Home / Madaniyat / Istigfor aytishga targib

Istigfor aytishga targib

targibIstigfor aytishga dinimizda kup bor targib qilingan. Bunga Allohning Rasuli, sahobai kiromlar qattiq amal qilganlar, ulardan keyingi tobeinlar, taba tobeinlar, barcha utgan aziz ulamolar, solih zotlar ham ularga ergashib utgan. Albatta, biz ham ushbu sharafli yulning davomchilaridan bulib, Alloh taoloning magfiratiga erishish yulida astoydil harakatda bulishimiz lozim.

Alloh subhanahu va taolo Uzining muborak kalomida marhamat qiladi:

      وَاسْتَغْفِرِ اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ كَانَ غَفُورًا رَحِيمًا

Allohga istigfor ayt! Albatta, Alloh magfiratli va rahmli Zotdir.   (Niso surasi, 106-oyat).

 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning  «Allohga qasamki, men bir kunda etmish martadan kup Alloh taologa istigfor aytib, Unga tavba qilaman», deb aytganlarini eshitdim».

Imom Bukhoriy rivoyati

Alloh taolo barcha paygambarlarni gunoh qilishdan asrab quygan, shunday bulsa ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam men bir kunda etmish martadan kup istigfor aytaman demoqdalar. Boshqa bir rivoyatda yuz marta deyilgan. Alloh taolo farazan gunohlari bulsa ham, avvalgiyu okhirgisini kechirib quygan Zot bir kunda etmish yoki yuz marta istigfor aytgan bulsalar, biz, gunohkor bandalar bir kunda necha marta istigfor aytishni uylab kuraveraylik.

Shuningdek, istigfor aytish uchun gunoh qilish shart emas, yani biz istigfor aytadigan ish qilmadik,  deb uylamay istigfor aytishimiz kerak. Nabiy sollallohu alayhi vasallam istigfor aytishga ayollarni alohida targib qilganlar.  Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam:  «Ey, ayollar jamoasi, sadaqa qilinglar, istigforni kuproq aytinglar. Albatta, men sizni ahli duzakhning kupi ekaningizni kurdim», dedilar.

 Ulardan bir gapga usta ayol:  «Ey, Allohning Rasuli, bizga ne buldiki, ahli duzakhning kupi ekanmiz?» dedi.  U Zot sollallohu alayhi vasallam:  «Lanatni kupaytirasiz, erga kufr keltirasiz. Sizga ukhshagan aqli va dini noqislarni aql egasi ustidan golib bulishini kurmadim», dedilar».

 Haligi ayol:  «Ey Allohning Rasuli, aql va dinning nuqsoni nimadir?» dedi.  U Zot sollallohu alayhi vasallam: «Aqlning nuqsoniga kelsak, ikki ayolning guvohligi bir erkakning guvohligiga tugri keladi. Bu aqlning nuqsonidir. Ayol bir necha kunlarni namoz uqimay utkazadi va Ramazonda ruza tutmaydi. Bu dinning nuqsonidir», dedilar».

Bukhoriyning iborasida:  «Hayz kurgan paytida namoz uqimay, ruza tutmay quyadimi?» dedilar.  Ular:  «Khuddi shundoq», deyishdi. U Zot: «Bu dinning nuqsonidir», dedilar» shaklida kelgan.

Bukhoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyat qilgan.

Utgan azizlarimiz ham istigfor aytishga targib qilib kelganlar: «Najot kemasi bula turib chukib ketgandan ajablanaman» dedilar Sufyon Savriy.  «U nima edi?» – deb suraganlarida, «Istigfor» — dedilar. Ulamolar har bir gunohdan sung istigfor aytish vojibdir deydilar.

Oddiy hollarda esa doim istigfor aytib yurishlik mustahab amal hisoblanadi. Ayniqsa, sahar vaqtida aytishlik juda yakhshidir. Alloh taolo Kalomida muminlarning sifatlaridan bir nechtasini keltirib, jumladan quyidagini aytadi:

                                   وَالْمُسْتَغْفِرِينَ بِالْأَسْحَارِ

«… Va saharda istigfor aytuvchilardir». (Oli Imron, 17-oyat)

Hadisi sharifda ham kechaning uchdan biri qolganda istigfor aytishga targib qilingan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:  «Kechaning okhirgi uchdan biri qolganida Robbimiz dunyo osmoniga tushib: «Kim Menga duo qiladi, ijobat etaman, kim Mendan suraydi, suraganini beraman, kim Menga istigfor aytadi, gunohlarini kechiraman», deydi», dedilar.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари