Home / Siyosat / Qamoqkhonalardagi tibbiyot bulimlari nima uchun SSV tasarrufiga berilmasligi malum qilindi
Место рекламы

Qamoqkhonalardagi tibbiyot bulimlari nima uchun SSV tasarrufiga berilmasligi malum qilindi

Bosh prokuraturada bulib utgan brifingda qamoqkhonalar va manzil koloniyalaridagi tibbiyot bulimlari jazoni ijro etish muassasalariga buysunishi, bu esa mahkumlar qiynoqqa solinganda yoki ularga nisbatan gayriinsoniy tazyiqlar qullanganda, malumotlarni yashirish imkoni mavjudligi jurnalistlar tomonidan suroq ostiga olindi.

IIV boshqarma boshligi Jamshid Sultonov ushbu muassasalardagi tibbiyot bulimlari nima uchun SSV tasarrufiga berilmasligi malum qildi.

“Mahkumlarga tibbiy yordam faqat tazyiq utkazilganda kursatilmaydi. Jazoni ijro etish muassasalaridagi tibbiyot bulimlari nega hududiy tibbiyot boshqarmalariga berilmaydi degan savolingizdan kelib chiqmoqchi edim. Birinchidan, jazoni ijro etish muassasasining uzi alohida quriqlanadigan obekt hisoblanadi. Ikkinchisi, jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar tunu kun usha erda buladi. Kechasi yoki zarur holatda tizimning mutakhassisi chaqirilgunicha vaqt yuqotilishi mumkin. Shuning uchun mahkumlarga ertayu kech yordam kursatiladi.


Jamshid Sultonov

Tazyiq utkazilgan holatlar buyicha tukhtaladigan bulsak, mahkumlarga tan jarohati etkazilganligi holatlari buyicha zudlik bilan prokuratura organlariga khabar beriladi. Prokuratura organlari tomonidan tezkor tekshiruv guruhlari jalb qilinadi. Jazoni ijro tizimi khodimlariga aloqasi bulmagan khodimlar tomonidan mahkum ekspertizadan utkaziladi. Sogligining holati buyicha ekspertidan utkaziladi. Tan jarohatlari bulsa, ular ekspertizadan utkaziladi. Khulosalar tayyorlanib, prokuratura organlariga topshiriladi.

Kelgusida tergov va boshqa tergov-prosessual harakatlar prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi. Mahkumlar tomonidan misol uchun aytadigan bulsak, bir yil davomida 100 ming holatda tibbiyot yordami kursatilsa, bitta-ikkita holatda tazyiq bilan bogliq bulsa, unda prokuratura organlariga berilgan khabar buyicha tezkor guruhlar jalb qilinadi”, deya Jamshid Sultonovning suzlarini keltirmoqda Kun.uz mukhbiri.

IIV Probasiya khizmati boshqarma boshligi urinbosari Ikrom Fozilovning qushimcha qilishicha, yangi tahrirdagi jinoyat ijroiya kodeks loyihasida jazoni ijro etish muassasalar faoliyati ustidan 8ta nazorat turi belgilanayotgani, ularning orasida tibbiy nazorat ham borligini takidladi.


Ikrom Fozilov

“Khalqaro amaliyotdan kelib chiqib, biz kodeks loyihasiga tibbiy nazorat va sanitariya-epidemiologik nazorat turlarini kiritilmoqda. Tibbiy nazorat deyilganida ichki ishlar organlari bilan bogliq bulmagan sogliqni saqlash organlari bevosita kirib, mahkumlarning tibbiy-sanitariya, sogliqni saqlash huquqlari qanday taminlanayotgani, qanday muammolar yuzaga kelayotganini nazorat qilish imkoniyati berilyapti. Bu masalada yangicha yondashib, inson, mahkum huquqlarini maksimal darajada himoya qiladigan mekhanizmlarni kodeksda aks ettirganmiz. Bu yaqinda jamoatchilik muhokamasiga quyiladi”, deydi Ikrom Fozilov.

2019–2020-yillarda DKhKh tergov izolyatorlari va boshqa muassasalarida monitoring utkazilmagan – Oliy Majlisning inson huquqlari buyicha vakili

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

O1972Qf8_xtGLnfJd4Ym1pMSXaUfX8st

Samarqand shahrida karantin vaqtida ham tungi klublar ishlayotgani malum buldi

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida joriy qilingan karantinga qaramay, Samarqand shahridagi tungi klublar uz faoliyatini …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари