Home / Madaniyat / Qarzni uzish duosi

Qarzni uzish duosi

karzni-uzish-duosiBir mukotab Ali roziyallohu anhuning oldiga kelib: «Men kelishilgan mablagni topib berishdan ojiz buldim. Menga yordam bering», dedi.

«Senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga talim bergan kalimalarni urgatib quyaymi? Agar zimmangda Sabiyr togicha qarz bulsa ham, Alloh uni sendan uzadi. «Allohumma ikfinii bihalolika an haromika va igninii bifazlika amman sivoka» degin», dedi».

Termiziy rivoyat qilgan.

Sharh: Mukotab — khujasi bilan malum mablag evaziga ozod bulish uchun shartnoma yozgan qul. Sabiyr — Yamandagi bir togning ismi.

Duoning manosi: «Allohim! Menga haloling ila haromingdan kifoya qilgin. Uz fazling ila meni uzingdan boshqalardan behojat qilgin».

Kim ushbu duoni niyat va ikhlos bilan farz namozlardan keyin uqib yursa, Alloh taolo unga qarzini uzishda yordam beradi.

Abu Said roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga kirgan edilar, birdan ansorlardan Abu Umoma deb ataladigan kishini kurib qoldilar. Shunda u Zot:

«Ey Abu Umoma! Seni masjidda namoz vaqtidan boshqa vaqtda kurmoqdaman?» dedilar.

«Meni gamlar va qarzlar bosdi, ey Allohning Rasuli!», dedi.

«Senga agar aytsang, Alloh gamlaringni ketkazadigan va qarzlaringni uzadigan kalimalarni urgatib quyaymi?» dedilar.

«Ha, ey Allohning Rasuli!» dedi.

«Ertalab va kechqurun «Allohumma, innii auuzu bika minal hammi val hazani va auuzu bika minal ajzi val kasali va auuzu bika minal jubni val bukhli va auuzu bika min galbatid dayni va qohrir rijali» degin», dedilar.

Ushandoq qilgan edim, Alloh gamlarimni ketkazdi va qarzlarimni uzdi».

Abu Dovud rivoyat qilgan.

Sharh: Duoning manosi: «Allohim! Sendan gam bosishidan, mahzunlikdan, ojizlikdan, dangasalikdan, qurqoqlikdan, bakhillikdan, qarzga botishdan va odamlarning golib kelishidan panoh surayman».

Kim ushbu duoni niyat va ikhlos bilan ertalab va kechqurun uqib yursa, Alloh taolo unga qarzini uzishda yordam beradi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари