Home / Madaniyat / Qiyomat qanday qoim buladi?

Qiyomat qanday qoim buladi?

konets-svetaQiyomat qoim bulishi va undagi odamlarning holati haqida turli suralarda turli vasflar kelgan. Biz «Zumar» surasidagi vasfni tuliq olishga qaror qildik:

«Va surga puflandi. Osmonlaru erda kim bulsa, qulab uldi. Magar Alloh khohlaganlargina qoldi. Sungra unga yana bir bor puflandi. Bas, tusatdan ular turib intizor bulurlar» (68-oyat).

Qiyomatni qoim qilish Alloh taolo uchun qiyin ish emas. U Zotning Uzi bunga bevosita aralashib yurmaydi ham. Faqat irodasi ketsa buldi.

«Va surga puflandi.»

Sur ichiga puflansa, ovoz chiqaradigan asbobligi malum. Unga farishta Isrofil alayhissalom Allohning amri ila puflaydi. Qiyomat qoim bulishi uchun avvalo surga bir marta puflanadi. Mana, Allohning irodasi ketdi.

«Va surga puflandi. Osmonlaru erda kim bulsa, qulab uldi.»

Bunisi birinchi puflash bulib, «saq puflashi» deyiladi. «Saq» chaqmoq urib, yiqilib ulganga nisbatan aytiladi. Demak, surga birinchi bor puflanganda osmonlaru erdagi barcha jonzotlar chaqmoq urganday, birdan yiqilib uladilar.

Shuning uchun ham bu puflash «saq» – «yiqilib ulish» puflashi, deyiladi.

«Magar Alloh khohlaganlargina qoldi».

Allohning khohishi hamma narsadan ustun, shuning uchun U Zot khohlasa, bazi jonzotlar saq puflashidan keyin ham tirik qoladi.

«Sungra unga yana bir bor puflandi».

Yani Isrofil alayhissalom tomonidan surga ikkinchi bor puflandi.

«Bas, tusatdan ular turib, intizor bulurlar.»

Yani barcha khaloyiq tirilib, urinlaridan turib, bundan keyin nima bulishini intizor bulib kutadilar. Shuning uchun ham ikkinchi puflash «turish puflashi» deb nomlanadi.

«Va er Robbi nuri ila yorishdi. Kitob quyildi. Paygambarlar va guvohlar keltirildi. Ular orasida haq ila hukm chiqarildi. Ularga zulm qilinmadi» (Zumar: 69).

Bu oyati karimada qiyomat kuni hodisalarining vasfi davom etmoqda. Ikkinchi puflashdan keyin barcha khaloyiq qabridan darhol turib, nima bulishini kutayotgan edi.

Endi surga uchinchi marta puflanadi. Bu puflashga «hashr (jamlash) puflashi» deyiladi. Chunki bu puflashdan keyin hamma hashr maydoniga yigiladi. Ana ushanda bandalar orasida ajrim chiqarish uchun Alloh taolo tajalliy qiladi.

«Va er Robbi nuri ila yorishdi.»

Yani mahshar maydoni Allohning nuri ila yop-yorug buldi. U kunda faqat Allohning nuri buladi. Endi hamma narsa hisob-kitobga tayyor ham buldi.

«Kitob quyildi.»

Bandalarning nomai amollari – bu dunyoda qilgan amallari farishtalar tomonidan yozib yurilgan kitob urtaga quyildi.

«Paygambarlar va guvohlar keltirildi.»

Har bir bandaning har bir ishi uz lahzasida yozilganiga qaramay, yana ham takidlash uchun va ummatlarga Allohning amrini etkazganliklarini aytish uchun Paygambarlar keltirildilar. Har bir jonning ishlariga guvoh bulganlar, khususan, bu dunyoda unga biriktirilgan farishtalar ham keltiriladi. Demak, uta aniqlik bilan hukm chiqarilishida hech qanday shak-shubha yuq.

«Ular orasida haq ila hukm chiqarildi.»

Bandalar orasida haq-adolat ila hukm chiqarildi.

«Ularga zulm qilinmadi.»

Hech kimga amalidan ortiqcha yoki kam jazo berilmadi.

«Va har bir jonga qilgan amali (jazo yoki mukofoti) tuliq berildi. U Zot ular qilayotgan ishlarni uta yakhshi bilguvchidir.»

Qiyomatdagi hisob-kitob uta aniqlik bilan amalga oshirildi. Avvalo, bu dunyoda qilgan ishlari uta aniqlik bilan yozib yurilgan nomai amol kitoblari olib kelindi. Aniq hukm chiqarish uchun shuning uzi etar edi. Ammo Paygambarlar ham guvohlikka keltirildilar. Ular kishilarga Allohning amrini, talimotini, vahiyni, kitobi va ahkomlarini qanday etkazganlari haqida guvohlik berdilar. Hech kim, men bilmay qolibman, din haqida, shariat haqida tiriklik chogimda khabar eshitmagan edim, deya olmaydigan buldi.

Shuningdek, guvohlar ham keltirildi. Ular banda qachon, qaerda, qay tarzda nima qilgan bulsa, ochiq-oydin guvohlik berdilar. Ana ushalar asosida:

«Va har bir jonga qilgan amali (jazo yoki mukofoti) tuliq berildi».

Zarra miqdoricha ham kamaytirilmadi.

«U Zot ular qilayotgan ishlarni uta yakhshi bilguvchidir.»

Yuqorida aytilgan hujjat – dalil va guvohlar ustiga eng katta hujjat shuki, Alloh taoloning Uzi bandalarining qilayotgan ishlarini juda ham yakhshi bilguvchi Zotdir. Ana endi mahsharda hisob-kitob tugadi. Har kimga amaliga yarasha jazo yoki mukofot tayinlandi.

«Va kufr keltirganlar jahannamga guruh-guruh qilib haydaldi. Toki unga etib kelgan choglarida, uning eshiklari ochildi va uning quriqchilari ularga: «Sizlarga uzingizdan bulgan Paygambarlar kelib, Robbingiz oyatlarini tilovat qilib bermadilarmi? Sizlarni ushbu kuningizga duchor bulishingizdan ogohlantirmadilarmi?!» – dedilar. Ular: «Ha! Lekin azob suzi kofirlar ustiga haq bulgandir», – dedilar» (Zumar: 71).

Ajoyib bir manzara. Hukm chiqqanidan keyin kofirlar jamlanib, jahannam tomon haydab ketildilar. Hammayoq jim-jit. Kofirlar jahannamga etib kelgan paytida hech qanday shovqin-suronsiz uning eshiklari ochildi.

Hamma dahshatda. Jahannam neligini va u erda nimalarga duchor bulishlarini ham bildilar. Shuning uchun ham, boshlarini egib, parishon holda ketmoqdalar. Shunda birdan ularga jahannamning quriqchiligi vazifasini ado etuvchi farishtalar quyidagi savolni beradilar: «Sizlarga uzingizdan bulgan Paygambarlar kelib, Robbingiz oyatlarini tilovat qilib bermadilarmi?» Ey, shuri quriganlar, nimaga bu tomon kelyapsizlar?! Nima buldi sizlarga?! Nima, u dunyoda sizlarga uzingizdan bulgan, oddiy inson Paygambarlar kelmadimi?! Ular sizlarga Allohning oyatlarini tilovat qilib bermadimi?! Akhir Paygambarlar sizni bundan ogohlantirgan bulishlari kerak-ku! Ular sizga bu haqdagi oyatlarni tilovat qilib bergan bulishlari kerak-ku! YOki ular: «Sizlarni ushbu kuningizga duchor bulishingizdan ogohlantirmadilarmi?!» – dedilar».

Kofirlar nima ham javob qila olardilar. Kup gapira ham olmaydilar.

«Ular: «Ha! Lekin azob suzi kofirlar ustiga haq bulgandir», – dedilar».

«Ha», uzimizdan bulgan Paygambarlar bizga kelgan, ular bizga Robbimizning oyatlarini tilovat qilib bergan va u kunning dahshatidan ogohlantirgan edilar, demoqchilar. Lekin tuliq ayta olmaydilar. «Ha», deb quyishga zurga yaraydilar. Ortidan esa tan olib: «Lekin azob suzi kofirlar ustiga haq bulgandir», deb uzlarining kofirliklarini etirof etadilar.

Shunda ularga: «Jahannam eshiklaridan unda abadiy qolguvchi bulgan holingizda kiring», – deyildi. Bas, mutakabbirlarning joyi qanday ham yomon buldi» (Zumar: 72).

Haligi jahannam quriqchilari bilan bulgan savol-javobdan keyin kofirlarga:«Jahannam eshiklaridan unda abadiy qolguvchi bulgan holingizda kiring», – deyildi».

Bir yula ularga jahannamda abadiy qolishlari ham aytib quyildi. Jahannam bu dunyoda iymonga kirishdan bosh tortib, kofir bulib utgan mutakabbirlarga joy buldi.

«Bas, mutakabbirlarning joyi qanday ham yomon buldi.»

Jahannamga hukm qilinganlarning holi shunday buldi. Endi esa jannatga hukm etilganlarning holi vasf qilinadi: «Va Robbilariga taqvo qilganlar jannatga guruh-guruh qilib olib borildilar. Toki unga etib kelgan choglarida, uning eshiklari ochildi va uning quriqchilari ularga: «Sizga salomlar bulsin! Khush keldingiz! Bas, unga abadiy qolguvchi bulgan holingizda kiring», – dedilar.

Ular: «Bizlarga bergan vadasini rost qilgan va bizga bu erni meros qilib bergan Allohga hamdlar bulsin. Endi undan khohlagan joyimizni olamiz», – dedilar. Bas, amal qiluvchilarning ajri qanday ham yakhshi buldi!» (Zumar: 73-74).

Bu holat jahannam ahlining holatidan tamoman boshqacha. Hamma tomonda khursandlik, hamma tomonda shodu khurramlik barq urib turadi. Quriqchilarning gapi ham salom, tabrik va bashoratdan iborat. Jannat ahlining gapida ham Alloh taologa hamdu sano, khursandlik bor. Naqadar yakhshi holat! Naqadar guzal joy! Naqadar yakhshi mukofot!

«Va Robbilariga taqvo qilganlar jannatga guruh-guruh qilib olib borildilar»

Mazkur saodatmand bandalarning jannati bulishlarining asosiy boisi Robbilariga taqvo qilganlari ekan. Ana usha taqvo sifatiga ega bulganlari uchun ham, qiyomat kuni ularni guruh-guruh qilib jannatga olib borilar ekan. Shuning uzidan taqvodorlik qanchalar zarur narsa ekanini tushunib olishimiz kerak buladi.

Ana, jannatga kirishlariga hukm chiqqan khushbakht bandalar jannatga olib kelindi. Ularning butun vujudlaridan quvonch yogilib turibdi. Mana, orziqib kutilgan jannat eshigi ham kurindi. Jannatilarning shavqu zavqlari yana ham ziyoda bulib, uning eshiklari tomon yullandilar.

«Toki unga etib kelgan choglarida, uning eshiklari ochildi va uning quriqchilari ularga: «Sizga salomlar bulsin! Khush keldingiz! Bas, unga abadiy qolguvchi bulgan holingizda kiring», –dedilar».

Jannatning eshik ogasi bulgan farishtalar Robbilariga taqvo qilgan bandalarni tabrik suzlari bilan:

«Sizga salomlar bulsin! Khush keldingiz!» deb kutib oldilar. Sungra jannatilarning kungillarini yana ham tuq qilish uchun: «Bas, unga abadiy qolguvchi bulgan holingizda kiring», – dedilar».

Ha, jannatga doimiy qolish uchun, uning nozu nematlaridan doimiy lazzatlanish uchun kiringlar, dedilar.

Jannatilar jannat eshik ogalarining bundoq iltifotlariga uzlariga khos muomala ila javob iltifoti kursatdilar.

«Ular: «Bizlarga bergan vadasini rost qilgan va bizga bu erni meros qilib bergan Allohga hamdlar bulsin».

Oh! Bu – naqadar yuksak odob. Uzini bilish, Robbisini tanish qandoq ham yakhshi. Jannati bandalar, uzlariga berilgan oliy maqom va doimiy saodat khabarini eshitishlari bilan darhol Uz Robbilariga, ularga bergan vadasiga amal qilib ularni jannatga kiritgan Allohga hamd aytmoqdalar!

Ular Allohning vadasi haq ekanini yakhshi biladilar. Shuning uchun jannatga kirmaslaridan avval, Allohning vadasiga binoan, undan qandoq joy olishlarini bilib, «Endi undan khohlagan joyimizni olamiz», – dedilar». Ana, kurdingizmi, bu qandoq ham yakhshi! Qandoq ham guzal!

«Bas, amal qiluvchilarning ajri qanday ham yakhshi buldi!»

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари