Home / Jamiyat / QKhV: Noyabr oyi okhirigacha 4 khil mahsulotning qariyb 800 ming tonnalik zakhirasi yaratiladi
Место рекламы

QKhV: Noyabr oyi okhirigacha 4 khil mahsulotning qariyb 800 ming tonnalik zakhirasi yaratiladi

Uzbekistonda bu yilgi qish-bahor mavsumi uchun jami 800 ming tonnaga yaqin kartoshka, piyoz, sabzi va guruch jamgarish rejalashtirilgan. Shundan ayni paytgacha 145 ming tonna mahsulot gamlab quyilgan, deb malum qildi Qishloq khujaligi vazirligi.

Yaqinlashib kelayotgan qish-bahor mavsumi uchun Uzbekistonda 400 ming tonna kartoshka, 180 ming tonna piyoz, 130 ming tonna sabzi va 85 ming tonna guruch jamgarish rejalashtirilgan.

26 oktyabr holatiga, mazkur mahsulotlardan 145,3 ming tonnasi zakhiraga jamgarilgan. 55 ming tonna kartoshka, 56,4 ming tonna piyoz, 14,6 ming tonna sabzi, 19,3 ming tonna guruch shular jumlasidan.

«Zakhira rejasi noyabr oyi okhirigacha tuliq bajarilishi kuzda tutilgan», – dedi Qishloq khujaligi vazirligi matbuot kotibi Nigora Khujaeva 27 oktyabr kuni AOKAdagi brifingda.

Malum qilinishicha, kam taminlangan aholini qish-bahor mavsumida bepul oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlash uchun hududiy tayyorlovchi korkhona va tashkilotlar tomonidan 63,9 ming tonna qishloq khujaligi mahsulotlari zakhiraga olinadi.

Mamlakatdagi barcha toifa khujaliklarda utgan 9 oy davomida 1 mln 259 ming gektar erdan jami 22,7 mln tonna meva-sabzavot hosili olingan. Khususan, 1 mln 78 ming gektar sugoriladigan va 181 ming gektar lalmi maydonda jami 6 mln 408 ming tonna don, 2,5 mln tonna gusht, 11,2 mln tonna sut mahsulotlari etishtirilgan.

Tarmoqni rivojlantirish maqsadida «Qishloq khujaligida er va suv resurslaridan samarali foydalanish, meva-sabzavotchilik tarmogini yanada rivojlantirish, ilgor tekhnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat sanoati hamda zamonaviy agrosanoat klasterlari va kooperasiyalarini rivojlantirish chora-tadbirlari tugrisida»gi prezident qarori loyihasi tayyorlangan.

Takidlanishicha, ushbu qaror loyihasi bilan 2021-2025 yillarda sohani rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

wEgw2YQl0RjuLKd6X_mrB7RYJR3P7sCI

Respublika ikhtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga direktor tayinlandi

Uzbekiston Respublikasi sogliqni saqlash vazirining tegishli buyrugi bilan Nabijon Pirimovich Yuldoshev Respublika ikhtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари