Home / Jahon / Qirgizistonliklarga davlatning qarzini uzish uchun pul tuplab berish taklif etildi
Место рекламы

Qirgizistonliklarga davlatning qarzini uzish uchun pul tuplab berish taklif etildi

Qirgiziston aholisiga davlatning tashqi qarzini uzish uchun pul tuplab berish taklif etildi. Davlatning khorijiy kreditorlar oldidagi qarzini uzish uchun aholidan mablaglarni jalb qilish tashabbusini ayollar tashkilotlari bildirgan.

Ayni vaqtda Qirgizistonning tashqi qarzi 4,8 mlrd dollarni tashkil qilib, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 56 foizidan kuprogini tashkil qiladi.  Qirgiziston bu summadan 40 foizini Khitoyga tulashi kerak. Avvalroq mamlakat rahbariyati pandemiya sababli yuz bergan qiyinchiliklarni sabab qilib kursatib, Pekindan qarzni restrukturizasiya qilishni iltimos qilgan. Biroq ushbu masala ochiq qolgan. Prezident istefosiga olib kelgan siyosiy inqiroz esa muammoni yanada chuqurlashtirib yubordi.

Parlament deputati, Qirgizistondagi ayollar tashkilotlaridan birining rahbari Aynura Altibaevaning takidlashicha, davlat banklaridan birida qarzni tulash uchun aholidan jalb qilinadigan pullar yigiladigan makhsus hisobraqam ochish buyicha ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, Qirgizistonda oltin qazib olishni nazorat qiluvchi davlat konserni bilan muzokaralar olib borilmoqda. Faollarning takidlashicha, bu respublikada nafaqat pul, balki zargarlik buyumlarini khayriya qilmoqchi bulgan odamlar borligi uchun zarur.

“Biz jamiyatda ushbu tashabbus keng qullab-quvvatlanishiga umid bildiramiz. Albatta, qarzni mamlakatga ajratilgan pullarni talon-taroj qilganlar uzishi kerak, degan fikr bor, biroq biz ham birdamligimizni kursatib, uz hissamizni qushishimiz lozim. Bu erda hech qanday siyosat yuq”, deb takidlab utgan Respublika askarlar onalari qumitasi raisi Uulkan Baygubatova.

Qirgizistonda bunday urinishlar avval ham ikki marotaba – 2007 va 2018 yillarda amalga oshirilgan. Biroq qarzni tulashda yordam berishga chaqiriqlar aholi tomonidan qullab-quvvatlanmagan. Fuqarolar bunga javoban lavozimiy jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirishni va qarzni korrupsiyachilar mol-mulki hisobiga uzishni taklif qilishgan. Shunga ukhshash chaqiriqlar hokimiyat tepasiga korrupsiyaga chek quyishni vada qilib kelgan yangi bosh vazirga ham yullanmoqda.

Respublikaning yangi rahbariyati birinchi navbatda bojkhonadagi korrupsiya skhemalari bilan shugullanmoqchi. Turli manbalarga kura, ushbu skhemalar tashkilotchilari mamlakatga kup millionlik zarar etkazgan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

UsBw7H2fly-QtU2vbL1KWlzVA1Wj2LnQ

Tramp saylov natijalarini tan olmasligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp prezident saylovlaridagi maglubiyatini tan olmasligini aytdi. Uning takidlashicha, Demokratlar partiyasi nomzodi …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари