Home / Madaniyat / Qiyomatning kichik alomatlari

Qiyomatning kichik alomatlari

kiyomatQiyomatdan oldin zohir buladigan kichik alomatlar haqida kuplab hadisi shariflar kelgan. Ulardan kupini «Hadis va Hayot» kitobining «Fitnalar va qiyomat alomatlari kitobi» deb atalgan uttiz sakkizinchi juzida batafsil urganilgan. Hozir esa qiyomatning kichik alomatlari haqida qisqacha tukhtalib utamiz. Shu bilan birga, ushbu alomatlardan bazilarini qiyomatning katta alomatlaridan sanagan ulamolarimiz ham borligini aytib quymoqchimiz.

Huzayfa al-Giforiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam oldimizga chiqib keldilar. Biz gaplashib utirgan edik. Bas, u Zot: «Nimani gaplashmoqdasizlar?» dedilar. «Qiyomatni gaplashmoqdamiz», deyishdi. «Albatta, u undan oldingi unta alomatni kurmaguningizcha qoim bulmas», dedilar va Tutunni, Dajjolni, Dobbani, quyoshning magribdan chiqishini, Iyso ibn Maryam alayhisalomning erga tushishlarini, Yajuj-Majujni, uchta er yutishni: mashriqdagi er yutishni, magribdagi er yutishni va arab jazirasidagi er yutishni va okhiri Yamandan chiqib odamlarni mahsharga quvlaydigan utni zikr qildilar».

Muslim, Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilgan. Bu hadisi sharifda qiyomatning katta alomatlaridan bir nechtasi haqida suz bormoqda:

  • Tutun. Qiyomatdan oldin bir tutun zohir buladi. U kofirlarning nafasini oladi va muminlar uchun tumovdek buladi. Usha tutun er yuzida qirq kun turadi.
  • Dajjol.
  • Dobba.
  • Quyoshning magribdan chiqishi.
  • Iyso ibn Maryam alayhissalomning erga tushishlari.
  • Yajuj-Majuj.
  • Uchta er yutishi: mashriqdagi er yutish, magribdagi er yutish va arab jazirasidagi er yutish.
  • Yamandan chiqib odamlarni mahsharga quvlaydigan ut. Bu ut-olov Adan shahri qaridan chiqishi haqida boshqa rivoyatlarda aytilgan.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, qiyomatning alomatlaridan: ilmning kutarilmogi, jahlning zohir bulmogi, zinoning tarqalmogi, khamrning ichilmogi. Ayollar kupayib, erkaklar ozayib, ellikta ayolga bitta boshliq bulmogi»,  dedilar».

Bunga ukhshash alomatlar anchagina bulib, ulardan bazilari voqelikda paydo bulgandir. Qolganlari asta-sekin paydo bulib boraveradi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари