Home / Jamiyat / Karantin 15 iyungacha uzaytirildi. «Yashil» hududlarda cheklangan tartibda tuy va marosimlarga rukhsat beriladi
Место рекламы

Karantin 15 iyungacha uzaytirildi. «Yashil» hududlarda cheklangan tartibda tuy va marosimlarga rukhsat beriladi

Uzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash buyicha Respublika makhsus komissiyasining navbatdagi akhboroti elon qilindi.

Makhsus komissiya qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirildi.

Shu bilan birga 2020 yil 1 iyundan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ham rukhsat berilmoqda:

a) «qizil» hududlarda:

  • rieltorlik faoliyati;
  • reklama va marketing faoliyati.

b) «sariq» hududlarda «qizil» hududlarga qushimcha ravishda:

  • avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugullanuvchi tashkilotlar faoliyati (bunda, nazariy mashgulotlar masofadan turib (onlayn) uqitish orqali amalga oshirilishi, amaliy mashgulotlar esa sanitariya talablariga qatiy rioya qilgan, shu jumladan, tibbiy niqob, tibbiy qulqopdan foydalangan hamda avtotransport vositalarini dezinfeksiya qilgan holda tashkil qilinishi lozim);
  • davlat tashkilotlarida autsorsing asosida ovqatlanish khizmatlarini kursatuvchi tadbirkorlik subektlari faoliyati.

v) «yashil» hududlarda «sariq» hududlarga qushimcha ravishda:

  • sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyati (hostellar bundan mustasno);
  • sport seksiyalari, tugaraklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyati;
  • oilaviy tantana, tuy, maraka va marosimlarni utkazish.

Bunda oilaviy tantana, tuy, maraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining uzida 30 kishidan kup bulmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiena talablariga qatiy rioya etgan holda utkazishga rukhsat beriladi.

Uz navbatida karantin davrida oilaviy tantana, tuy, maraka va marosimlarni utkazishning belgilangan talablarini buzgan shakhslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun mamuriy javobgarlikka tortiladi.

Dehqon bozorlari va aholi gavjum buladigan hududlarda karantin talablariga rioya etilishini nazorat qiladigan kungilli guruhlar tuzish topshirildi.

Barcha hududlarda ularning toifasidan qati nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinadi:

  • jamoat joylarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash,
  • uch kishidan ortiq yigilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanishi;
  • talim tashkilotlari (bogcha, maktab, lisey, kollej, tekhnikum, institut, universitet va boshqalar), uquv kurslari faoliyatini yulga quymaslik;
  • kungilochar obektlar – tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshkhona, choykhona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter uyinlari markazlari faoliyatiga yul quymaslik;
  • konsert, teatr, kinoteatr va sport tadbirlarini (professional futbol klublari uquv mashgulotlari va Uzbekiston professional futbol ligasi chempionatlari bundan mustasno) utkazmaslik;
  • jamoat transporti harakatiga rukhsat bermaslik;
  • buyum bozorlari faoliyatiga rukhsat bermaslik;
  • dehqon, qurilish bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik dukonlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini ulchab, 37 daraja va undan yuqori bulgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini kurish;
  • barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «tushak»lar bilan taminlash hamda khodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini taminlash;
  • qurilish-tamirlash ishlarida obektlarning hududi tuliq karantinga olinishi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda obektlarda sanitariya-gigiena tadbirlarining amalga oshirilib borilishi. Bunda, ushbu tashkilotlarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiena qoidalariga tuliq rioya qilish, uz faoliyatini faqatgina tegishli obekt hududi doirasida tashkil etish.

«Qizil» toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek, «yashil» va «sariq» toifaga kiruvchi hududlarda rukhsat berilgan faoliyat turlarini urnatilgan makhsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab buladi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Toshkent va Andijonda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

Sogliqni saqlash vazirligi Uzbekistonda yana 149 kishida koronavirus aniqlangani haqida khabar berdi. «2020 yil 12 …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари