Home / Jamiyat / Karantin sababli kredit tulovlari muddati uzaytiriladi

Karantin sababli kredit tulovlari muddati uzaytiriladi

Respublikadagi karantin tufayli amaldagi kredit tulovlarini tulash muddati hech qanday jarimasiz joriy yilning 1 oktyabr sanasigacha uzaytiriladi. Bu haqida Markaziy bank boshqarma boshligi Husankhuja Abidovga asoslanib, Kun.uz mukhbiri khabar bermoqda.

«Moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan qarzdorlarning kredit tulovlarini kechiktirish yuzasidan kredit tashkilotlariga berilgan tegishli kursatmalar asosida mijozlarning kreditlarini restruktizasiya qilish ishlari boshlandi.

Pandemiya iqtisodiyot tarmoqlarida, khususan, turizm, transport, logistika, va ularga bogliq bulgan sohalardagi korkhonalarning faoliyatiga salbiy tasir kursatib, pul oqimlari kamayishi kuzatilyapti. Holatdan kelib chiqib, tijorat banklari tomonidan ularning kredit qarzdorlik tulovlari muddatlarini hech qanaqa jarima sanksiyalarini hisoblamagan holda joriy yilning 1 oktyabrigacha uzaytirish imkoniyati yaratildi.

Jismoniy shakhslar buyicha ham qaror qabul qilingan. Karantin rejimi natijasida ishsiz qolganlar, moliyaviy holati keskin yomonlashgan mijozlarning kredit tulovlarini ham 1 oktyabrga qadar kechiktirish buyicha ishlar boshlangan. Bu jarayon bank mijozlariga noqulaylik yaratmaydi. Ularning arizalari asosida banklar tomonidan qarorlar soddalashtirilgan tarzda va operativ qabul qilinadi», dedi Husankhuja Abidov AOKA qoshidagi makhsus shtabda utkazilgan brifingda.

Malum qilinishicha, 26 mart holatiga kura, muddati uzaytirilishi belgilangan jami 5 trillion sum miqdoridagi kredit tulovlaridan tijorat banklari tomonidan 4668ta kredit shartnomalari buyicha tulovlarni qaytarish muddatlari qayta kurib chiqilgan. Banklarning likvidligini taminlash yuzasidan Markaziy bank tomonidan doimiy monitoring olib borilmoqda.

Shuningdek, Markaziy bank mutasaddisi koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida murojaatlarini masofaviy kurish buyicha olib borilayotgan ishlar khususida bayonot berdi.

«Koronavirus tarqalishining oldini olish va ijtimoiy masofalanishni taminlash maqsadida banklar tomonidan kredit tulovlarni kechiktirish masalalari buyicha murojaatlarni masofaviy kurib chiqish tizimi qisqa muddat ichida yaratilmoqda.

Shu bilan birga, hududiy sanitariya-epidimiologik osoyishtalik markazlari tomonidan naqd pullar saqlanadigan pul omborlari va qayta sanash kassalari kuniga 1-2 marta dezinfeksiya qilinmoqda. Barcha bank kassalariga kelib tushgan pullarni kamida 1 hafta pul omborkhonalarida alohida saqlash tizimi joriy etilgan», deya uning suzlarini keltirmoqda Kun.uz mukhbiri.

Check Also

2826413_1000

Qishda lablaringizni quritadigan 5 ta khato

Qishda quruq va yorilib ketgan lablar ham yomon kurinishga, ham ogriqqa sabab buladi. Dudoqlar quruqlikka …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари