Home / Siyosat / Keraksiz matohni qadrli buyumga aylantirish sanati – Kun.uz’da «Optimist» loyihasining ilk soni
Место рекламы

Keraksiz matohni qadrli buyumga aylantirish sanati – Kun.uz’da «Optimist» loyihasining ilk soni

Kun.uz uz yunalishida yutuqlarga erishayotgan, hayotga pozitiv nigoh bilan qaraydigan, qiyinchiliklarni nekbin ruhda engib utishga harakat qiladigan, yangicha fikrga ega yoshlar haqida hikoya qiluvchi «Optimist» loyihasini boshlamoqda.

Loyihaning birinchi qahramoni – Toshkentda kichik shakhsiy ustakhonasiga ega Muzaffar Yusupov.

U keraksiz narsalarni qayta ishlab, ularni odamlarga qadrli buyumlarga aylantirishning yangicha yulini topgan. Har khil kuchma chiroqlar, sovga qutilari, taklifnomalar yasaydi. Turli buyinboglar ham tikadi.

«Ustakhona sharoitida ishlayotganimga kup bulmadi. Lekin ilk ishlarimni bolaligimda – mehribonlik uyida tika boshlaganman. Rang-baranglikni va uni odamlarga ulashishni yakhshi kuraman.

Asosiy khom ashyoni kuchadan topib olib kelaman. Kesilgan yoki arralangan yogoch bulaklarini, shokhlarni yigib kelib, turli narsalar yasayman. Bundan tashqari, keraksiz qutilar, bushagan idishlar yoki turli qismlarni ham yigib, har khil kurinishdagi suvenir, kuchma chiroqlar yasayman», – deydi suhbatdoshimiz.

Muzaffarning aytishicha, keraksiz buyumlarni saralayotgan paytda odamlar har doim ham tugri munosabatda bulavermaydi.

«Mana shu keraksiz chiqindilardan chiroyli narsalar yarata olishimga ishonaman», – deydi u.

«Har bitta ishimning ismi bor»

«Bazi ishlarimni 2-3 oy davomida yasayman. Bazilari esa muttasil va tez mehnat bilan yaratiladi.

Masalan, gazeta kurinishidagi kuchma chiroqni 16 soat davomida tukhtamasdan yasaganman. YOki milliy naqshdagi kuchma chiroqlar ham ishlov berish uchun kup vaqt va etibor talab qiladi.

Gishtdan yasalgan kuchma chiroq uchun ham ancha vaqtim ketgan. Chunki gisht juda qattiq bulgani uchun unga ishlov berish oson emas.

Bu narsalarni sotishni umuman khohlamayman. Chunki ularni odamlarga kursatmoqchiman. Har bitta ishimning uz ismi bor».

«Boshqalar ustimdan kulishiga imkon qoldirmaganman»

«Eng birinchi tikkan ishim eshak bulgan. Juda chiroyli chiqqani uchun tarbiyachimiz olib quygandi. Keyin bilsam, bizga homiylik qilishni khohlagan insonlardan biriga bolalar nomidan sovga sifatida bergan ekanlar. Shundan sung juda kup narsalar tika boshladim.

Bazida bolalar uyinchoq tikayotganim uchun ustimdan kulishardi. Men esa uzimni khafa qildirmaslik uchun futbol uynashni yakhshi urgandim va ulardan uzib ketdim. Keyinchalik stol tennisi, badmintonda ham yakhshi natijalar kursatdim», – deya bolalik khotiralarini esladi qahramonimiz.

Nega aynan Cherchill brendi?

Muzaffar yaratgan narsalarini Uinston Cherchill brendi bilan tanitishni khohlaydi. Uning aytishicha, Britaniya tarikhidagi eng taniqli bosh vazirlardan biri umri davomida eng kup buyinbog taqqan inson sifatida tarikhda qolgan.

«Buyinboglarni mehr bilan tikaman. Cherchil esa uni umri davomida taqib yurgan», – deya izoh berdi u.

Qahramonimiz yaqin orada uz ishlari taqdimotini utkazishni rejalashtirmoqda. Uning eng asosiy maqsadlaridan biri – milliy naqshda uzbek brendini yaratish.

Zilola Gaybullaeva suhbatlashdi.
Tasvirchi – Nuriddin Nursaidov.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

2C654058-2721-4100-BD85-432BF9CEB3C1_cx9_cy6_cw91_w1023_r1_s

Fargona viloyat hokimi fermerga kredit ajratishni soqoli usib ketgani uchun rad etdi

Fargona viloyat hokimligida soqolli tadbirkor tahqirlanib, yigilishdan haydalgani qayd etilgan audioyozuv Ozodlikka kelib tushdi. Audioni …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари