgan yogni esa bulaveradi.

2. Agar sichqon suyuq yogga tushsa, hammasini harom qiladi. U yogni emoq uchun yaqin kelib ham bulmaydi. Sichqonga boshqa unga ukhshash hayvonlar ham qiyos qilinadi. Shuningdek, yogga boshqa unga ukhshash asal, suv kabi narsalar ham qiyos qilinadi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Qachonki, birortangizning idishiga pashsha tushib qolsa, uning hammasini suyuqlikka botirsin, sungra tashlab yuborsin. Chunki uning ikki qanotining birida shifo, boshqasida dard bor», dedilar».
Bukhoriy rivoyat qilgan.
Abu Dovud ham rivoyat qilib:
«Va albatta, u (pashsha) dard bor qanoti ila saqlanadi», jumlasini ziyoda keltirgan.

Bu hadisi sharifda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam siz bilan biz ummatlariga idishimizdagi suyuqlikka pashsha tushib qolsa, qandoq tasarruf qilishimiz haqida maslahat bermoqdalar.

Bu maslahatga binoan, idishdagi suyuqlikka tushgan pashshaning suyuqlikka tushmay qolgan tomonini ham botirib turib, sungra olib tashlash kerak ekan.

Bu sirtdan qaraganda garoyib tuyuladi. Pashsha va unga ukhshash hasharotlar taomga tushganda iloji boricha uni usha narsaga kam tekkizishga harakat qilish mantiqqa tugriga ukhshaydi.

Bu hadis bilan tanishuvchi har bir insonda shu kabi fikr paydo bulishini etiborga olgan Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam yuqoridagi gapni nima uchun aytganlarini sharhlab:

«Chunki uning ikki qanotining birida shifo, boshqasida dard bor», dedilar».
Imom Abu Dovud keltirgan rivoyatda esa:

«Albatta, u(pashsha) dard bor qanoti ila saqlanadi» deb, pashsha biror suyuqlikka tushib, khatarga yuliqqanda uzini saqlash uchun dard bor qanotini khatar tomonga tugrilashini bayon qildilar.

Demak, har bir pashsha taomga tushganda, albatta, zararli qanoti ila tushar ekan. Mazkur zararni daf qilish uchun uning shifoli qanotini ham taomga botirish kerak ekan.

Bu hadisi sharifga nisbatan odamlarning munosabati tarikh davomida uzgarib kelgan. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida sahobai kiromlar uz odatlari buyicha bu hadisi sharifni eshitishlari bilan darhol, eshitdik va buysundik, deb amal qilib ketaverishgan.

Keyinchalik hadisi shariflarni chuqur urgangan va ulardan turli hukmlarni chiqargan ulamolarimiz esa, birovning idishiga pashsha tushib qolsa, uni avval botirib, keyin olib tashlashi kerak, deb aytganlar va yozganlar.

Undan sung asrlar utib, bazi bir chala olimlar paydo bulib, pashshani taom yoki ichimlikka botirib olish ilmga tugri kelmaydi, pashshada turli mikroblar buladi, u suyuqlikka qancha kup botsa, mikroblari shunchalik kup tukiladi, deb bong urdilar. Bu fikrni bazilar Islomni, Paygambar sollallohu alayhi vasallamni qoloqlikda, johillikda ayblash uchun ishlatdilar.

Bazi bir Islomni uzicha «himoya» qilmoqchi bulganlar esa, hadisni tugri emas, zaif hadis, deb elon qilishga shoshildilar.

Lekin ilm rivojlanishi bilan hamma narsa uz urniga tushdi. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam johil emas, olim ekanlar. Olim bulganlarida ham mujiza gaplarni aytadigan olim ekanlar. Bu hadisi sharif sahih ekan. Sahih bulganda ham Imom Bukhoriy rivoyat qilgan sahih hadis ekan.

Turli hasharotlarning, jumladan, pashshaning ham tuzilishi, tarkiblari chuqur urganildi. Ularning bazilarida ham dard, ham shifo mavjudligi aniq buldi. Ushalarning dard bor joyi insonga tegsa achishib ogrishi, qichishi, qizarib yoki kukarib shishib chiqishi, hasosiyaga va boshqa kattaroq ofatlarga ham sabab bulishi aniqlandi. Shu bilan birga, usha hasharotlar uzlari bilan turli kasalliklarning mikroblarini tashishlari ham ravshan buldi. Yana usha zarari bor hasharotlarning bazilarida shifo-foydali khususiyatlar ham borligi ayon buldi. Misol uchun, asalari ham chaqadi, ham asal beradi. Eng qizigi, hamma hasharotlarda ham uzini himoya qilish sezgisi, vositasi bor ekan. Ular uzi uchun khavf-khatarni sezganda usha vositani ishga solar ekanlar. Shuning uchun ham turli hasharotni bilmay bosib olsak, darhol chaqib olar ekan. Bu tuygu ularda tabiiy bulib, khavf-khatar paydo bulganda uz-uzidan ishga tushar ekan.

Hayvonot olamini yakhshi urgangan olimlarning takidlashlaricha, bu hadisda pashsha haqida kelgan gap haq ekan. Pashshada zaharlash quvvati bor ekan. Agar pashsha biror joyga qulaydigan bulsa, uzini himoyalashga urinib, zaharli qanoti ila qular ekan. Shuning uchun ham Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam uning zararini kesish maqsadida, ikkinchi shifoli qanotini botirib olishga maslahat bergan ekanlar.

Shu bilan birga, takidlash lozimki, hadisda pashshani botirib olib tashlash aytilgan, kholos. U tushgan ichimlik yoki taomni tanovul qilish amr qilinmagan. Kungli tortgan tanavvul qilsin, kungli tortmagan qilmasin. Bu erda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam pashshaning zararini qandoq qilib yuqotish va halol narsani zoe qilmaslik maslahatini berganlar, kholos. Bu narsani yakhshilab tushunib olmoq zarur. Mumin-musulmon kishi bundoq sahih hadis ila sobit bulgan narsaga etiroz qilmasligi kerak. Agar u bunga ukhshash narsalarni tugri tushunib etsa, juda yakhshi. Agar tushuna olmasa, men tushuna olmayapman, ilmim etmayapti, deb odob saqlashi zarur. Darhol etiroz bildirishga shoshilmasligi zarur. Chunki mazkur narsani u bilmasa, boshqalar biladi, bugun bilinmasa, ertaga yoki yuz yil, ming yil utgandan keyin bilinadi. Kupgina oyat va hadislarning sir-asrorlari asrlar utib, ilm rivojlanishi ila kashf bulmoqda.

Bir ayol Paygambar sollallohu alayhi vasallamning khotinlari Ummu Salamaga savol ila kelib:

«Men etagimni uzun qilib, nopok joylarda yuradigan ayolman», dedi. Ummu Salama:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, u (etak)ni keyin kelgan (er) poklaydi», deganlar», dedi».

Abu Dovud, Molik va Termiziy rivoyat qilishgan.

Hadisdan kurib turibmizki:

«Bir ayol Paygambar sollallohu alayhi vasallamning khotinlari Ummu Salamaga savol ila kelib: «Men etagimni uzun qilib, nopok joylarda yuradigan ayolman», dedi».

Ushbu ayolning ismlari Hamida bulib, Ibrohim ibn Abdurrahmon ibn Avfning undan farzand kurgani uchun ozod qilgan churisi edi.

Malumki, Islomda ayol kishining uzun etakli kiyimi matlub. Shu bilan birga, usha uzun etaklarini iflos qilmasliklari ham matlub. Ammo bazi hollarda Hamida roziyallohu anhoga ukhshab khizmat yuzasidan yoki boshqa sabablardan nopok joylardan ham utishlari mumkin. Ana shunda kiyimlari nopok bulsa, nima qilishlari kerak? Hamida roziyallohu anhoning Ummu Salama onamizga aytgan suzlari ana shu manoda edi. U kishi esa bu savolga Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan hadislari ila javob qildilar: «Ummu Salama: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, u (etak)ni keyin kelgan (er) poklaydi», deganlar», dedi.

Yani uzunligi sababli erdagi nopokliklarga tekkan etakni keyin kelgan pok er tozalaydi, degan ekanlar.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Ayol kishilarning olima ayollardan islomiy hukmlarni urganishlari lozimligi.
2. Muslima ayollarning uzun etakli kuylak kiyishlari matlubligi.
3. Etagi erga tegadigan kuylak bilan nopok joylardan keyin pok joydan utsa, pok bulib qolishi (albatta, malum najosat bulmasa).
Ulamolarimiz bu hukm faqat ayollarga khos, deganlar. Erkaklarga taalluqi yuq, chunki erkaklar erga tegmaydigan kiyim kiyishlari kerak.

Bani Abdul Ashhallik bir ayol:

«Ey Allohning Rasuli, bizning masjidga boradigan yulimiz sassiq. Bas, yomgirda qolsak, qandoq qilamiz?» dedi. U Zot:
«Ushandan keyin undan pokroq yul yuqmi?» dedilar. Men:
«Bor», dedim. U Zot:
«Ana usha, bunisi bilan surishib ketadi», dedilar».

Bu hadisda musulmonlarning, khususan, muslima ayollarning poklikka qanchalar etibor berishlarini kurmoqdamiz. Ular bundan un turt asr oldin ham hatto yomgir yoqqanda kuchada kiyimlariga sachrashi mumkin bulgan loydan ham ehtiyot bulishga uringanlar.

Bani Abdul Ashhal qabilasiga mansub bir sahobiya Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamga murojaat qilib:
«Ey Allohning Rasuli, bizning masjidga boradigan yulimiz sassiq. Bas, yomgirda qolsak, qandoq qilamiz?» dedi».
Demak, usha suraguvchi ayolning uyidan masjidgacha bulgan yul toza emas, agar yomgir yogib qolsa, yurish qiyinlashib, yulda kiyimlarga nopoklik aralash loy-suv sachrashi mumkin ekan.

Shunday holat sodir bulsa, musulmon kishining kiyimi nima buladi? Undoq kiyimni yuvish kerakmi? YOki boshqa yul bormi? Bu savolga javob berishdan oldin Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam savol bergan ayolning uziga:
«Ushandan keyin undan pokroq yul yuqmi?» dedilar. Yani usha sassiq-nopok yuldan keyin undan kura tozaroq yul yuqmi?, dedilar. U ayol:
«Bor», dedi.
Shunda Paygambar sollallohu alayhi vasallam:
«Ana usha bunisi bilan surishib ketadi», dedilar. Yani iflos yulda tekkan nopok narsalar toza yuldagi pok erga tegib, poklanib qoladi.

Ulamolarimiz ushbu hadisi sharifdan kelib chiqib, kuchaning loyi kiyimga sachrasa, uzrli, faqat aynan najas narsa tegmasa buldi, deganlar.

Bu borada Abdulloh ibn Masud roziyallohu anhu Paygambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga yuldan tekkan narsa uchun tahorat qilmasdik, deganlar.

Bu ham Islom dini engillik tarafdori ekanligining dalilidir.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Qachonki, birortangiz kavushi ila nopok narsani bossa, tuproq uning poklovchisidir», dedilar».

Boshqa bir rivoyatda:
«Qachonki, ikki mahsisi ila nopok narsani bossa, ularning poklovchisi tuproqdir», deyilgan.
Bu hadisi sharifda oyoq kiyimlarini qay yusinda poklash lozimligi bayon qilinmoqda. Oyoq kiyimi ila nopok narsa bosilsa, uni keyin bosilgan toza tuproq tozalaydi. Agar usha oyoq kiyimida aniq najosat alomati bulmasa, albatta. Bori ham erga ishqash bilan toza buladi.
Abu Said roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Qachonki, birortangiz masjidga kelsa, nazar solsin, agar kavushlarida nopok yoki iflos narsa kursa, uni (erga) artib tashlasin va kavushlari ila namoz uqiyversin», dedilar».
Uchala hadisni Abu Dovud rivoyat qilgan.
Bu hadisi sharif ham oldingisining manosini takidlamoqda.

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam masjidga kirishdan oldin oyoq kiyimiga qarash lozimligini uqtirmoqdalar. Agar oyoq kiyimida nopoklik bulsa, uni tuproqqa ishqab, artib tashlash zarur ekan. Shu bilan birga oyoq kiyimini echmay namoz uqish mumkin ekan. Bu ham bulsa, Islom shariatining kishilarga osonlik tugdirishga haris ekanligini kursatadi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари