Home / Madaniyat / Isro kechasi haqida

Isro kechasi haqida

isroAnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamga Isro kechasida ellik vaqt namoz farz qilindi. Sungra qisqartirilib, besh vaqtga keltirildi. Keyin esa:

«Ey Muhammad, albatta, Mening huzurimda gap uzgartirilmaydi. Albatta, senga ushbu beshtada elliktaning (ajri) bor», deb nido qilindi».

Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.

Sharh: Isro kechasi haqida «Al-Isro» surasida bayon etiladi. Bu hodisani mufassal bayon qilingan hadisi shariflar ham kup, hammasi, inshaalloh, uz urnida urganiladi. Hozir esa malumot uchun qisqacha qilib, quyidagilarni bilsak kifoya:

«Isro»ning lugaviy manosi «kechasi safar qilish»dir.

Shariatda esa «Alloh taoloning amri ila Muhammad sollallohu alayhi vasallamning kechasi Buroqqa minib, bir zumda Makkai Mukarramadan Baytul Maqdisga safar qilishlari tushuniladi.

Bu hodisa bazi hanafiy ulamolarining tahqiq qilishlaricha, hijratdan bir yarim yil oldin, Ramazon oyining un ettinchi kuni sodir bulgan.

Sungra Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Baytul Maqdisdan osmonga – Merojga olib chiqilganlar. Usha erda Alloh taolo bilan suhbat bulgan. Kuniga ellik vaqt namoz farz qilingan. Muhammad sollallohu alayhi vasallam qaytayotganlarida Muso alayhissalomga duch kelganlar va u kishi:

«Alloh sening ummatingga nimani farz qildi?» deb suraganlar. U Zot:

«Ellik vaqt namozni», deganlar.

Muso alayhissalom:

«Robbingga qayt. Ummating bunga toqat qila olmaydi», deganlar.

Muhammad sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning huzuriga qaytib, namozni kamaytirishni suraganlar. Alloh taolo bir oz kamaytirgan.

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Muso alayhissalomning oldilariga qaytganlarida u kishi yana oldingi gaplarini aytganlar. Shundoq qilib, Muhammad sollallohu alayhi vasallam bir necha bor borib qaytganlaridan sung, Alloh taolo namozni besh vaqtga tushirgan va:

«Ey Muhammad, albatta, Mening huzurimda suz uzgartirilmas. Albatta, senga mana shu beshtada elliktaning (ajri) bor», degan.

Muso alayhissalom yana qaytishni taklif qilganlarida, Muhammad sollallohu alayhi vasallam:

«Robbimdan uyalaman», deb qaytmaganlar.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Namozning Alloh taolo tomonidan farz qilingani.

2. Namoz Isro kechasida farz qilingani.

3. Namoz avval ellik vaqt farz qilinib, keyin besh vaqtga tushirilgani.

4. Alloh taoloning huzuridagi suz uzgartirilmasligi.

5. Islom ummatiga Alloh taolo mehr kursatib, besh vaqt namoziga ellik vaqt namozning ajrini berishi.

6. Islom osonlik dini ekani. Avval ellik vaqt namoz farz qilinib, keyin besh vaqtga qisqartirilishi ana usha osonlikni bandalarga eslatib turish uchundir.

Demak, besh vaqt namozni yanada chin ikhlos bilan uqimogimiz kerak.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари