Home / Madaniyat / Islomda savdo

Islomda savdo

savdoBiz «savdo» deb ataydigan suz arab tilida «bay» deyilib, uzaro bir narsani almashtirishni anglatadi.

Shariatda esa bir molni ikkinchi bir mol muqobiliga iyjob va qabul ila olishga «bay» deyiladi.

Bu mavzuga oid masalalarda shariatda halol bulgan savdo va harom bulgan ribo hamda ularga ukhshash boshqa turli moliyaviy muomalalarning bayoni keladi.

Savdoning hukmi, avvalo, Quroni Karimda bayon etilgan.

Alloh taolo Baqara surasida:

«Alloh tijoratni halol qilgan, riboni esa harom qilgan», degan (275-oyat).

Sunnatda ham savdo tugrisida kuplab rivoyatlar kelgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uzlari avval tojirlik bilan mashgul bulganlar.

Abu Saiddan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Rostguy, omonatli tojir nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birgadir», dedilar».

Termiziy rivoyat qilgan.

Musulmon ummati qadimdan savdo-sotiqning joizligiga ittifoq qilib kelgan, chunki bu narsaga doimiy ravishda insonlarning hojati tushib turadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytargan va usha qaytarilganga ukhshagan savdodan boshqa barcha savdolar mubohdir.

Ulamolarimiz iqtisodiy-moliyaviy muomalalarga oid bundan boshqa barcha dalillarni ham yakhshilab urganib chiqqanlaridan keyin, urtadagi muomalaga sabab buladigan narsada quyidagi shartlar mavjud bulishi kerak, degan khulosaga kelganlar:

  1. Muomalaga quyilayotgan narsa kelishuv vaqtida mavjud bulishi kerak.

Yuq narsani muomalaga quyib bulmaydi. Masalan, etilmagan ziroatni sotib bulmaydi. Chunki u hali unib chiqadimi, yuqmi, hosil beradimi, yuqmi – malum emas.

Shunga ukhshash, onasining qornidagi hayvonni, elindagi sutni ham sotib bulmaydi.

  1. Muomalaga quyilgan narsa muomalaga quyuvchining shariy haqqi bulishi lozim. Yani u muomalaga quyuvchiga mulk bulishi, uni saqlash va undan manfaatlanish mumkin bulishi kerak.

Biror kishi uziga mulk bulmagan narsani sota olmaydi, hadya qila olmaydi, ijaraga quya olmaydi.

Shuningdek, shariatga kura saqlash va manfaatlanish mumkin bulmagan harom ichimliklar yoki chuchqaga ukhshash narsalarni muomalaga quyish ham mumkin emas.

  1. Muomalaga quyilgan narsani kelishuv vaqtida topshirish imkoni bulishi kerak.

Misol uchun, qochib ketgan hayvonni, havodagi qushni yoki suvdagi baliqni muomalaga quyib bulmaydi. Agar quyilsa, muomala botil buladi, hisobga utmaydi.

  1. Muomalaga quyilgan narsa muomalada ishtirok etayotgan ikki tomonga malum va tayinli bulishi kerak.

Yani ikki tomon ham muomalaga quyilayotgan narsani yakhshi bilishi, kurgan bulishi, zarur malumotlarga ega bulishi lozim. Agar unday bulmasa, muomala joriy bulmaydi, chunki bunday hollarda keyinchalik urush-janjal chiqishi oson bulib qoladi.

  1. Muomalaga quyilgan narsa pok bulishi, najas yoki najas aralashgan bulmasligi kerak.

Yani shariat yuzasidan manfaat olish imkoni berilgan narsa bulishi lozim. Shariat harom qilgan ulimtik, qon, akhlat kabi narsalarni sotib bulmaydi. Agar shunday bulsa, u muomala botil buladi, uz kuchiga ega bulmaydi.

Savdo-sotiqning odoblari kup bulib, ulardan bazilarini eslab utamiz.

  1. Muomalada rostguy bulish.

Yani savdo molini haqiqiy sifati ila sifatlash, uning navi, jinsi va tayyorlagan tarafi va sarf-kharajati haqidagi akhborotda yolgon ishlatmaslik.

  1. Muomalada sakhovatli bulish.

Sotuvchi bahoni pastroq qilishda va ulchashda sakhovatli bulishga harakat qiladi. Kharidor ham keskin shartlarni talab qilib turib olmaydi.

  1. Qasam ichishdan chetda bulish.

Savdo paytida uz gapini tasdiqlash uchun qasam ichmaslik kerak, chunki bu narsa barakaning qochishiga sabab buladi.

  1. Kup sadaqa qilish.

Savdo paytida buladigan bazi kamchiliklarning yuvilishi uchun tojir odam kuproq sadaqa qilib turishi lozim.

  1. Moliyaviy muomalalarni va qarzni yozib borish hamda guvoh keltirish.

Tojir savdo shartnomasini va qarzni yozib borishi lozim. Birovga nasiyaga muomala qilganda va qarz berganda guvohlarni hozir qilishi mandubdir.

  1. Foyda olishda haddan oshmaslik.

Albatta, tojir uz ishidan foyda kurishi lozim. Lekin ustama narkh quyishda haddan oshmagani maqul. Molikiy mazhabi ulamolari: «Foydaning kupi mol tannarkhining uchdan biriga teng bulishi kerak», deganlar. Chunki meros va vasiyat boblarida molning uchdan biriga rukhsat berilgan.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари