Home / Jahon / Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilishi kerak bulgan 10ta tavsiya
Место рекламы

Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilishi kerak bulgan 10ta tavsiya

Kun.uz’ning Janubiy Koreyadagi mukhbiri Eldor Vohidov «Koreya kundaligi» ruknidagi navbatdagi maqolasida bu mamlakatga uqish yo ishlash uchun kelayotgan vatandoshlar bilishi tavsiya etiladigan unta muhim malumotni sanab utadi.

1.  Hech qachon uz nomingizdan boshqalarga tekhnik qurilmalar olishga rukhsat bermang!

Koreyada uyali aloqa vositalarini hech qanday boshlangich tulovsiz sotib olish mumkin. Pulini oyma-oy tulab turish sharti bilan, cheklovsiz internetga ulanish imkonini beruvchi zamonaviy smartfonlarni osongina qulga kiritsa buladi. Bunday uslubda smartfon sotib olishni qisqagina qilib «Line phone» deb atashadi.

Ushbu tartib mamlakatga endigina kirib kelgan har qanday sodda insonni uziga tortishi tabiiy. Aslida buning salbiy jihati yuq, muammo yuzaga kelishiga sabab esa rasmiylashtirish jarayonidagi tovlamachilik yoki ishonchni suistemol qilish holatlarida kuzatiladi.

Shu mavzuda gap ketganda yuragim ortga tortaveradi. Bir emas, ikki bor chuv tushdim. Koreyaga kelgach, bazi ish-yumushlar sabab notanish kishilar bilan yaqin aloqalar shakllanib qolar ekan. Khuddi shunday, men juda ishonchli deb bilgan insonga 6 oylik shartnoma asosida yangi rusumdagi mobil telefonni mening nomimdan olishiga rozilik bergandim. Oylik tulovlarni muntazam bajarish u kishining buynida edi. Yaqinda bu voqeaga bir yil buladi, men esa telefon qarzini uz, deya ortidan quvib yuribman.

Khulosa shuki, har qanday vaziyatda ham uz nomingizdan boshqa birovga avtomashina, mobil telefon yoki boshqa qurilmalar olishga rukhsat berish – katta khato.

Mamlakatda noqonuniy yashayotgan insonlar: «Moddiy masalalarni uzim qoplayman, shunchaki, mashina yoki mobil telefonni sening nomingga rasmiylashtiraylik» kabi takliflar bilan chiqib qolishlari mumkin. Rukhsat berishdan oldin, yuqoridagi holatlarni inobatga oling. Ogohlik zarar qilmaydi.

Gadjetlar bilan bogliq yana bir dolzarb masalalardan biri – «Line phone» telefonlarini sotish jarayoni bulib, bunda savdo menejerlarining yolgon gapirishi yoki muhim malumotni atayin berkitish hollari kharidorga qimmatga tushadi.

«Bir oydan keyin uzdirib tashlasangiz buladi, bepul Wi-Fi urnatib beramiz, sovgaga yana bitta smartfon» – eng kup ishlatiladigan yolgonlar shular. Achinarlisi, bu ishlarni har doim ham begonalar emas, bazan uzimiznikilar ham qilayotgani. Shunday ekan, unutmang, shoshib qaror qabul qilish zararingizga ishlashi mumkin.

2.  Raqamli Koreyani his eting, khizmatlardan zamonaviy uslubda foydalaning

Janubiy Koreya – shubhasiz, dunyoning eng innovasion davlatlaridan biri. Bu erda «qogoz-ruchka» yo jamoat transporti uchun chipta kutarib yurish yarashmaydi. Imkoniyat bor ekan, innovasiyalarni chinakamiga his etish kerak. Ammo biz olamshumul qulayliklarlar haqida emas, kundalik turmushda doim asqotadigan jihatlarga etibor qaratamiz.

Shaharlararo jamoat transporti yakhshi yulga quyilgan. Poezd yoki avtobusdan foydalanishda kassaga borib bilet olish shart emas. Mobil telefonga makhsus ilovani urnatgan holda uz rejangizga kura oldindan kharid qilishingiz mumkin.

«KorailTalk» poezd uchun, «고속버스 티머니» avtobus uchun qul keladi. Shahar ichkarisidagi jamoat transporti tuliq elektron tizimga utkazilgan. Bu haqda «Koreya kundaligi» ruknidagi avvalgi maqolalarda batafsil tukhtalgan edik.

Internet bank – kredit kartalardan foydalanish hali tuliq urfdan qolmagan bulsa-da, kupchilik onlayn tulov tizimini maqul kurmoqda. Mobil ilovalar orqali tulovlarni oson va tez amalga oshirish mumkin. Utkazmalar KakaoPay, NaverPay yoki har bir bankning uz ilovasi orqali bajariladi.

Koreyani onlayn savdosiz tasavvur qilish mushkul. «Coupang» – koreyslarning «Amazon»i. Bu ilova haqida ortiqcha tukhtalishga hojat yuq. Takidlab utmoqchi bulganimiz shuki, aksariyat yangi foydalanuvchilar sotib olingan mahsulot kungildagidek chiqmasligi ehtimoli borligi uchun ham bu khizmatdan foydalanmasligini aytishadi. Qolaversa, aksar onlayn dukonlar uz faoliyatini faqat koreys tilida olib boradi.

Koreys tilini bilmaslik yoki tajribasizlik oqibatida kungildagidek mahsulot sotib ololmagan yurtdoshlar diqqatiga: Har bir onlayn savdo turida mahsulotni muqobil boshqa turiga almashtirish yoki kichik jarima evaziga butunlay qaytarib yuborish khizmati mavjud.

Shakhsiy tajribamda ham bu hol kuzatildi. Saytdagi tovar sharhiga etarlicha tushunmay, arzonligiga qiziqib olganim – «Airpods» quloqchinlari aslida faqatgina chap quloq uchun muljallangan, bir dona quloqchin bulib chiqdi. Ustiga ustak quvvatlagichi ham yuq. Uch kun ichida qaytarib yuborish mumkin bulsa-da, eplay olmaganimiz uchun deyarli 90 dollar qulogini ushlab ketdi. Foydaga qolgani esa yakhshigina dars buldi!

Davlat idoralari khizmatidan foydalanishda aholi vaqtini tejash uchun onlayn navbat tizimlari yulga quyilgan. Chet el fuqarolari tez-tez kelib turadigan Immigrasiya idoralari ham shular jumlasidan. Hikorea.go.kr sayti orqali oldindan navbat band qilib quyib, soatlab kutib qolishning oldini olsa buladi.

3. Kuchmas mulk bilan bogliq masalalar

Chet elliklar uchun Koreyada turar joy masalasini hal qilishning asosan 3 khil yuli bor: talabalar yotoqkhonasi, mehmonkhona yoki kvartira. YOtoqkhona va mehmonkhona buyicha kup narsa tushunarli. Biz kvartira ijarasining muhim jihatlariga etibor qaratamiz.

Malum muddat bitta joyda yashash uchun «pudongsan» bilan qonuniy shartnoma tuziladi. Vizangiz turi qanaqaligidan qati nazar, shartnomani qisqaroq muddatga tuzish kerak.

Odatda bunday uylarga kirish uchun oldindan 300-1500 dollar atrofida depozit puli quyiladi. Belgilangan muddat mobaynida shartnoma shartlari buzilmasa, mazkur depozit qaytariladi. Aks holda, qonuniy jihatdan siz talabgor bula olmaysiz.

Rejalaringizga qarab, masalan bir yil shu manzilda istiqomat qilish niyatingiz bulgan taqdirda ham 3 oylik shartnoma tuzish masuliyatni biroz bulsa-da engillatadi. Chunki ikki-uch oy utgach, turli sabablar bilan boshqa shaharga kuchib utish zarurati tugilishi ehtimoli bor.

Yana bir muhim qoida. Koreya Respublikasi qonunlariga kura, bir hududdan boshqa hududga kuchgan payt 14 kundan kechiktirmagan holda shakhsni tasdiqlovchi ID-karta malumotlariga yangi manzilni kiritish talab etiladi. Shu muddatni utkazib yuborib, jarima tulagan yurtdoshlarimiz ham yuq emas.

4. Haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqarish tavsiya etilmaydi

Tan olib aytish kerak, juda kup hamyurtlarimizni haydovchilik huquqini beruvchi hujjatlarsiz avtomobil boshqaruvida kurish mumkin. «Shuncha yildan beri haydab yuribmiz, birov ging demadi» deya fikr bildiradiganlar ham uchrab turadi. Ha rost, YHKh khodimlari yuq, haydovchilar deyarli hech qachon tekshirilmaydi. Lekin kuza kunda emas, kunida sinadi, degan maqol bor. Singanda ham butunlay chilparchin bulib ketishi mumkin.

Haydovchi tajribali bulishi, khato qilmasligi mumkindir balki, lekin boshqa bir haydovchining aybi bilan avtohalokat yuzaga kelgan taqdirda aybdorlik hujjati yuq tomonga burilib ketadi.

Birgina guvohnomaning yuqligi malum muddat (1-3 yil)ga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum qilish yoki 10 ming dollargacha jarima bilan jazolanishi mumkin.

Khudo kursatmasin, mabodo siz boshqarayotgan avtomobil ishtirokida halokat sodir bulsa, uzingizni yuqotmay darhol vaziyatni qulga olish, mashina tuqnashgan nuqtani, narigi mashina ichkarisini, avtoraqamni suratga tushirish tavsiya etiladi.

Bazan shunday hollar ham bulganki, avtohalokatga uchragan ikkinchi tomon mashinada yosh bola bor edi, qurqib ketdi, deya odatdagidan kuproq tovon puli talab qilgan.

5. Ogoh buling: «Ish topib beramiz!»

Mehnat munosabatlari Koreyaga borayotgan hamyurtlarimizning aksariyatiga taalluqli. Ishga ehtiyoj bor ekan, ish topib beradigan ishbilarmonlarning ham ovi baroridan kelaveradi. Ammo shunday kishilar ham borki, insofni bir chetga surib, faqat uz manfaatlarini uylaydi.

Juda kupchilik yurtdoshlarimizning shikoyatiga sabab bulayotgan muammo – begona emas, uzimizning shovvozlar tomonidan bulayotgan tovlamachilik holatlaridir.

Kimdir yuq ishga joylashtirish evaziga haq olib, qochib qolsa, boshqa birov mehnatkashning oyligidan doimiy ravishda malum miqdorni undirib boradi.

Mening tajribamda ham shunga ukhshash holat yuz berdi. Qushni davlat vakillari Koreyaning chekkaroq shaharchasida ochilgan yangi oshkhonaga oshpaz sifatida ishga taklif qilishdi. Darsdan tashqari qulay vaqtda ishlashimga, mumay kunlik maoshga kelishgandik. Pukhta uylamay biznes boshlagani sabab bir oy ichida bankrot buldi, foyda uyoqda tursin, qarz bilan chiqdi. Biz ham ishlagan vaqtimizga kuyib qolaverdik, takhminan $800 ish haqi berilishi kutilgan edi… Tovlamachilik bulmasa-da, mehnatimiz evaziga haq ololmadik.

Bu kabi holatlar asosan talabalar bilan, mehnatning turli shakllarida uchrashi mumkin. Tavsiyamiz esa tushunarli: ehtiyotkor buling, ishga kirishdan oldin surab-surishtiring.

Eslatib utamiz, Koreyadagi mehnat turlari haqida ruknning avvalgi maqolalarida batafsil yoritilgan edi.

Yana beshta muhim tavsiya maqolaning ikkinchi qismida keltirib utiladi.

Eldor Vohidov,
Kun.uz mukhbiri.

Rukndagi turkum maqolalar:

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

80fsdy80d9-1

Kreml qachon barpo qilingan? Kun.uz bilan quriqkhona-muzeyga fotosayohat

Moskovskiy Kreml — Rossiya poytakhti Moskva Kremli shahar markazidagi qala bulib, shaharning eng qadimgi qismida …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари