Home / Madaniyat / Istikhora duosi

Istikhora duosi

dua«Istikhora» suzining lugaviy tarjimasi «yakhshilik surash»dir. Bir banda bir ishni qilishga ikkilanib qolsa, Alloh taolodan uning bashoratini berishini suraydi.

Jobirdan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bizga turli ishlarda istikhora qilishni khuddi Qurondan bir surani urgatgandek urgatar edilar: «Biringiz bir ishni qilmoqchi bulsa, ikki rakat namoz uqisin. Sung: «Allohim! Sendan ilming bilan yakhshilikni surayman. Qudratingdan qudrat surayman. Ulug fazlingdan surayman. Albatta, Sen qodirsan, men qodir emasman. Sen bilasan, men bilmayman. Sen barcha gayblarni uta yakhshi biluvchi Zotsan.

Allohim! Agar bu ishdan dinimda, dunyoimda, ishimning oqibatida, tezida ham, kechida ham yakhshilik borligini bilsang, uni menga taqdir qilgin. Agar Sen bu ishdan dinimda, dunyoimda, ishimning oqibatida, tezida ham, kechida ham yomonlik borligini bilsang, uni mendan, meni undan burgin. Menga qaerda bulsa ham, yakhshilikni Uzing taqdir qilgin va meni rozi qilgin», desin va sung hojatini aytsin».

Sharh: Demak, bir ishni qilish-qilmaslikni bilmay qiynalgan kishi tunda, yotishdan oldin ikki rakat namoz uqib, shu duoni qiladi. Kechasi tush kurib, unda yakhshilikka ishora bulsa, usha ishni qilaveradi. Agar ishora yakhshi bulmasa, usha ishni qilmay quyaveradi.

Agar tush kurmasa, ertalab kungli ravshan, khursand, kayfiyati chog bulib uygonsa ham, usha ishni qilaveradi.

Kungli khijil bulib, yomon kayfiyatda uygonsa, bu ishni qilmaydi. Birinchi kuni uqiganda bulmasa, ikkinchi kuni uqiydi. Bulmasa, biror ishora bulmaguncha uqiyveradi.

Istikhora goyibni bilishga harakat qilish emas. Istikhora goyibni uta yakhshi biluvchi Alloh taolodan tazarru ila yakhshilikka erishishni surashdir. Istikhora qiluvchi odam uni goyibni bilish vositasi deya etiqod qilishi mumkin emas. Balki u istikhorani yakhshilik surash vositasi deb etiqod qilishi kerak. Inson goyibni bilmaydi va bilishi mumkin ham emas.

Shaykh Kamoluddin Zamilkoniy aytadi: «Ikki rakat istikhora namozini uqigan odam keyin nimani istasa, shuni qilaversin. Kungli yorishishi shart emas. Kungli yorishsa ham, yorishmasa ham – bari bir. Zotan, hadisda kungil yorishishi shart qilinmagan».

Istikhora ortidan foyda yoki zarar keladigan muhim ishlarda qilinadi. Vojib yoki mustahab, harom yoki halolga ukhshash narsalarda qilinmaydi. Oila qurish, uy sotib olish kabi ishlarda istikhora qilinadi.

Boshqa narsalarda kundalik duolarning uzi etadi.

Haj yoki umra kabi yakhshilik ishlardagi istikhora ularni qilish uchun emas, qachon qilish ishorasini olish uchun buladi.

Istikhora duosi tashahhuddan keyin, salomdan oldin uqiladi. Suraydigan narsasini tasavvur qilsa ham etadi.

Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda – Fath masjidida dushanba kuni, seshanba kuni va chorshanba kuni duo qildilar. Bas, chorshanba kuni ikki namozning urtasida ijobat qilindilar.

Shundan keyin men qachon bir ogir ish qilmoqchi bulsam, usha vaqtni poylab, chorshanba kuni, ikki namozning urtasida duo qiladigan buldim. Albatta, ijobat bildim».

Sharh: Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bu rivoyatda kelgan duolari Ahzob urushida bulgan. Fath masjidi garb tarafdagi Sila togining tepaliklaridan birida bulgan. Uni Ahzob masjidi ham deyiladi.

Ushanda Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam tinimsiz duo qildilar. Ushbu rivoyatda kelganidek, chorshanba kuni u Zotning duolari qabul buldi.

Alloh taolo dushmanlarga qishning sovuq kechasida uta sovuq shamol yubordi. Shamol dushmanning chodirlarini, qozonlarini uchirib keta boshladi. Ular engilib, ortga qochishga turdilar.

Chorshanba kuni ikki namozning urtasidagi duolar ham qabul bular ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning duolari qabul bulganini kurgan sahobalar shu duoning qabul bulish shartlarini urganib olib, hayotlarida bunga amal qilgan ekanlar.

Hozirgacha ham ilmli va ahli fazl kishilar uzlarining muhim ishlarini chorshanba kuni boshlaydilar va ahamiyatli duolarini ham usha kuni qilish payidan buladilar.

Anasdan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga edim. Bir kishi: «YO Badiyas-samavaati! YO Hayyu! YO Qayyum! Albatta, Sendan surayman…» dedi.

«Bu nima ila duo qilganini bildingizmi? Jonim izmida bulgan Zotga qasamki, u Allohning, agar duo qilinsa, albattaZ ijobat buladigan ismi bilan duo qildi», – dedilar».

Sharh: Ushbu hadisi sharifdagi duoning manosi quyidagicha:

«Ey osmonlarni yuqdan bor qilgan Zot! Ey barhayot Zot! Ey doim bor bulib, qoim bulib turuvchi Zot! Men Sendan surayman…»

Demak, mana shunday sifatlarni aytib qilingan duolar ham ijobat bular ekan. Bu hadisda ham sahobai kiromning uz lafzlari bilan qilgan duolari keltirilmoqda. Bunday duoni ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tasdiq qilgan ekanlar.

Alloh taoloning, agar duo qilinsa, albatta, ijobat buladigan ismini Ismul Azam deyiladi. Alloh taoloning guzal ismlaridan qay biri aynan Ismul Azam ekani haqida ulamolarning qirq khil gapi bor. Imom Suyutiy bu haqda alohida kitob tasnif qilganlar.

Hofiz Ibn Hajar: «Sanad jihatidan eng kuchlisi: «Allohu laa ilaaha illa huval Ahad as-Somad. Allaziy lam yalid, va lam yulad. Va lam yakun lahu kufuvan ahad», degan.

Shavkoniy: «Menimcha, Ismul Azam – Laa ilaaha illa huval Hayyul Qayyum», degan.

Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi:

«Abu Bakr roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamga:

«Menga namozimda qiladigan duoni urgatib quying», – dedi.

«Allohim! Men uzimga uzim kup zulm qildim. Gunohlarni Sendan uzga magfirat qiluvchi yuq. Uzing meni Uz huzuringda magfirat qilgin. Albatta, Sen kup magfirat qiluvchi va rahimli Zotsan», degin», – dedilar».

Sharh: Bu duo namozning qaerida uqilishi aytilmagan. Ulamolar takidlaydilarki, namozning ikki joyida duo uqish afzal buladi. Birinchisi: sajdada, ikkinchisi: tashahhudda. Bu haqda sahih rivoyatlar kelgan.

Bu duoda bandaning uz nuqsonlarini tula tan olishi bor. Shuningdek, unda inomning eng oliyini surash ham bor. Magfirat gunohlarni berkitish va uchirishdan iboratdir. Rahmat esa yakhshiliklarni etkazishdan iboratdir.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари