Home / Jahon / Kobuldagilar Tojikistonga IShID jangarilari Afgonistondan kirib kelganini inkor etishdi
Место рекламы

Kobuldagilar Tojikistonga IShID jangarilari Afgonistondan kirib kelganini inkor etishdi

6 noyabrga utar tunda Tojikistondagi chegara zastavasiga hujum uyushtirgan jinoiy guruh afgon-tojik chegarasidan utmagan. Bu haqda Afgoniston kuch tuzilmalaridagi bir necha manbalarga tayanib «Nezavisimaya gazeta» khabar berdi. Ularning suzlariga kura, terrorchilarning izlari Afgoniston tashqarisida.

19omqp5jsbo3p5wwh8set4ubxroiwd0p

Avvalroq Tojikiston Milliy khavfsizlik davlat qumitasi 6 noyabrga utar tunda qurollangan guruh Tojikiston-Uzbekiston chegarasida joylashgan chegara zastavasiga hujum qilgani haqida khabar berdi. Khabarda aytilishicha, hujum «Sultonobod» chegara otryadi harbiy qismining Ishkoboddagi 4-sonli chegara zastavasiga amalga oshirilgan.

Hujum oqibatida chegarachi va milisiya khodimi halok buldi, qurolli jinoiy guruhning 15 nafar azosi yuq qilindi, besh nafari qulga olindi.

Tojikiston Milliy khavfsizlik davlat qumitasi bergan malumotga kura, Tojikiston-Uzbekiston chegarasida joylashgan chegara zastavasiga hujum qilgan shakhslar IShID terrorchi guruhi jangarilari bulgan. Ular Tojikistonga Afgoniston tomondan utib kelishgan.

Ammo vaziyatdan yakhshi khabardor bulgan Afgoniston kuch ishlatish tuzilmalari khodimlari IShID jangarilari Tojikistonga Afgoniston hududidan utganligi haqidagi bu takidni rad etdi.

«OAV khabarida tilga olingan, IShID jangarilari Tojikistonga Qunduz viloyatining Qalai Zol uezdi orqali kirib kelganligi aytilgan davlat chegarasi uchastkasi Afgoniston tomonidan ham, Tojikiston tomonidan ham qattiq quriqlanadi. Bizning khizmatlarimiz nafaqat 20 kishilik guruh, balki bir kishining ham chegaradan utishga urinishini sezgan va bunga yul quymagan bulardi. Shuni ham unutmaslik kerakki, Qalai Zoldagi chegara uchastkasini noqonuniy ravishda kesib utish juda mushkul: jangarilar buning uchun Panj daryosi orqali utishlari kerak bulardi, bu esa ishoning, oson emas, ayniqsa yigirma kishilik guruhga», – dedi afgonistonlik kuch ishlatish tizimi khodimlaridan biri.

«Bu bulmagur gap. Ularning chegaradan utishganini biz ham, tojik hamkasblarimiz ham bilgan bulardi. Bizning agentura imkoniyatlarimiz chegara atrofidagi hududlarda nimalar sodir bulayotgani haqida tuliq malumot olishga etadi», – dedi yana bir afgon makhsus khizmati khodimi.

Yana bir suhbatdosh esa «bu jangarilarning izi Afgoniston tashqarisida» ekanligini aytdi.

«Bu odamlar aniq Afgonistondan utishmagan. Ehtimol, ushbu guruh Tojikiston hududida shakllangandir. IShID bunga qanchalik aloqadorligini aytish qiyin. Qulga olinganlar borligi yakhshi, demak, muhim kursatmalar olinadi. Tojik hamkasblarimiz bu malumotlarni biz bilan bulishadi deb umid qilaman», – dedi u.

IShID Tojikistonda sodir etilgan terrorchilik harakati uchun javobgarlikni uz zimmasiga olmagani ham etiborli jihatlardan biri.

Tojikiston Milliy khavfsizlik davlat qumitasi bayonoti buyicha «Tolibon» vakillari ham sukut saqlamoqda. Toliblar mavqei uchun bu bayonot kuchli siyosiy zarba bulishi mumkin. Chunki qariyb bir yildan buyon «Tolibon» vakillari Shimoliy Afgonistonda IShID yakson qilinganini takidlab kelishadi.

Buning ustiga, toliblar va ularga siyosiy khayrikhohlar Afgonistondagi IShID tahdidiga aynan «Tolibon» samarali qarshilik kursata olishiga va shunga muvofiq, terrorchilar Afgoniston hududidan MDH davlatlariga utib ketishining oldini olishiga ishonishadi. Rossiyaning Afgoniston buyicha makhsus vakili Zamir Kabulov bir necha yildan buyon Rossiya va toliblar aynan IShIDga qarshi kurashda hammaslak ekanligini va «Tolibon» jangarilari bu vazifani samarali uddalashini takidlab keladi.

Ammo Tojikiston rasmiy vakillarining 6 noyabrda yuz bergan hodisa tugrisidagi bayonoti Zamir Kabulovning takidlari tugri emasligini, toliblar IShIDga qarshi kurashda kuchsiz ekanligini va «Tolibon» Afgoniston shimolini IShIDdan tozalaganini aytib uz hamkorlarini aldab kelayotganini kursatadi.

«Bunday nozik siyosiy vaziyatda Rossiya TIV rahbarlari afgon kuch tuzilmalarining nuqtai nazarlarini qullab-quvvatlashi foydaliroq buladi, ammo bu rasmiy Kobul bilan «sovuq urush» olib borayotgan odamlar uchun ruhiy jihatdan oson bulmaydi», – deb fikr bildirdi afgonistonlik siyosiy ekspertlardan biri.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

80fsdy80d9-1

Kreml qachon barpo qilingan? Kun.uz bilan quriqkhona-muzeyga fotosayohat

Moskovskiy Kreml — Rossiya poytakhti Moskva Kremli shahar markazidagi qala bulib, shaharning eng qadimgi qismida …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари