Home / Madaniyat / Kelin bulsammikan yoki ruza tutsammikan?

Kelin bulsammikan yoki ruza tutsammikan?

kelin-ruzaBolaligimdan har yili Ramazon oyida 30 kun ruzani tuliq tutib kelganim uchun ruza tutmaydiganlar kuzimga galati kurinardi. Biror kun ruzani qazo qilganlarga esa «irodasiz» deb «tamga» quyardim. Ammo hali bola ekanligim, hayotning achchiq-chuchugini tatib kurmaganim menga pand bergan ekan.

Agar usha paytda menga kimdir «Kun kelib, uzing ham ruzalarni qazo qilasan» deganda, shubhasiz, u odam bilan murosa qilmagan bulardim. Ammo kunlar, oylar va yillar utib, men ham ulgaydim. Qizlik unvonidan mahrum bulib, kelinlik maqomiga erishdim. Kelin bulish qiyin deyishganida bu dangasalarning bahonasi kholos, deb uylardim.

Ammo shakhsiy tajribamda sinab kurilgandan keyin usha mashhur fikrga men ham qushildim. Kelinlikning gashti va muslimaning odati quyoshdan avval uygonish. Bu qiyin ish emas, chunki hamisha shunday bulgan. Ammo qizlik uyimizda bomdod namozini ado etib bulib, Quron uqib, salovat aytib, quyosh chiqishini kutib utirardik.

Keyin esa sunnatga muvofiq qaylula uyqusidan bahramand bulardik. Yana hamma bilan baravar turib, ishga, uqishga ketaverardik. Biroq kelinlikda hammasi uzgacha buldi. Bomdod azoni aytilishi bilan tahorat olish uchun emas, kucha hovliga suv sepib supurish uchun shoshilish kerak. Chunki erkaklar masjidga utayotganda eshik oldi allaqachon suv sepilib, supurilgan bulmogi darkor!

«Alhamdulillah, qutuldim» deysiz, tong qorongusida zurga kuzingiz ilgab, kuchalarni supurib bulgandan sung, endi namoz uqisam ham buladi, deb tahoratga shoshasiz. Ammo uydagilardan kimdir hovliga chiqadi:
― Haliyam hovliga suv sepmadingizmi, tong yorishay deyapti.

Khup, deysiz-u, chelakka suv tuldirishga tushasiz. Ichingizda esa potirlayotgan qush kabi «Bomdod qazo bulmasaydi» degan tahlika bor! Esonlik bilan katta hovliga suv sepildi, supurildi. Yugurib hammomga oshiqasiz.

«Kelin, choy kech qolyapti-ku, biz bu paytda nonushta qilamiz». Qani, haddingiz sigib, namozga kech qolyapman, deb ayta olsangiz. Aytolmaysiz. Chunki bu khonadonda hech kim umrida biror rakat namoz uqimagan. Dodingizni tushunishmaydi. Khullas, nonushtaga berilgan «buyurtma»larni bajarib qarasangiz, quyosh ufqdan bosh kutarib turibdi.

Kayfiyatingiz – bir tiyin. Chunki shu yoshga kirib, biror marta uygoq bula turib namozni qazo qilmagandingiz. Bu khonadonga bitta katta «minus». Mehringiz bir oz kamaydi. Qilmoqchi bulgan khizmatlaringizni khayolingizda sanay boshladingiz. Ishtahasiz nonushta dasturkhoniga utirmoqchi bulasiz. Akhir u sizning shunday katta yuqotishlar evaziga tayyorlagan nonushtangiz, siz unga haqlisiz.

Ammo dasturkhonda allaqachon hech nima yuq! «Kelin, eringga olib quyganmiding, biznikida shunaqa, katta-katta eyiladi, katta-katta ish qilinadi. Qolmagan bulsa, boshqalatdan pishirasan». Yiglavorishimga ozgina qoldi. Chunki ishga ketadigan vaqt bulib qolgan. Hademay, turmush urtogim uygonib, nonushtaga utiradi.

Shosha-pisha yana oshkhonaga kiraman. Maqtanmay-ku, yakhshiyam pazandaman, bir zumda yuq narsani borday qilib, yana nonushta tayyorlayman. Hammomdan chiqib, nonushtaga utirgan khujayinim «Kuk kuylagimni dazmollaganmisan?» deb surab qoldi.

«Yuq, oqi tayyor, kukini kecha kechqurun yuvgandim-ku!» deyman gunohkorona. «Men kukini kiyaman bugun, tez-tez bul, ishga kech qolaman». Endigina ogzimga solmoqchi bulgan luqmamni qaytarib joyiga quyaman. Khonamga kirib, tez-tez dazmol uraman.

Nonushtani khotirjam tamomlab, qaytgan erim mendan suraydi : «Ishga birga ketamizmi? Peshinga ovqat qilib buldingmi?» Uyda shuncha odam bula turib, uzim emaydigan peshindagi ovqatni men pishirishim kerakligini eshitib, baqirvoray dedim.

Uzi bomdodni qazo qilganimning alami ham etib turgandi. Yuq, hali, deya oldim, kholos. Bulmasam, uzing ketarsan, tuzukroq ovqat qilgin. Mantimi, chuchvarami. Bupti. Erimning ogzidan shunchaki chiqib ketgan bu ikki suz, mening uch soat vaqtimni oldi. Nonushtani qilishga ulgurmadim, faqat idishlarini yuvdim, kholos. Orada peshindagi ovqat 12 ga tayyor bulishi kerakligi haqida buyruq oldim.

«Kelin, darvozakhona hozir salqin, joyni usha erga tayyorlang». Men dovdirab qoldim. Kup qavatli uyda yashaganimiz uchun taom eyiladigan joy «kuchib yurishi»ni birinchi kurishim edi. «Khup» dedim-u, nima qilish kerakligini qaynimdan surab oldim.

Ertuladan gilam olib chiqib, darvozakhonaga solib, ustiga ayvondan khontakhta olib kelib, yoniga turtta kurpacha olib chiqib solish kerak ekan. Ha, aytishni unutibman, bu khonadonda ozodalikka juda katta ahamiyat berilar ekan. Har safar ovqatdan sung dasturkhon yuvilib, kelasi ovqat mahalgacha dazmollangan bulishi kerak. Khullas, amallab tushlikni qilib oldik.

Tugrirogi, men uchun bu ham nonushta, ham tushlik buldi. Qornim ochib ketganidan kelinlar uyalishi kerak, deb uylamabman ham, uydagilar aytishganidek, «katta-katta» eyaveribman. Peshingi idishlarni yuvib buldim. Bugun ishkhonadan gap eshitishim aniq. Mayli, deb uyladim, tez namozlarimni uqib olsam, kechroqqacha ishlab kelaman.

Eng muhimi uydagilarni khursand qildim. Pishirgan chuchvaralarimni khomligida sanamagan edim, ammo uylaganlarim bir tiyin bulib chiqdi. Chunki men hali tahorat olmay turib, qaynonam ishdan keldilar. Bu katta, 13 kishilik khonadonda bitta qaynonam kuchada ishlaydilar, qolganlar uyda tirikchilik qilishadi. Ularga olib quyilgan taomni tez isitib, alohida joy tayyorlab kungillarini oldim. Yana idishlar yuvildi. Menga qiyin bulgani, bizning kup qavatli uyda bulgani kabi bu erda issiq suv yuq. Idishlar, suv isitilib, yozning issigida ham, qishning sovugida ham,  hovlida yuviladi.

Khullas, peshin vaqtidan ham ogib borayotgan bir paytda, qaynonam, «Kelin, kuni bilan nima qildingiz? Derazalar artilmabdi-ku!» deb qoldilar. Kuni bilan nima qilganim haqida uylab qoldim. Ovqat!

«Hozir, oyijon» dedim-u, darrov qulimga latta olib, derazalarni artishga tushdim. 8 sotikhli hovlining gir aylana uylarining derazasi tugay demasdi. Men charchadim. Ammo na iloj!

Hamma orom uchun khonasiga kirib ketdi. Birgina men qulimda latta, kuzimda yosh bilan ishimni qilishda davom etyapman. Shartta lattani quydim-u, tahorat olib, endi khonamga kirib ketayotgandim, darvozadan mehmonlar kirib kelishdi. Kutib oldim, joy tayyorladim. Odatdagidek, kelinlarga khos khizmat qildim. Asrga yaqinlashib qoldi.

Ammo men oshkhonadaman! Derazalar ham okhirigacha artilmagan, namozlar ham uqilmagan. Uzimdan umrimda ilk bor kunglim tulmadi. Khullas, mehmonlar kechki ovqatni eb, keyin ketishdi. Men esa kechki idishlarni yuvib bulib, «nonushtaga somsa qilib quying» degan buyruqqa binoan, hamon oshkhonadaman.

Ertalab 3:30 da turganim uchun kuzlarim yumilib ketyapti. Ishdan qaytgan turmush urtogim bilan, agar ovqat tepasidagini inobatga olmasak, hali kurishganim yuq. Somsam nechada pisharkin? Hali hammomda kirlarim ham bor. Kecha yuvganimni esa dazmol qilishim kerak.

Khuftonni uqiy olarmikinman? Umuman, bugun ukhlaymanmi uzi? Ertaga ishga boramanmikin? Shu kabi savollar khayolimda gujgon uynay boshladi. Khonadondagilarning barchasi yana orom olish uchun khonalariga kirib ketishdi. Aytishlaricha, ular vaqtli turishlari kerak ekan. Men-chi? Kunlar va oylar utib, men bu khonadonning odamlariga, ananalariga kunika boshladim.

Ramazon keldi. Umidim Ramazonda tuliq ibodat qilish va khonadonimdagilarga insof surash edi. Lekin munosabat umuman uzgargani yuq. Chunki ular uzlari ruza tutmas edilar. Men bir haftada bularim bulib, chuzilib qoldim.

Chunki qarindoshlarnikida buladigan yiginlarga togora pishirish ham menga «Ramazon bonusi» edi. Boshim aylanib, kuzim tindi. Vrachlar ruza tutish mumkin emasligini, organizm uyqusizlik va holsizlikdan toliqqanini aytishdi.

Bir men emas, minglab uzbek kelinlari uchun oddiy hol bulgan bu vaziyat aslida dinimiz uchun musibatdir. Chunki Allohning huzuriga borganda «Nega yakhshi kelin bulmagansan?» deyilmaydi.

Uqilmagan namozlar suraladi, tutilmagan ruzalar suraladi. Bilaman, ota-onaga, khususan, erning ota-onasiga qilingan khizmatlar ham savob. Ular ham dinimizda uluglanadi. Ammo muslima kelinlarni tushunib, ibodati uchun keraklicha vaqt va imkoniyat ajratishlarini barcha qaynonalardan surab qolamiz! Alloh ularga ofiyat bersin!

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари