Home / Jamiyat / Jismoniy va yuridik shakhslar murojaatlarini kurib chiqishning yangicha tartibi urnatiladi
Место рекламы

Jismoniy va yuridik shakhslar murojaatlarini kurib chiqishning yangicha tartibi urnatiladi

Uzbekistonda jismoniy va yuridik shakhslar murojaatlarini kurib chiqishning yangicha tartibi urnatiladi. Prezidentning tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Hujjatga kura, jismoniy va yuridik shakhslarning davlat organlari yoki mansabdor shakhslarning gayriqonuniy khatti-harakatlari (qarorlari) natijasida uz huquqlari yoki erkinliklari buzilganligi haqidagi murojaatlari vertikal buylab davlat organining barcha buginlarida kurib chiqilgandan sung, 2020 yil 1 yanvardan boshlab tashkil etiladigan Nizolarni sudgacha hal qilish apellyasiya kengashlari tomonidan kurib chiqilishi tartibi urnatiladi.

wezo1mxul80gc1wbjlzbb_fyllhgec2n

Qaror loyihasida aytilishicha, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulkhonasi, joylarda esa Khalq qabulkhonalari tashkil etildi, hududlarni sektorlarga bulib ishni tashkil etish tizimining joriy etilganligi khalq bilan manzilli muloqotning yulga quyilishiga imkon yaratdi.

Shu bilan birga, ushbu sohada islohotlarning hozirgi bosqichi, davlat organlarida nizolarni sudgacha kurib chiqishning yagona tizimi mavjud emasligini, hakamlik sudlari hamda mediasiya hanuzgacha fuqarolar hamda tadbirkorlarning ishonchiga sazovor bulgan nizolarni hal etuvchi muqobil institutlarga aylana olmayotganligini kursatmoqda.

Jumladan:

birinchidan, davlat organlari faoliyatida murojaatlar bilan bogliq ishni tashkil etishda rasmiyatchilik, byurokratizm va sansalorlik holatlari saqlanib qolayotganligi sudlarda ish hajmining suniy ravishda ortib ketishiga sabab bulmoqda;

ikkinchidan, davlat organlari tizimida nizolarni sudgacha hal qilish buyicha murojaatlarni kurib chiqadigan, sohaga oid qonunlar qullashning nizoli masalalari buyicha khulosalar beradigan hamda qonunlarda aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish choralarini kuradigan kollegial organ mavjud emas;

uchinchidan, mediasiya mekhanizmlarini qullash, nizolarni mediatorlar va hakamlik sudlari orqali hal etish afzalliklari haqida jamoatchilikning khabardorlik darajasi pastligicha qolmoqda;

turtinchidan, hakamlik sudyasi lavozimiga nomzodlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarasiz tizimi, oliy talim muassasalarida mediasiya buyicha uquv kurslarining mavjud emasligi ularda zarur amaliy kunikmalar shakllanishiga yul quymayapti;

beshinchidan, tadbirkorlik subektlari tomonidan nizolarni hal etadigan hakamlik sudlarini tashkil etish imkoniyati mavjudligi, hakamlik sudining qarorini ijro etish buyicha ijro varaqasini olishning murakkab jarayoni ushbu sudlar tomonidan obektiv qarorlar qabul qilinishiga, shuningdek ularning tezkor ijro etilishiga salbiy tasir kursatmoqda;

oltinchidan, oilani mustahkamlash, nizoli holatlar va ajrashishlarning oldini olish sohasida mediasiya institutining imkoniyatlaridan etarli foydalanilmayapti.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

2C654058-2721-4100-BD85-432BF9CEB3C1_cx9_cy6_cw91_w1023_r1_s

Competitive analytics in the market of goods and services

Competitive analysis is a system monitoring of the market, aimed at identifying real demand and …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари