Home / Madaniyat / Jannat haqida

Jannat haqida

rayJannat va duzakh inson etib boradigan okhirgi manzillardir. Inson ulardan biriga etgandan keyin, unda abadiy qoladi. Ahli sunna val jamoa mazhabi etiqodicha, bu ikki narsa moddiy bulib, ulardagi narsalar ham ruhga, ham jismga oiddir. Ulardagi nematlar va azoblar ham jismga, ham ruhga beriladir. Jannat va duzakh abadiy turadigan narsalardir. Ularga tushgan kishilarning qolishi ham abadiy buladi. Faqat bazi osiy muminlar uz qilmishlariga yarasha jazoni utaganlaridan keyin, duzakhdan jannatga chiqariladilar.

«Aqidatut Tohoviya»da bu haqda: «Jannat va duzakh – ikkilari khalq qilingandirlar. Ular abadiydir, yuq bulmaslar. Bas, Alloh jannat va duzakhni khaloyiqdan oldin khalq qilgandir», deyilgan.

Jannatning makhluqligiga Qurondan dalillar: «U (jannat) taqvodorlar uchun tayyorlangandir» (Oli Imron: 133).

«U (jannat) Allohga va Uning paygambarlariga iymon keltirganlar uchun tayyorlangandir» (Hadid: 21).

«Va jannat taqvodorlarga uzoqda qilinmasdan, yaqin keltirildi» (Qof: 31).

«Batahqiq, Uni boshqa tushishda kurdi. Sidratul muntahaning oldida. Uning oldida jannatul mavo bordir» (Najm: 13-15).

Jannatning khalq qilib bulinganiga sunnatdan dalillar:

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Sungra Jabroil men bilan yurib borib, Sidratul muntahaga etdi. Bas, uni men bilmagan ranglar urab oldi. Sungra jannatga kirdim, qarasam, uning ostonasi luludan, tuprogi esa miskdan ekan», deganlar.

Bukhoriy va Muslimlar Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilganlar.

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Sizdan birontangiz ulgan paytida, unga ertayu kech joyi kursatiladi. Agar ahli jannatdan bulsa, jannatdan, ahli duzakhdan bulsa, duzakhdan. Sungra Alloh qiyomat kuni seni qayta tiriltirguncha joying – shu», deyiladi», deganlar.

Bukhoriy va Muslimlar Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilganlar.

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Baro ibn Ozibning hadislarida jumladan: «Bas, osmondan bir nido qiluvchi «Bandam rost aytdi. Unga jannatdan joy tushab beringlar. Unga jannatdan eshik ochib beringlar!» deb nido qiladi. Ushanda unga jannatning khushbuy hidlaridan keladi», deganlar.

Ahmad va Abu Dovud rivoyat qilganlar.

Shuningdek, jannatning nematlari ham jasad va ham ruh uchun atalgandir. Bazi bir toifalar aytganidek, faqat ruh uchungina emas. Bu haqiqatni anglash uchun Quroni Karimdagi jannatni vasf qiluvchi oyatlardan bir-ikkisini uqishning uzi kifoya qiladi.

Alloh taolo «Goshiya» surasida quyidagilarni aytadi: «Ushal kunda bir chehralar nemat khursandligi bilan tuladir» (8-oyat).

Bu chehralar bu dunyoda iymon-ikhlos bilan va ibodat-taqvo bilan utgan bandalarning chehralaridir. Alloh taolo ularga bu dunyoda qilgan ibodatlari va amali solihlari mukofotiga jannati naiymni berdi. Endi usha jannat nematlari shodligi ularning chehralaridan balqib turibdi.

«Ular uz ishlaridan rozidir» (9-oyat).

Endi okhiratda ular uzlarining hayoti dunyoda qilgan ishlari-sayilaridan: iymonlari, ikhloslari, taqvolari, ibodatlari, amali solihlaridan rozidirlar. Khuddi usha qilgan ishlari Alloh taolo tomonidan mukofotlangani uchun ham ular uz ishlaridan rozidirlar.

«Ular oliy darajali jannatdadir» (10-oyat).

Ular martabasi oliy darajali jannatdadirlar.

Ular makoni oliy darajali jannatdadirlar.

Ular nozu nematlari oliy darajali jannatdadirlar.

Ular quyida zikr qilinadigan oliy vasflarga ega jannatdadirlar.

Ular shundoq jannatdadirlarki…

«Unda bekorchi gaplarni eshitmaslar» (11-oyat).

Ahli jannatlar jannatda sukish, koyish, ozor, yolgon, buhton, botil gaplarni, kungillarini behuzur qiladigan biror ogiz suzni eshitmaydilar. Chunki bir ogiz bekorchi suz ham rohatlariga khalal berishi mumkin. Jannatdagilar faqat yakhshi va yoqimli suzlarni eshitadilar, kholos. Bu tomondan buladigan rohatlari ham oliy darajada. Bekorchi gaplarni, sukish, itob, koyish, tahdidlarni duzakhiylar eshitaversinlar. Ahli jannatning rohat-farogati bu bilan tugamaydi. Ularga jannatda boshqa nematlar ham bor.

Jumladan: «Unda oqib turgan buloqlar bordir (12-oyat).

U buloqlarda turli-tuman uta lazzatbakhsh sharoblar bor. Duzakhiylar uta qaynoq suvni ichib, azoblariga azob qushilib turgan bir paytda, jannatiylar ana usha buloqlardagi anvoyi sharoblardan mazza qilib sipqoradilar. Usha jannat sharobini sipqorish oddiy holatda emas, quyidagi oyatlarda vasf qilinadigan holatda buladi.

«Unda baland-baland surilar bordir.

Va tayyorlab quyilgan qadahlar bordir.

Va saf-saf qilib tizilgan yostiqlar bordir.

Hamma yoqqa tushalgan gilamlar bordir». (13-16-oyatlar)

Ha, ahli jannatlar baland-baland surilarda, hamma yoqqa tushab tashlangan guzal gilamlarda, saf-saf qilib tizilgan yostiqlarga yonboshlab olib, tayyorlab quyilgan qadahlardagi sharoblarni huzur qilib sipqoradilar.

Mazkur narsalar okhirat nematlaridan bir kurinish, insonda tasavvur hosil qilish uchun bu dunyodagi nematlarga ukhshab vasf qilinayapti. Aslida esa okhirat nematlari bu dunyodagi barcha nematlardan navi jihatidan ham, boshqa jihatlaridan ham ustun turadi. Buning ustiga, u doimiy–abadiy nemat, bu dunyoniki esa utkinchi va bebaqodir.

Alloh taolo «Voqea» surasida quyidagilarni aytadi: «Ung taraf egalari. Ung taraf egaligi ne(saodatlilar)dir! Ular tikonsiz sidrzorlardadirlar». (27-28-oyatlar)

Sidr  khushbuy hidli buta bulib, arablar uni hidi uchun yakhshi kurar ekanlar. Ammo tikani juda kup bularkan. Oyati karima tushgan paytida bazi soddaroq kishilar, kishiga ozor beradigan bu tikanli buta jannatda nima qiladi, degan fikrga ham borgan ekanlar.

Salim Ibn Omirdan quyidagi rivoyat keltirilgan.

«Bir kuni sahroi arab kirib keldi-da: «Ey Allohning Rasuli, Alloh taolo odamlarga ozor beradigan darakhtni jannatda zikr qilibdi?!»–dedi.

Paygambarimiz alayhissalom: «Qaysi darakhtni?»–deb surabdilar.

U kishi: «Sidrni, uning ozor etkazadigan tikoni bor-ku?»–debdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo «Fi sidrin makhzud», yani  tikonsiz sidrzorda, degan-ku! Uni tikonsiz qilgan, har bir tikoni urniga meva chiqaradi. U mevadan bir-biriga ukhshamagan etmish ikki khil taom buladi», dedilar».

«Sermeva bananzorlardadirlar.

Va yoyilgan soyalardadirlar.

Oqar suvlardadirlar.

Serob mevalardadirlar.

Tugamaydigan va man qilinmaydigan»(29-33-oyatlar).

Odatda, bizning tilimizda ham kishining biror narsaga serobligi bildirilmoqchi bulsa, «Falonchi falon narsaning ichida», deyiladi. Khuddi shuningdek, ung taraf egalarining holatlari ham, jannat nozu nematlari ichida, degan manoni suz va jumlalar orqali ifoda qilinmoqda. Misol uchun, «sermeva bananzorlardadirlar». Yani bananzor ichida, bananlarga kumilib, deyilmoqchi.

Ung taraf egalari jannatda yana: «Kutarilgan kurpachalardadirlar» (34-oyat).

Kutarilgan tushunchasi manaviy va moddiy kutarilganligi manolariga ega.

Jannat va uning abadiyligiga dalillar:

Alloh taolo «Kahf» surasida quyidagilarni aytadi: «Albatta, iymon keltirgan va yakhshi amallarni qilganlarga Firdavs jannati manzil bulgandir. Unda abadiy qolurlar va undan kuchishni istamaslar» (107-108-oyatlar).

Iymon va amali solih  bandaning Alloh taolo huzuridagi qadr-qiymatini oshiradi. Okhiratda esa jannatga tushishiga sabab buladi. Jannatga tushganda ham, u erda abadiy qoladilar. U erda shunday qadr-qiymat, rohat-farogat topadilarki, boshqa joyga kuchishni zinhor istamaydilar.

Alloh taolo «Sod» surasida quyidagilarni aytadi: «Albatta, taqvodorlar uchun guzal oqibat. Ular uchun eshiklari ochiq adn jannatlari bordir. U erda yonboshlagan hollarida undagi kuplab mevalar va sharoblardan chaqiradilar. Ularning huzurida kuzlarini (nomahramdan) tiygan tengdosh(hur)lar bordir. Bu sizga hisob kuni uchun vada etilgan narsalardir. Albatta, bu Bizning (beradigan) rizqimizdir. Uning hech tugashi yuqdir» (49-54-oyatlar).

Zikr qilingan ana usha narsalar Alloh taoloning taqvodor bandalariga beradigan jannati, rizqi. U rizq doimiy va abadiydir. U hech qachon tugab qolmaydi.

Jannatning abadiyligiga sunnatdan dalillar:

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Kim jannatga kirsa, nematlanadi, noumid bulmaydi, bardavom qoladi va ulmaydi», deganlar.

Muslim rivoyat qilgan.

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Bir nido qiluvchi nido qilib: «Ey ahli jannat! Albatta, sizlar uchun abadiy ravishda soglom bulishingiz bor, bemor bulishingiz yuq. YOsh bulishingiz bor, qarishingiz yuq. Hayot kechirishingiz bor, ulishingiz yuq», der», deganlar.

Muslim Abu Saiddan rivoyat qilgan.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари