Home / Siyosat / Qaysi sohalarda millionerga aylanish oson ekanligi malum buldi
Место рекламы

Qaysi sohalarda millionerga aylanish oson ekanligi malum buldi

Malumot berilishicha, boyligi 5 mln dollardan ortiq bulgan tadbirkorlarning aksariyati (30 foizga yaqini) uz mablaglarini bank yoki moliya sohasida qulga kiritgan.

Foto: iStock

Wealth-X tadqiqot kompaniyasi dunyo buyicha boyligi 5 mln dollardan ortiq bulgan minglab insonlar tugrisidagi malumotlarni tahlil qilib chiqdi va badavlat insonlar boylikka eng kup erishgan 10ta sohani aniqladi.  Bu haqda Business Insider nashri khabar bermoqda.

10. Egulik va ichimliklar 

Qayd etilishicha, tadbirkorlarning 3,8 foizi ushbu sohada 5 mln dollardan kuproq pul ishlagan.

9. Qurilish va tekhnika ishlab chiqarish

Bu sohada boylikka erishganlar 3,9 foizni tashkil qiladi.

Ular orasida qopchiqsiz changyutkich ikhtiro qilgan va maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi Dyson kompaniyasiga asos solgan Jeyms Dayson ham bor. Uning sof kapitali 6,1 mlrd dollar deb baholanmoqda..

8. Mehmonkhona va kungilochar biznes 

Bu yunalishdagi badavlat insonlar ulushi 4,1 foizga teng.

Sobiq kucha artisti Gi Laliberte uning Monrealdagi sirk truppasi Cirque du Soleil nomi bilan mashhur saltanatga aylangach, 1,2 mlrd dollarga ega bulgan.

7. Ishlab chiqarish

Tadqiqotda aytilishicha, eng boy insonlarning 4,1 foizi uz boyligiga ushbu soha orqali erishgan.

ABC Supply (tom yopish materiallari va oynalar ishlab chiqarish) kompaniyasi egasi Diana Khendriks 8,9 mlrd dollar boyligi bilan mana shu ruykhatdan joy oldi.

6. Tekhnologiyalar

Bill Geyts va Mark Sukerberg ushbu sohada boylikka erishgan 4,7 foiz tadbirkor orasidagi eng taniqli milliarderlar hisoblanadi.

5. Sogliqni saqlash

Boyligi 5 mln dollardan ortiq bulgan insonlarning 5 foizga yaqini mana shu soha orqali pul topgan.

4. Kuchmas mulk

Badavlat insonlarning 5,4 foizi boyliklarini kuchmas mulk orqali topgan. Masalan, Amerikaning eng boy developeri 7,6 mlrd dollar sof kapitalga ega Stiven Ross hisoblanadi.

3. Notijorat va jamoat tashkilotlari

Millionerlarning 7 foizdan ortigi notijorat tashkilotlarida band. Shu bilan birga, ularning kupchiligi, masalan, Bill va Melinda Geyts uz boyliklarini dastlab boshqa sohada qulga kiritgan.

2. Istemol khizmatlari 

Boylarning 16 foizi istemol khizmatlari orqali boyigan.

1. Bank va moliya

Malumot berilishicha, boyligi 5 mln dollardan ortiq bulgan tadbirkorlarning aksariyati (30 foizga yaqini) uz mablaglarini bank yoki moliya sohasida qulga kiritgan. Ular orasida JPMorgan Chase bosh direktori Jeyms Daymon bor.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

O1972Qf8_xtGLnfJd4Ym1pMSXaUfX8st

Samarqand shahrida karantin vaqtida ham tungi klublar ishlayotgani malum buldi

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida joriy qilingan karantinga qaramay, Samarqand shahridagi tungi klublar uz faoliyatini …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари