Home / Madaniyat / Qabr savoli

Qabr savoli

kabr-savoliVafot etgan odamning qabrda farishtalar tomonidan suroqqa tutilishiga jazm ila etiqod qilish har bir musulmon uchun vojibdir. Bunga dalillar juda ham kup.

Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam qachon mayyitning dafnidan forig bulsalar, uning (qabri) ustida turib: «Birodaringiz uchun istigfor ayting. Unga sabot surang. Chunki hozir u suraladi», der edilar».

Abu Dovud va al-Bazzor rivoyat qilgan. Al-Hokim, sahih, degan.

Demak, ulganning qabrda savolga tutilishi haq ekan va tirik musulmonlar ulganlari haqiga duo qilishlari kerak ekan. Yangi kumilgan odamga suroq-savol vaqtida sabot surab, duo qilmoq lozim ekan.

Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Qachon mumin qabrida utqazilsa, unga kelinadi. Sungra ashhadu allaa ilaha illallohu va anna Muhammadan Rasulullohi, deb shahodat keltiradi. Ana usha, Allohning: «Alloh iymon keltirganlarni hayoti dunyoda va okhiratda subutli suz ila sobit qiladi», deganidir», – dedilar».

Bu hadisdagi «Qachon mumin qabrida utqazilsa», deyilgani uning dafni va ustiga tuproq tortilganidan keyin buladi. Uni qabrida utqazib, suroq-savol qilish boshlanadi.

«Unga kelinadi», yani uning oldiga suroq-savol qilgani kelinadi. Bu ishni bajargani ikkita qoramtir kuk rangdagi farishta keladi. Ularning ismlari Munkar va Nakiyr buladi. Ularning yaratilishi farishtaga ham, odamga ham ukhshamaydi.

Mumin-musulmon kishining iymoni va amali solihi tufayli uni ikki farishta suroqqa tutganda Alloh taolo unga yordam berib, subutli suz bilan sobit qiladi. U kalimai shahodatni aytishga muyassar buladi. Bu haqda Alloh taolo Quroni Karimda ham khabar bergan ekan. Alloh taolo hammamizni ana shundoq sabotli kalima egasi bulgan bandalaridan qilsin.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, banda qachon qabriga quyilsa-yu, undan sohiblari qaytib ketsa, u ularning kovushlari taqillaganini eshitib turganida oldiga ikki farishta kelib, uni utqazishadi va: «Bu odam – Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqida – nima der eding?» – deyishadi.

Mumin bulsa: «Shahodat beramanki, U Allohning bandasi va Rasulidir», – deydi.

«Duzakhdagi urningga nazar sol, batahqiq, Alloh senga uni jannatdagi uringa almashtirib berdi», – deyiladi unga. U ikkovini ham kuradi. Ammo kofir yoki munofiqqa esa: «Bu odam haqida nima der eding?»–deyiladi.

«Bilmadim, odamlar aytadigan narsani aytar edim», – deydi.

Bas Unga: «Bilmading ham, (bilganlarga) ergashmading ham» – deyiladi va temirdan bulgan gurzi bilan bir uriladiki, unda shundoq ham qichqiradiki, insu jindan boshqa hamma eshitadi», – dedilar».

Beshovlari rivoyat qilgan.

Ushbu hadisda Ahli sunna val jamoa aqidasi buyicha Quron va Sunnat bilan sobit bulgan aqidaviy masala, qabr savoli va azobi haq ekani va uning qay yusinda bulishi haqida suz bormoqda.

Bu hadisni diqqat bilan urganishimiz va undagi har bir masalani aqida manosida singdirib olishimiz va har lahzada undagi holatni eslab turishimiz kerak.

Khuddi ushbu biz urganayotgan hadisi sharifda aynan qabrda nimalar kechishi haqida suz bormoqda.

Keling, bir-bir urganib chiqaylik:

  1. Qabrdagi yangi kumilgan kishi uzini kumib ketayotgan kishilarning oyoq tovushlarini eshitishi. Bu haqiqat hozirgi zamon ilmi orqali ham tasdiqlanadi.
  2. Qabrning savoli kumib qaytayotgan kishilar qabrdan uzoqlashmay turiboq boshlanishi.
  3. Qabr savoli ikki farishta tomonidan olib borilishi.
  4. Qabrdagi kishini utqazib olib, suroq qilinishi.
  5. Beriladigan savollardan biri Paygambar Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam haqida bulishi.
  6. Bu dunyoda mumin-musulmon bulib, iymoni va amali joyida bulgan kishi qabr savoli vaqtida hushyor bulib, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam haqlaridagi savolga dadil va aniq javob berishi.
  7. Mumin-musulmon kishining dadil va aniq javobidan keyin haligi ikki farishta unga agar mumin-musulmon bulmaganida duzakhdagi joyi qaysi bulishini kursatishi. Sungra mumin-musulmonligi tufayli unga jannatdan beriladigan joyni kursatishlari. Alloh barchamizni ana ushandoq bakhtli kishilardan qilsin.
  8. Kofir va munofiqlardan ham Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam haqlarida suroq qilinishi. U dunyoda bu odam haqida nima der eding?– deb suralishi.
  9. Kofir, bilmasam, deb javob berishi. Tilida, musulmonman, deb yurgan odam esa odamlar nima desa, ushani aytar edim, deyishi. Demak, Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqida odamlar nima desa, ushani aytib yurish kifoya qilmas ekan. Kishining qalbida u Zot sollallohu alayhi vasallam haqlarida mustahkam etiqod bulishi, Zoti shariflarini aniq bilishi kerak ekan.
  10. Kofir va munofiqqa savolga javob bera olmaganidan keyin, qattiq suz aytilib, boshiga temir gurzi bilan urib azob berish boshlanishi. Azobi qabr, degani shu buladi. Qabr azobining bayonotlari kelgusi hadislarda ham keladi.
  11. Qabrida temir gurzidan kaltak egan kofir va munofiqning dod-voyini odamlar va jinlardan boshqa hamma mavjudot eshitishi.

Ushbu narsalarga tuliq iymon keltirish va hayotda hali imkon borida qabrga kirganda yakhshi holda bulishga loyiq ishlarni qilishga utish kerak.

Asmaa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam Allohga hamdu sano aytganlaridan sung: «Albatta, men uzimga kursatilmagan har bir narsani ushbu makonimda kurdim. Hatto, jannat va duzakhni ham. Menga sizlar, albatta, qabrlaringizda Masiyhi Dajjolning fitnasichalik yoki shunga yaqin fitnaga uchrashlaring vahiy qilindi.

«Bu odam haqida qandoq ilming bor?» – deyiladi.

Mumin yoki aniq ishongan odam: «U Allohning Rasuli Muhammaddir. Bizga ochiq-oydin bayonotlar va hidoyat ila keldi. Biz uning (chaqirigiga) javob berdik va unga ergashdik. U Muhammaddir», – deb uch marta aytadi.

Shunda unga:«Solih holingda ukhlayver. Biz sening unga qattiq ishonishingni bilar edik», – deyiladi.

Ammo munofiq yoki shubhali kishi esa: «Bilmayman. Odamlar bir narsa deganini eshituvdim. Ushani aytganman», deydi», – dedilar.

Ikki shaykh va Nasaiy rivoyat qilgan.

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisda kelgan gaplarini Kusuf namozidan keyin qilgan khutbalarida aytganlar.

Kusuf namoziga oid hadisi shariflarni urganganimizda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamga usha namozni bir uqishlarida kup narsalar kashf qilinganligi va ulardan bazi namunalar ham aytib utilgan edi.

Bu hadisi sharifda esa usha kashf qilingan narsalardan qabr savoliga tegishli bulagi keltirilmoqda.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

  1. Qabrning fitnasi Dajjolning fitnasi yoki unga yaqin bir fitna ekanligi. Bundan unga zinhor etiborsizlik bilan qarab bulmasligi kelib chiqadi.
  2. Mumin, aniq ishongan odamning: «U Allohning Rasuli Muhammaddir. Bizga ochiq-oydin bayonotlar va hidoyat ila keldi. Biz uning chaqirigiga javob berdik va unga ergashdik», deb javob berishi ham etiborga loyiq holatdir.

Demak, ogizda, Muhammad Allohning Rasuli, degan bilan kifoyalanib bulmas ekan. U kishi Alloh tomonidan nimalar keltirganini yakhshi bilish ham kerak ekan. U kishi chaqirgan narsaga, labbay deb javob berish va u Zot sollallohu alayhi vasallamga ergashish ham kerak ekan. Bu esa Islom diniga tuliq etiqod va amal qilish bilan buladi.

  1. Farishtalarning mumin odamga uning dadil va ishonchli javobidan keyin solih holingda ukhlayver. Biz sening unga qattiq ishonishingni bilar edik, deyishlaridan ikkita khulosa chiqadi:

Birinchisi: Qabr savolidan keyin mayyit qiyomat qoim bulguncha ukhlab turadi.

Ikkinchisi: Qabrdagi suroq bir narsani bilish uchun emas, bilib bulingan narsani bandaning uziga iqror qildirish uchun buladi.

  1. Munofiq, dinga ishonchi sobit va mustahkam bulmagan odamning qabr surogiga: «Bilmayman. Odamlar bir narsa deganini eshituvdim. Ushani aytganman», deb javob berishida, hayotda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam va Islom haqidagi odamlardan eshitgan gapini tilidagina aytib uzini musulmon sanab yurganlarning hammasi munofiq va shubha egasi ekanliklari anglashiladi. Alloh shularga ukhshashdan Uzi saqlasin.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Qachon biringiz ulsa, ertayu kech unga urni kursatib turiladi. Agar ahli jannatdan bulsa, ahli jannatdan. Agar ahli duzakhdan bulsa, ahli duzakhdan. Va unga: «Alloh, seni qiyomat kuni qayta tiriltirguncha manavi sening urning buladi, deyiladi», – dedilar.

Bukhoriy, Muslim va boshqalar rivoyat qilgan.

Qabrda yotib, ertayu kech bu gaplarni eshitish mumin-musulmon banda uchun koni rohat bulib, munofiq va osiy banda uchun esa qabr azobining bir qismi buladi.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam ikki qabr yonidan utdilar va: «Albatta, ikkovlari azoblanmoqdalar. Katta narsa uchun azoblanayotganlari yuq. Ha! Ulardan biri chaqimchilik qilib yurar edi. Boshqasi bulsa, siydigidan poklanmas edi», – dedilar».

Boshqa bir rivoyatda:

«Siydigidan tusinmas edi», – dedilar. Sungra bir hul shokhni olib, ikkiga bulib har birini bittadan qabrga sanchib quydilar-da: «Shoyadki, ikkovi quriguncha, u ikkisidan (azob) engillatib turilsa», – dedilar».

Bukhoriy, Muslim va boshqalar rivoyat qilgan.

Qabr azobi sobit narsa ekan. Endi usha ikki shakhsning nima sababdan qabr azobiga duchor bulganlarini bir mulohaza qilib kuraylik. Mazkur ikki kichik narsaga shunchalik qabr azobi bulsa, katta gunohlarga qanchalik qabr azobi bular ekan?!

Ikki shaykh va Nasaiy rivoyat qilgan hadisda:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam duoda «Ey, bor Khudoyo! Sening ila qabr azobidan, duzakh azobidan, tiriklik va uliklik fitnasidan va Masiyhi Dajjolning fitnasidan panoh surayman», der edilar», deyilgan.

Demak, ushbu hadisi sharifda zikri kelgan narsalar, jumladan, qabr azobi ham bor va sobit narsa. Biz ham Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamga iqtido qilib ushbu narsalardan, jumladan, qabr azobidan panoh surab turishimiz kerak.

Usmon roziyallohu anhuning mavlosi Honidan rivoyat qilindi:

«Usmon qachon qabr ustiga kelsa, yiglar, hatto soqollari hul bulib ketardi.

Bas, unga: «Jannat va duzakhni zikr qilyapsanmi? Yiglama. Shunga yiglaysanmi?» – deyildi.

Shunda u: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, albatta, qabr okhiratning manzillaridan avvalgisidir. Undan najot topsa, undan keyingilari undan osondir. Agar undan najot topmasa, undan keyingisi, undan kura shiddatlidir», deganlar.

Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qancha dahshatli manzara kurgan bulsam, qabr hammasidan kura dahshatliroqdir», deganlar»,  dedi.

Termiziy rivoyat qilgan.

Ha, qabr eng qurqinchli, eng dahshatli joy ekan. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam kup shiddatli joylarni, jumladan, duzakhni ham kurganlar. Ammo u Zot sollallohu alayhi vasallamning khabar berishlaricha, hech bir joy qabrchalik qurqinchli va dahshatli emas ekan.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари