Home / Jahon / Karantinda bepul va sifatli talim: eng yakhshi onlayn platforma va kutubkhonalar
Место рекламы

Karantinda bepul va sifatli talim: eng yakhshi onlayn platforma va kutubkhonalar

Jahon miqyosida karantin tufayli talim maskanlari talabasiz, uqituvchisiz. Ammo XXI asrda pandemiya talim olishga tusiq bula olmaydi. Rejadan tashqari tatil ― onlayn talim bilan shugullanish uchun qulay fursat.

Quyida jahonning nufuzli talim muassasalariga tegishli maruza va darsliklar, uquv dasturlari foydalanish uchun bepul va ochiq shaklda jamlangan manbalarni keltirib utamiz.

Internet, til bilish kunikmasi va ozgina qunt – qarabsizki, tatildan maksimal foyda olish mumkin.

Harvard universiteti kurslari

Nafaqat AQSh, balki butun dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri hisoblangan Harvard universiteti 100dan ortiq bepul onlayn kurslarni taqdim etadi.

Makhsus portaldan veb-dasturlash, moliya, dinshunoslik, kompyuter tekhnologiyalari, madaniyat, tarikh, siyosatshunoslik hamda boshqa sohalarga oid maruzalarni topishingiz mumkin.

Buning uchun ruykhatdan utish kifoya. Alohida mavzular buyicha kategoriyalashtirilgan platforma khizmatingizga tayyor.

Manzil: www.online-learning.harvard.edu

Khan akademiyasi

Harvard biznes maktabi bitiruvchisi Salmon Khon tomonidan notijorat tashkilot sifatida tashkil etilgan Khan akademiyasi (Khan academy) har kimga har erda yuqori sifatli talim imkoniyatini taqdim etishni maqsad qiladi.

Akademiya matematika, tarikh, tibbiyot, moliya, fizika, kimyo, biologiya, astronomiya, koinotshunoslik, madaniyat buyicha 4200dan ziyod mikromaruzalarni jamlaydi.

Mavzular sodda tilda tushuntirilgan. Bundan tashqari, urganilgan mavzu buyicha bilimlarni tekshirish uchun vazifalar jamlanmasi ham taqdim etiladi.

Ushbu platforma masofaviy talimning eng yakhshi shakllaridan biri deya etirof etiladi. Maruzalar bazasi dunyoning kuplab tillariga tarjima qilingan.

Khan akademiyasi bazasi bir guruh kungillilar tomonidan uzbek tiliga ham tarjima qilinmoqda.

Manzil: www.khanacademy.org   ―  www.xanakademiyasi.uz   

edX ― dunyoning eng kuchli universitetlarini birlashtiruvchi platforma

edX platformasi dunyoning eng nufuzli oliygohlari − Harvard universiteti, Stenford universiteti, Boston univeriteti, Massachusets tekhnologiyalar instituti, Sorbonna universiteti kabilarning onlayn malumotlar bazasini yagona manzilda jamlaydi.

Bu erda aniq, gumanitar, tabiiy fanlar, kompyuter tekhnologiyalari buyicha videodarslarni topish mumkin.

Shuningdek, platformada dunyoning eng kup suzlashuvchiga ega tillari buyicha ham darslar bor. Bundan tashqari, foydalanuvchilar darslar yuzasidan uzaro fikr almashish, munozaraga kirishishlari uchun onlayn forum ham ishlaydi.

Darslar bepul, kurs yakunlangandan keyin tulov asosida sertifikat olish ham mumkin.

Manzil: www.edx.org

Barcha onlayn kurclarni jamlovchi gigant platforma

Class Central deb nomlanuvchi platformada turli yunalishdagi onlayn kurslarni topish mumkin. Platforma internetga joylashtirib boriladigan kurslarni ommabopligi, foydalanishdagi qulayligi va sifatiga kura saralab, reytingga kiritib boradi.

Platforma eng nufuzli talim maskanlarining sifatli onlayn kurslarini jamlaydi. Shuningdek, bu erda rasmiy masofaviy talim olish mumkin bulgan dasturlar khususida ham malumotlar mavjud.

Manzil: www.classcentral.com

Ham til, ham fan urganish imkoniyati

Coursera platformasi 36 mln.dan ziyod foydalanuvchiga ega, 3000dan ziyod kurslarni jamlaydi. Unda gumanitar, aniq va tabiiy fanlar buyicha bilim olish mumkin.

Har bir mavzu 15 daqiqali videomaruza, uzlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash uchun test va topshiriqlardan tarkib topgan. Har bir kurs yakunida imtihon bor, undan muvaffaqiyatli utgan foydalanuvchiga elektron shaklda sertifikat ham taqdim etiladi.

Mazkur platformaning afzalligi shundaki, videomaruzalarni uzingizga kerakli tildagi subtitr bilan tanlash mumkin. Bu fanni urganish bilan bir qatorda, kerakli til buyicha kunikmalarni ham mustahkamlash imkonini beradi.

Manzil: www.coursera.org

Kembrij dasturi bilan tahsil oling

Buyuk Britaniyaning nufuzli va eng qadimgi oliygohlaridan hisoblangan Kembrij universiteti aynan pandemiya tufayli onlayn talimni rivojlantirishga etibor qaratdi: 18000ta kitob va ilmiy maqola jamlangan arkhivini barcha uchun ochiq foydalanish shakliga utkazdi.

Muhimi, bepul!

Manzil: www.cambridge.org

Lektorium

Lektorium rus tilidagi eng katta videokurslar bazasi hisoblanadi. Ushbu platformada turli yunalishdagi 4000dan ziyod videomaruzani ochiq shaklda topish mumkin.

Manzil: www.lektorium.tv

Rossiyaning etakchi oliygohlari maruzalari yagona bazada

Universarium platformasi dastlab Rossiyadagi OTMlarning uzaro malumot almashish maydonchasi sifatida tashkil etilgan. Keyinchalik uning ommabopligi ortib, barcha uchun ochiq talim platformasiga aylangan.

Universariumda muayyan bir ikhtisoslikdagi fanni chuqur urganish ham, marifiy kharakterdagi qushimcha kurslarni ham topish mumkin.

Har bir kurs murakkabligidan kelib chiqqan holda 7 haftagacha davom etadi. Videomaruzalar bilan bir qatorda, mustaqil ishlash uchun materiallar ham taqdim etiladi, kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlar elektron sertifikatga ega bulishi mumkin.

Manzil: www.universarium.org

Fizikani sodda tilda tushuntiruvchi platforma

Ukrainaning Rishelevskiy liseyi uqituvchisi Pavel Viktor fizika buyicha chuqurlashtirilgan onlayn kursni yaratdi. Kurs qiziquvchilarga fizika haqida sodda, tushunarli tilda hikoya qilishni maqsad qiladi.

470dan ziyod mavzuning har biri alohida video shaklida tayyorlangan.

Manzil: «RL Fizika» YouTube kanali

Foydalanish mutlaqo bepul elektron kutubkhonalar

www.litmir.me – 75000dan ziyod muallifning 210000ga yaqin kitoblari jamlangan baza. Kitoblarni bepul yuklab olish yoki onlayn rejimda uqish imkoniyati mavjud. Shuningdek, uzingiz ham boshqalar bilan ulashishni istagan kitoblaringizni yuklashingiz mumkin.

www.gutenberg.org – ingliz va boshqa khorijiy tillardagi 46000ta kitobni jamlagan sayt. Kitobni uzingizga qulay formatda yuklab olishingiz mumkin. Mumtoz romanlardan tortib, ilmiy-ommabop asarlargacha topa olasiz.

www.pda.litres.ru – barcha uqishi kerak bulgan, jahon tan olgan asarlarni izlayotgan bulsangiz, bu portal siz uchun. Bu manzil asli elektron kitob sotuvi uchun muljallangan. Ruykhatdan utish orqali 26000ga yaqin kitobdan bepul asosda foydalanish imkoniyatini qulga kiritish mumkin.

www.b-ok.cc – ilmiy-ommabop, fanning turli sohalaridan qiziqarli tilda hikoya qiluvchi adabiyotlar ishtiyoqmandlari kundan-kunga ortib bormoqda, siz ham shular qatorida bulsangiz, ushbu manzilda ilmning turli tarmoqlariga bagishlangan kitoblarni topa olasiz.

Shuningdek, uzbek tilida ham elektron kitob bazalari mavjud.

www.kitob.uz va www.ziyouz.com manzillarida jahon va uzbek adabiyotiga oid kitoblarni uzbek tilida mutolaa qilishingiz mumkin.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

vkxxL0w4nRaiCGKB_MD-CEDnn8LS_TtE

AQShda koronavirusdan davolanish necha pulga tushishi malum qilindi

Sunggi malumotlarga kura, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 278 mingdan oshib ketgan bulib, ularning soni Nyu-York …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари