Home / Jahon / Qirgizistonning sobiq bosh vazirlariga 7,5 va 15 yillik qamoq jazolari tayinlandi
Место рекламы

Qirgizistonning sobiq bosh vazirlariga 7,5 va 15 yillik qamoq jazolari tayinlandi

Foto: Kabar.kg

Qirgizistonda Bishkek issiqlik elektr markazini (IEM) modernizasiya qilishdagi korrupsiya ishi buyicha aybdorlarga jazo hukmlari chiqarildi.

Ushbu ish buyicha sudlanuvchilar orasida Qirgizistonning sobiq bosh vazirlari Sapar Isakov va Jantoro Satibaldiev, sobiq energetika vaziri Osmonbek Artikbaev, “Elektr stansiyalari” korkhonasi sobiq bosh direktori Salaydin Avazov, sobiq energetika vaziri urinbosari Oybek Kaliev va boshqa sobiq amaldorlar bulgan.

Tergov IEM rekonstruksiyasi vaqtida davlatga etkazilgan ziyon 5 mlrd 439 mln sumni tashkil qilganini malum qilgan. Sud jarayoni 9 oy davom etgan.


Sapar Isakov

6 dekabrda Bishkekning Sverdlov tuman sudi Sapar Isakovga nisbatan 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish, mol-mulkini musodara qilish, diplomatik daraja va 3 yilga davlat idoralarida lavozimlar egallash huquqidan mahrum qilish hukmini chiqargan.

Yana bir sobiq bosh vazir Jantoro Satibaldiev mol-mulkini musodara qilish bilan 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.


Jantoro Satibaldiev

Salaydin Avazovga 11 yil 3 oylik, Oybek Kalievga 15 yillik qamoq jazosi tayinlangan.

Jinoiy ishning boshqa figurantlari ham aybdor deb topilgan, biroq jazoni deyarli utab bulganlari sababli sud zalidan ozod qilinganlar.

2018 yil yanvarida butun Qirgiziston poytakhtini issiqlik va elektr bilan taminlaydigan Bishkek IEMda avariya sodir bulgandi. Avariyadan sung modernizasiyasi 386 million dollarga tushgan IEM atrofida mojaro kelib chiqqan. IEM buyicha shartnoma tuzishda korrupsiyaga yul quyganlikda ayblanib qator amaldorlar, jumladan, sobiq bosh vazirlar Sapar Isakov va Jantoro Satibaldiev hibsga olingan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Britaniya qirolichasining kuchmas mulklari qiymati 700 mln dollarga pasaydi

Buyuk Britaniya qirolichasi manfaatlari ostida London garbi va mamlakatning qishloq hududlaridagi kuchmas mulklarni boshqaruvchi Britaniya …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари