Home / Madaniyat / Istinjo haqida

Istinjo haqida

istingo«Istinjo» deb insonning ikki chiqaruv azosini siydik va akhlatdan tozalashga aytiladi.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Qachon Paygambar sollallohu alayhi vasallam qazoi hojatga chiqsalar, men va bir bola ikkovimiz uzimiz bilan suvli meshchani olib kelar edik. Bas, u Zot suv ila istinjo qilar edilar», dedi».

Beshovlari rivoyat qilishgan.

Sharh: Hazrati Anas aytgan meshni arab tilida «idavatun» deyilib, teridan qilingan kichkina suv idishidir. Demak, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam, albatta, oldin tosh bilan tozalanib olib, keyin suv bilan istinjo qilganlar.

Shuningdek, hadisdan katta kishilarning tahoratiga kichik bolalar suv olib kelib berishi joizligi chiqadi.

Muslim keltirgan rivoyatning lafzi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam khaloga kirsalar, men va men tengi bir bola meshchada suv va asochani olib borar edik. Suv bilan istinjo qilar edilar», deb kelgan.

Sharh: Ikkala hadisdagi bola Abdulloh ibn Masuddirlar. Bu lafzda ham hazrati Anasning oldingi rivoyatda aytgan gaplarining ayni uzi qaytarilmoqda. Faqat bunda asocha ham zikr qilinmoqda. Mazkur aso «anazatun» deb atalib, oddiy hassadan uzunroq, nayzadan qisqaroq, uchiga temir qoplangan edi. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam namoz uqiganlarida oldilarida boshqa tusiq bulmasa, ushani sanchib quyar edilar. Bu «anaza»ni Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Habashiston podshohi Najoshiy sovga qilgan edi. U Zot sollallohu alayhi vasallamdan keyin Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali roziyallohu anhularda bulgan. Keyin esa uni Abdulloh ibn Zubayr olganlar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam hojatlariga chiquvdilar, ortlaridan bordim. Odatda u kishi ortlariga qaramas edilar. U kishiga yaqinlashuvdim:

«Menga toshlardan olib kel, ular bilan istinjo qilaman, (yoki shunga ukhshashroq gap aytdilar) suyak yoki tezak olib kelma», dedilar. Kiyimimning etagiga tosh solib keltirib, yonlariga quydim va ugirilib ketdim. U kishi qazoi hojat qilib bulib, ularni ishlatdilar».

Bukhoriy rivoyat qilgan.

Sharh: Ushbu hadisi sharifdan qazoi hojat va istinjoga tegishli bir necha narsalarni urganib olamiz.

  1. Rahbar, ustoz kishilar qazoi hojatga quzgalganda kichiklar va shogirdlar Abu Hurayra roziyallohu anhuga ukhshab, hushyor bulib yordamga oshiqishlari zarurligi.
  2. Ana shunday vaqtda kattalarning iznisiz ham ortlaridan borish mumkinligi. Chunki Abu Hurayra roziyallohu anhu Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning iznlarisiz ortlaridan bordilar.
  3. Rahbar va ustoz kishilar uz atbo va shogirdlarini khizmatga buyurishlari joizligi. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayra roziyallohu anhuga tosh keltirishni amr qildilar.
  4. Istinjo shariy hukm ekani.

Imom Shofeiy, Imom Ahmad va boshqalar: «Istinjo – vojib» deganlar.

Imom Abu Hanifa esa sunnat, deganlar.

  1. Toshlar bilan istinjo qilish joizligi. Ulamolarimiz uchtadan kam bulmasligi kerak, deydilar.
  2. Tosh bilan istinjo qilish shart emasligi. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam uz sharoitlarida tosh kup bulgani, uni topish osonligi uchun Abu Hurayra roziyallohu anhuga tosh olib kelishni amr qilganlar. Bu toshdan boshqa narsa yaramaydi, degani emas.

Istinjo qilib bulmaydigan narsalarni, yani «suyak va tezak olib kelma», deb tayin qilganlaridan, ulardan boshqa narsa ham bulishi mumkinligi chiqadi. Toshning urniga har bir quruq, pok, artishga yaraydigan va ezozsiz narsa bulaveradi.

  1. Suyak va tezak bilan istinjo qilib bulmasligi. Shuningdek, bu ikki narsaning khususiyatlariga ega narsalar bilan ham istinjo qilib bulmaydi. Suyak–taom chiqindisi, tezak–hayvon chiqindisi hisoblanishi etiboridan shu gap aytilgan. Bazi ulamolar taom, kumir, shisha, latta, darakht bargiga ukhshash narsalar bilan istinjo qilish ham makruh, deganlar.

Shundoq bulgach, foydali narsalar bilan istinjo qilinmasligi uz-uzidan malum.

Bazi qadimgi ulamolarimiz qogoz bilan istinjo qilish makruh, deganlar. Chunki ularning vaqtida qogoz kamyob bulgan. Hozir ham foydalanadigan qogoz bilan, khususan, yozuvi bor qogoz bilan istinjo qilishga rukhsat berilmagan. Ammo istinjo uchun alohida tayyorlangan qogoz bilan istinjo qilishga hamma ulamolar rukhsat berganlar. Chunki u shu maqsad uchun makhsus tayyorlangandir.

  1. Qazoi hojat qilayotgan odamga qaramay, undan teskari ugirilib turish kerakligi. Abu Hurayra roziyallohu anhu shundoq qildilar.

Salmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«U kishiga: «Paygambaringiz sizlarga hamma narsani, hatto qandoq bushanishni ham talim berdi», deyildi. Bas, u kishi:

«Tugri. Batahqiq, u Zot bizni qazoi hojat qilganimizda yoki siyganimizda qiblaga qaramogimizdan, ung qul bilan istinjo qilmogimizdan yoki uchtadan kam tosh bilan istinjo qilmogimizdan yoki chiqindi va suyak bilan istinjo qilmogimizdan nahiy qilganlar», dedi».

Beshovlaridan faqat Bukhoriy rivoyat qilmagan.

Sharh: Avvalo, bu hadisi sharifning roviyi Salmon Forsiy roziyallohu anhu bilan tanishib olaylik:

Bu ulug sahoba fors bulib, Islomga qadar majusiy va nasroniy dinida bulganlar. Kitob­larda bu sahobaga «Haq yul qidiruvchi» deb tarif berilgan.

Islomga kirganlaridan boshlab, Islomga va Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sidqidildan khizmat qildilar.

Salmon Forsiy roziyallohu anhu Khandaq jangidan boshlab hamma janglarda ishtirok etdilar. Khandaq jangida u kishining maslahatlariga binoan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonlarga khandaq qazib olishni buyurdilar.

Salmon Forsiy roziyallohu anhu hammasi bulib, 60 ta hadis rivoyat qildilar. Bu sahoba rivoyat qilgan hadislarni uch «Sahih» sohiblari uz kitob­lariga kiritishgan. Salmon Forsiy roziyallohu anhu Umar ibn Hattobning khalifalik davrlarida (melodiy 656 yilda) vafot etdilar.

Salmon Forsiy roziyallohu anhuga Paygambaringiz sizlarga hamma narsani, hatto qandoq bushanishni ham talim beradi, degan gapni bazi mushriklar istehzo-maskhara tariqasida aytganlari boshqa rivoyatlarda kelgan.

Odat buyicha Salmon roziyallohu anhu mushriklarning bu istehzosiga istehzo yoki sukish bilan, hech bulmasa, indamay ketaverish bilan javob qilishlari kerak edi. Ammo bu undoq qilib ketaveradigan emas, balki jiddiy masala bulganidan ularga jiddiyat bilan javob berdilar. U kishining mushriklarga qilgan muomalalarida bu istehzo qiladigan emas, jiddiy ish, sizlar ham bizdan urnak olib, shu ishlarni qiling, degan mano bor.

Ushbu hadisda khalo va istinjo buyicha man etilgan bir necha ishlar zikr qilinmoqda.

  1. Qazoi hojat qilganda qiblaga qaramaslik.
  2. Siyganda ham qiblaga qaramaslik (bu ikki holatda qiblaga orqani ham qilmaslik – avval zikri kelgan).
  3. Ung qul bilan istinjo qilmaslik.
  4. Uchtadan kam tosh bilan istinjo qilmaslik.
  5. Hayvon chiqindisi bilan istinjo qilmaslik.
  6. Suyak bilan istinjo qilmaslik.

Shu bilan birga, Islom shariatida inson hayotining har bir sohasi bayon etilgandir. Bundan Islom shariatining mukammal ekanligi tushuniladi. Chunki unda hatto istinjogacha ochiq-oydin kursatib, bayon etib quyilgan.

Termiziy keltirgan rivoyatda:

«Tezak va suyak bilan istinjo qilmanglar. U jin birodarlaringizning zodi(taomi)dir», deganlar.

Sharh: Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «jin birodarlaringizning zodi» de­yishlari jinlarning ham mumin-musulmonlari borligidandir. Quroni karimning «Jin» surasiga murojaat qilinsa, bu haqda malumot olinadi. Bir guruh jinlar Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qiroatlarini eshitib tukhtashgan, iymon keltirishgan va uz qavmlarini ham Islomga chaqirishgan.

Imom Abu Dovud keltirgan rivoyatga binoan, jinlarning vakillari Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:

«Ey Muhammad, ummatingni suyak, tezak va qi­yindi bilan istinjo qilishdan qaytar. Alloh ularni bizga rizq qildi», deganlar.

Ana shunda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam mazkur narsalar bilan istinjo qilishdan man etganlar.

Ulamolarimiz Allohning ismi aytib suyilgan hayvonlarning suyaklari musulmon jinlarga, tezak esa ularning hayvonlariga taomdir, de­yishgan.

Boshqa bir ulamolarimiz esa jinlarning va ular hayvonlarining taomi ila istinjo qilib bulmasa, inslarning va hayvonlarning taomi bilan istinjo qilib bulmasligi yana ham ravshan, deydilar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam:

«Kim tahorat qilsa, burniga olgan suvni chiqarib tashlasin, kim tosh ila istinjo qilsa, toq qilsin», dedilar».

Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.

Sharh: Ushbu hadisi sharifda ikki masalaga etibor berilgan:

  1. Tahorat qilayotgan odamning burniga olgan suvni yakhshilab chiqarib tashlashligi. Bu burunni tozalash va soglik uchun zarurdir.
  2. Tosh ila istinjo qilganda toq sondagi toshlar bilan qilish.

Avvalgi hadislardan istinjo qilinadigan toshlarning eng kami uch dona bulishi kerakligini bilib olgan edik. Shundan kelib chiqib, ulamolarimiz mazkur toshlar uch, besh yoki ettita bulishi kerak, deyishgan.

U (Abu Dovud) keltirgan rivoyatda:

«Kim surma quysa, toq sursin. Kim shunday qilsa, yakhshi. Kim qilmasa, tanglik (gunoh) yuq. Kim tosh ila istinjo qilsa, toq qilsin. Kim shundoq qilsa, yakhshi. Kim qilmasa, tanglik (gunoh) yuq. Kim (taom) eb, tishi orasida qolganini kovlab chiqarsa, tupurib tashlasin, tili bilan chiqarganini yutaversin. Kim shundoq qilsa, yakhshi. Kim qilmasa, tanglik (gunoh) yuq. Kim qazoi hojatga borsa, uzini tussin, hech narsa topolmay qum tuplashdan boshqa iloji bulmasa, shuni ham qilsin. Usha (tuplangan qum)­ni orqasida qoldirsin. Chunki shayton odam bolasining maqadini uynaydi. Kim shunday qilsa, yakhshi. Kim qilmasa, tanglik (gunoh) yuq», deyilgan.

Sharh: Imom Abu Dovud keltirgan ushbu rivoyatda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam turt masalaning yakhshi tomonini bayon etib, qilsa yakhshi ekanini, lekin qilmasa, majbur emasligini aytmoqdalar. Mazkur turt narsadan biri istinjo bulgani uchun ham bu hadis ushbu faslda keltirilmoqda. Endi usha turt narsa bilan qisqacha tanishib chiqaylik:

  1. «Kim surma quysa, toq sursin. Kim shunday qilsa, yakhshi. Kim qilmasa, tanglik (gunoh) yuq».

Surma quyish, ayniqsa, arab diyorida erkak va ayollar orasida keng tarqalgan. Uning kuz uchun foydasi kup. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam usha surma surtishda uni toq surtsa, yakhshiligini aytmoqdalar.

Bu gaplar «Alloh toqdir, toqni yakhshi kuradir» hikmatiga binoan aytilayotganini esdan chiqarmasligimiz kerak.

Kim shu etiqod ila hamda Paygambarimizning qilganlariga iqtido, aytganlariga amal niyati ila bu ishni qilsa, savob oladi. Qilmagan odam savobdan mahrum buladi, ammo gunohkor bulmaydi.

  1. «Kim tosh ila istinjo qilsa, toq qilsin. Kim shundoq qilsa, yakhshi. Kim qilmasa, tanglik (gunoh) yuq».

Bu masala oldingi hadislarda mufassal urganildi. Bu ishni ham iqtido va sunnatga amal niyati ila qilgan odam savob oladi. Qilmagan savob olmaydi, gunohkor ham bulmaydi.

  1. «Kim (taom) esa, tishi orasida qolganini kovlab chiqarsa, tupurib tashlasin, tili bilan chiqarganini yutaversin. Kim shundoq qilsa, yakhshi. Kim qilmasa, tanglik (gunoh) yuq».

Taomning tish orasiga kirib qolganini tish kovlagich yoki boshqa narsa ila kovlab chiqarsa, tupurib tashlash ham Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning maslahatlari, uzlari qilgan amallari. Shuningdek, tish orasiga kirib qolgan taomni til bilan chiqarganda yutib yuborish ham. Bularni ham sunnatga amal niyatida qilgan odamning uzi uchun yakhshi buladi. Qilmagan esa gunohkor bulmaydi.

  1. «Kim qazoi hojatga borsa, uzini tussin, hech narsa topolmay qum tuplashdan boshqa iloji bulmasa, shuni ham qilsin. Usha (tuplangan qum)ni orqasida qoldirsin. Chunki shayton odam bolasining maqadini uynaydi. Kim shunday qilsa, yakhshi. Kim qilmasa, tanglik (gunoh) yuq».

Bu ham yakhshi ishga undovchi maslahat. Qazoi hojat vaqtida uzini tusib, avratini bekitish musulmon uchun zarur. Bazi vaqtlarda iloji bulmay qolishi mumkin. Ana usha paytda hech bulmasa, qumdan tepacha yasab, ushanga orqani qilib utirish kerak ekan. Bu yakhshi ish. Qilgan odam yakhshilikka erishadi. Ammo qilmagan odam gunohkor bulmaydi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари