Home / Sport / «Kamtarona mehnatimizni yuksak baholaganlarga rahmat». Odil Ahmedov Khitoydagi faoliyati, unvon olgani va Mustaqillik bayrami haqida
Место рекламы

«Kamtarona mehnatimizni yuksak baholaganlarga rahmat». Odil Ahmedov Khitoydagi faoliyati, unvon olgani va Mustaqillik bayrami haqida

Uzbekiston milliy jamoasi hamda Khitoyning «Shankhay SIPG» klubi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov Mustaqillik bayrami arafasida Uzbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan «Uzbekiston Respublikasida khizmat kursatgan sportchi» fakhriy unvoni bilan taqdirlandi. Quvonchli khabardan keyin milliy jamoamiz sardori Tribuna.uz mukhbiri bilan suhbatlashdi.

– Odil, avvalambor prezidentimiz tomonidan berilgan unvon bilan muborakbod etamiz. Khushkhabarni kimdan eshitdingiz?
– Tabrik uchun katta rahmat. Albatta, bundan khabar topib, boshim osmonga etdi. Hammamiz juda ham khursand buldik. Kamtarona mehnatimizni yuksak baholaganlardan minnatdorman. Prezidentimiz etiboriga tushganimdan juda ham quvondim. Menimcha, bu har bir insonning orzularidan biri deb uylayman. Men bilan birga ishlagan futbolga aloqador barcha insonlarga ham minnatdorchilik bildirib qolaman. Uzbekiston bilan uch soatlik vaqt tafovuti borligi sababli khushkhabarni ertalab uygonib, uqidim. Kayfiyatim kutarildi. Bu mukofot olga intilishda davom etishim uchun katta kuch beradi. Uzbek futboli rivoji uchun qulimdan kelgancha harakat qilib, uz hissamni qushaman.

– Khitoyda ham chempionat markazlashgan holda utmoqda. Klubingiz ishtirokiga qanday baho berasiz? Chempionlik imkoniyati qay darajada?
– Hozirgi pandemiya vaziyati sababli Khitoyda ham Superliga uyinlari markazlashgan holda utayapti. Uyinlar uyda yoki safarda emas, boshqa shahardagi neytral maydonda utayotgani bois jamoalar urtasidagi farq katta emas, yaqqol ustunlik ham yuq. Mavsumning bir qator uyinlarini utkazdik, yarmi qoldi. Oldimizdagi vazifa chempionlik bulsa-da, yana bir nechta klublar ham faqat 1-urinni kuzlashmoqda. Bu mavsum kuchli klublar kupaygani uchun oson bulmaydi. Shunga qaramay, qulimizdan kelgancha harakat qilamiz. Bizda chempionlik ruhi va kuchli tarkib bor. Shunday ekan sovrin uchun okhirigacha kurashamiz.

– Mustaqillik bayramida uzbekistonlik futbol mukhlislariga qanday tilaklar bildirasiz?
– Mustaqilligimizning 29 yillik bayrami bilan barcha hamyurtlarimizni chin dildan qutlab, Allohdan yurtimizdagi tinchlikni abadiy qilishini, khalqimizni turli balo-ofatlar, kasalliklardan uz panohida asrashini surab qolaman. Bayram oldidan berilgan yutuq faqat meniki emas, futbol mukhlislariniki, ota-onam, murabbiylarniki. Fursatdan foydalanib, Mustaqillik bayrami bilan vatandoshlarimni chin dildan tabriklab qolaman.

Jamoliddin Bobojonov suhbatlashdi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

2b39lprmMCfku_rFn-1lEAI3bwp5EZUg

«Inter» Vidal transferini elon qildi

«Barselona»ning chililik yarimhimoyachisi Arturo Vidal Italiya A Seriyasiga qaytdi. Milanning «Inter» klubi 33 yoshli futbolchi …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари