Home / Jamiyat / «Izoh bor, lekin jurat yuq». Uzbek jurnalistikasining buguni haqida fikrlar
Место рекламы

«Izoh bor, lekin jurat yuq». Uzbek jurnalistikasining buguni haqida fikrlar

«Oldin faqat yuldagi chuqurlar haqida yoza olgan bulsak, hozir undan ham katta mavzularni yoza olyapmiz, lekin undan-da kattasini yozgimiz kelyapti. Korrupsion masalalar, manfaatlar tuqnashuvi haqida yozgimiz kelyapti».

Muhrim Azamkhujaev

«Alter Ego» dasturi muallifi Kirill Altman Uzbekistondagi onlayn media vakillari bilan suhbatlashdi.

Dasturda soha khodimlari mamlakatdagi jurnalistika va suz erkinligining bugungi holati borasidagi uz fikrlari bilan urtoqlashdilar.

Jumladan, Daryo.uz muharriri Muhrim Azamkhujaevning suzlariga kura, mamlakatda matbuot va blogerlarning tasiri bilan uz echimini topayotgan muammolarning aksariyati – maishiy masalalardir. Ayrim mavzularda esa rasmiylar shunchaki sukut saqlashni afzal bilmoqda.

– Davlatning qaysidir organlari, qaysidir amaldorlar OAVda chiqayotgan, Telegram`da yozilayotgan narsalarga etibor beryapti. YOki qurqishyapti. Deylik, Prezident Administrasiyasidagilarga, Kabmindagilarga etib bormasligi uchun muammoni hal etishga harakat qilishyapti. Lekin hal qilinayotgan muammolarning ham, kutarilayotgan muammolarning ham kupi – maishiy narsalar.

«Snos»lar buyicha hokimlar chiqib uzr suradi. Uzr surashgacha olib borildi-yu, lekin juda ham turtinchi hokimiyat bulib ketdik, deb uylamayman. Suz erkinligi eng yuqori darajasiga chiqdi, degan fikrda emasman. Chunki shunaqa holatlar borki, qayta-qayta yozasiz, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama buladi, lekin baribir hech narsa uzgarmaydi. U narsani shunchaki «ignor» qilishadi, buldi. Undan utib ketiladi va esdan chiqariladi.

«YOzaverasiz-yozaverasiz, foydasi bulmayapti-ku? Uzgarmayapti-ku?» deydi jurnalistlar. Hech qanaqa signal yuq. Feedback yuq. Nima qilaman yozib, deydi. Keyin boshqa mavzuga utib ketadi. Bu erda jurnalistikaning ham muammosi bor, lekin bu muammoni sababi – ijro yoki sud hokimiyatining beparvoligidan. Shunchaki «ignor» qilishidan. Hech qanaqa javob olib bulmaganidan keyin, nima qilaman yozib, deydi-da.

Misollarni kup keltirish mumkin. Masalan, turtinchi hokimiyat bulib, biz 722 Range Rover`larning raqamini kim echib oldi, nega echib oldi, bila olganimiz yuq. Na shahar, na respublika «GAI»si hech qanaqa izoh bergani yuq. Ular qurqishmadi ham-da. Shu ishni qilganlar ham qurqmagan.

Hech qanaqa izoh olib bulmadi. Range Rover`larning raqami echib olingan kuni biz ertalabdan kechgacha shahar IIBBga ham, «GAI»ga ham, respublika «GAI»ga ham chiqdik. Respublika «GAI»: «Biz bilmaymiz», dedi. Shahar IIBB: «Biz izoh beramiz, faqat keyinroq, keyinroq, keyinroq…» Hech qanaqa izoh berishmadi.

Galati holat-da. Bir kechada 40-50ta Range Rover`ni shunday chaqirib, nomerini echvolib, boshqa nomer bervorsa… Agar biz Komil Allamjonov aytganidek turtinchi hokimiyat bulganimizda qanaqadir izoh ola olgan bulardik. Izoh bor… Lekin uni yozishga jurat yuq.

Uzbekistonda suz erkinligi bormi, degan savolga jurnalist: «Qaysidir manoda bor», deb javob bergan.

– Qaysidir manoda bor. Taqqoslashda kurinadi. Misol uchun, 2016 yilda biz bunaqa intervyu ham qilolmasdik. Hozir aytganim «722»lar tugrisidagi gapimni ham ayta olmasdim. 2016 yilda biz muhokama qilishimiz mumkin bulgani – yullardagi chuqurlar, qaerdadir darakht sinib tushgani edi.

Oradan uch yil utdi, biz bemalol hokimlarning aybini ayta olyapmiz. Yuldagi chuqur odamlarni qiziqtirmay quydi. Odamlarning muammolari kutarilgan, ular: «Mana shu hokimni deb, shu amaldorni deb mening ishim bitmayapti», deb ayta olyapti. Oldin unaqa emasdi. Oldin gapirishdan qurqishardi.

2016 yilga nisbatan suz erkinligi bor, farq er bilan osmoncha. Biz usha paytda qanaqa gapirish mumkin, nimani surash mumkinligini bilmaganmiz ham. Endi bildik. Chegara kattalashib ketdi. Va bizning khohish-istaklarimiz ham kupayib ketdi. Oldin faqat yuldagi chuqurlar haqida yoza olgan bulsak, hozir undan ham katta mavzularni yoza olyapmiz, lekin undan-da kattasini yozgimiz kelyapti. Korrupsion masalalar, manfaatlar tuqnashuvi haqida yozgimiz kelyapti.

Muhrim Azamkhujaevning fikricha, kuplab mavzularni kutarib chiqishda hamon qurquv bor.

– Gapirib bulmaydigan mavzular kup. Mavzu kup degan bilan, bizda hali ham qurquv bor. Balki 2016 yilda mumkin bulmagan yuzta mavzudan 75tasi hozir mumkin bulgan bulishi mumkin. Biz qurqayotganimiz uchun hali ham bu mavzularga tegmayapmiz. Buning oqibatini bilmaymiz. Agar yozsak, bizga telefon bulmaydimi, oldimizga kimdir kelmaydimi…

Taqiqlangan mavzulardan ham oldin, bu erda eng asosiy muammo – uzimizdagi qurquv. Qurquv hali chiqib ketgani yuq. Chiqib ketmayotganiga sabab ham bor: bir khil holatlar bulyaptiki, bir minora «A» degan bulsa, ertasiga ikkinchi minora chiqib, «Yuq, A emas, B», deyapti. Biz esa tushunmayapmiz, qaysi biri buyicha ketishimiz kerak.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

z4dbQeWUFSBhLQeEsvJPUeEe6tuSZbEZ

Olimlar inson uchun zararli ichimliklarni malum qilishdi

Olimlar bir nechta tajribalar utkazib, inson organizmi uchun zararli 5 ta ichimlik ruykhatini tuzishdi. Aniqlanishicha, …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари