Home / Madaniyat / Islomda kiyinish madaniyati

Islomda kiyinish madaniyati

madaniyatLibos – bu  Allohning Uz bandalariga ato etgan tengsiz nematlaridan biri desak, mubolaga qilmagan bulamiz. U insonni issiq-sovuqdan saqlaydi, avratlarini berkitadi va kishiga ziynat bulib khizmat qiladi.

Alloh taolo shunday marhamat qiladi «Ey Odam bolalari, darhaqiqat, Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham, yasan-tusan libosini ham nozil qildik. (Hammasidan) yakhshiroq libos taqvo libosidir» (Arof surasi: 26-oyat).

Ushbu oyati karimada Alloh taolo insonlarga avratlarini berkitadigan hamda ularga ziynat buladigan har turli liboslarni yaratib bergani, ularga bu narsalarni bichish, tikish va tayyorlash uchun imkon berganini «nozil qildik» degan suz bilan eslatar ekan, avratlarni mazkur liboslar ila tusishga amr etmoqda.

Avrat urinlari erkaklarda kindikdan tizzagacha bulgan joyni uz ichiga oladi. Demak, mazkur joylarni berkitish vojibdir. Imom Ahmad uzlarining «Musnad» nomli hadis tuplamlarida rivoyat qilishlaricha, Jarhad ismli sahobiy sonini ochib turgan paytda Nabiy alayhissalom uning yonidan utib qoldilar va «Ey Jarhad, soningni yop(!), zero, son avratdir», dedilar.

Mazkur hadisi sharifni hujjat qilib aksar ulamolar, jumladan, hanafiy mazhabi ulamolari son avratdir, deydilar. Shunday ekan, kishi eng kamida uzgalarga badanining mazkur joylarini ochiq holda kursatmasligi lozim. Aks holda, gunohkor buladi.

Islom dini mukammal shariat bulgach, unda barcha narsaning odobi va madaniyati mufassal tarzda bayon qilib berilgan. Shu jumladan dinimiz talimotida kiyinish madaniyatining ham uziga khos odoblari mavjud bulib, quyida ular haqida qisqacha suz yuritamiz.

1. Libos insonning terisini kursatadigan darajada yupqa va shaffof bulmasligi lozim.

2. Tor bulmasligi. Bazi liboslar terini kursatadigan darajada yupqa bulmasa-da, ammo avrat erlarining shaklini kursatib quyadigan darajada tor buladi. Bu ham mumkin emas.

3. Erkak kishi kiyinishda uzini ayollarga ukhshatib olmasligi yoki aksincha, ayol erkakcha kiyinmasligi lozim. Imom Bukhoriy uzlarining «Sahih» tuplamlarida Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilgan hadisi sharifda shunday deyiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (kiyinishda) uzini ayollarga ukhshatadigan erkaklarni va erkaklarga ukhshab kiyinadigan ayollarni lanatladilar».

4. Kiyim olishda haddan oshmaslik, odamlardan ajralib turish uchun uta qimmat libosni kharid qilmaslik. Imom Ahmad uz «Musnad»larida Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Kimki, dunyoda shuhrat libosini kiysa, Qiyomat kunida Alloh unga khorlik libosini kiygazadi». Demak, musulmon kishi odamlarga kibru havo qilish, uzini ulardan yuqori tutish yokhud shuhrat qozonish uchun kiyinmasligi lozim. Chunki bu narsa uni kibru havoga berilib, uzidan mamnun bulishga etaklaydi. Bu esa manaviy illatlar sirasiga kiruvchi zararli khislatlardan biridir.

5. Erkaklarga tilla taqinchoqlar va ipak liboslarning haromligi. Imom Abu Dovud uzlarining «Sunan» nomli hadis tuplamlarida Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilishlaricha, bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam ipak matoni olib ung tomonlariga quydilar, tillani olib chap tomonlariga quydilar. Sung: «Mana bu ikki narsa ummatimning erkaklariga haromdir!», dedilar.

6. Libos kiyishda ung tomondan kiyish sunnatdir. Oysha onamiz (roziyallohu anho) aytadilar: «Nabiy alayhissalomga poklanishda (yani tahorat va yuvinishlarda), soch tarashda va oyoq kiyim kiyishda ung tomondan boshlash yoqar edi» (Imom Bukhoriy va Imom Muslim rivoyati). Bu hadisda faqat poyafzal kiyish zikr qilingan bulsa-da, hadisda tilga olingan sunnat bulmish ung tomondan boshlash boshqa turdagi liboslarni kiyishga ham taalluqli hisoblanadi.

Ulamolarning takidlashlaricha, ovqatlanish, kiyinish va hokazolar kabi insonning karomati va obrusiga dalolat qiladigan ishlarda ung qulni ishlatish yoki ung tomondan boshlash mustahabdir. Istinjo kabi past ishlarda esa chap qulni ishlatish lozim. Chunki ung qul oliy ishlar uchun, chap qul esa yuqorida aytilganidek, zarurat bulgan, ammo uzi past narsalardan sanaluvchi ishlar uchundir.

7. Oq rangdagi liboslarning afzalligi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinishicha, Nabiy alayhissalom shunday deganlar: «Kiyimlaringizdan oq ranglisini kiyinglar, zero, u liboslaringizning eng yakhshisidir. Va mayyitlaringizni ham unga (yani oq rangli matoga) kafanlang!» (Abu Dovud rivoyati).

8. Kiyimlarni pok tutish lozimligi. Islom dini poklik dinidir. Bu poklik manaviy va moddiy pokizalikni taqozo etadi. Alloh taolo Quroni karimning Muddassir surasida Nabiy alayhissalomga qarata va u kishi orqali butun insoniyatga khitob qilar ekan: «Kiyimlaringni pok tut!», degan. Demak, libos pokizaligi musulmon kishining hayotida nihoyatda muhim urin tutadi. Shu bois ham namozning shartlaridan biri libosning pokligidir. Undan tashqari, poklik va orastalik iymondan ekanligiga dalolat qiluvchi bir qancha rivoyatlar ham kelgan.

9. Kiyim kiyishda ayrim duolarni uqishning savobli ekanligi. Musulmon kishi aksar vaqtda Allohni zikr qiladi, Uni yodga oladi. Bu narsa uning qalbi poklanib, yaraqlashiga, ruhan yuksalishiga va gunohlari uchirilib, darajalari oshishiga sabab buladi. Nabiy alayhissalom kup hollarda Allohni zikr qilardilar, uyga kirishda, chiqishda, uyquga yotishda, uyqudan turishda, taomlanish oldidan, taomdan sung va hokazo. Shu jumladan, libos kiyishda ham aytish savobli va mustahab bulgan bazi bir zikru duolar borki, ularning ayrimlarini misol tariqasida keltiramiz. «Alhamdu lillahillaziy kasaaniy haza va rozaqoniyhi min goyri havlin minniy valaa quvvah». Yani «Barcha hamdu sanolar mening uzimda hech qanday kuch-qudrat va imkoniyat bulmagan holda bu libosni menga kiydirgan va rizq qilib bergan Allohga khosdir».

10. Insonning ustida, yani libosida Alloh nematining asari kurinib turishi. Agar kimgadir Alloh kengchilik va davlat ato etgan bulsa, u inson uzining imkoniyati va maqomiga mos ravishda yakhshi kiyimlardan kiyishi, tashqi kurinishiga etibor berishi, pokiza va orasta kiyinishi maqsadga muvofiqdir. Zero, Alloh taolo biron kimsaga nemat ato etgan bulsa, usha insonda mazkur nematning asari va alomati kurinib turishini yakhshi kuradi. Abul Ahvas nomli sahobiy uz otasidan rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga past (eskirib ketgan, uvada) kiyimlarda keldim. Shunda u kishi menga «Sening mol-davlating bormi?», dedilar. Men: «Bor!», dedim. «Nimalaring bor?», suradilar yana ul Zot sollallohu alayhi vasallam. Men: «Alloh menga tuya, quy va otlar hamda qullar ato qilgan», dedim. Buni eshitgach, Nabiy alayhissalom: «Alloh senga mol-dunyo ato qilgan bulsa, Uning senga bergan nemati va ikromining asari kurinib tursin!», dedilar (Abu Dovud rivoyati).

Khuddi shunga ukhshash voqea mazhabboshimiz Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh bilan ham ruy bergan. Uylaymizki, mazkur voqeani keltirish foydadan kholi emas.

Bir kuni Abu Hanifaning hamsuhbatlaridan birining ustida eskirib, uvadasi chiqqan kiyimlarga kuzi tushdi. Odamlar tarqalib, majlisda faqat Abu Hanifayu haligi kishining yolgiz uzi qolgach, Imom unga yuzlanib, dedi:

— Anavi joynamozni kutargin-da, tagidagini ol.

Kishi joynamozni kutardi, qarasa, tagida ming dirham pul bor edi.

— Uni olib, ust-boshingni tartibga keltir, – dedi Abu Hanifa.

Shunda: — Men uzimga tuqman, – dedi haligi kishi, – Alloh menga boylik, mulchilik ato qilgan. Bu pullaringizga ehtiyojim yuq.

Bu suzlarni eshitgach, Abu Hanifa rahmatullohi alayh haligi kishiga:

— Alloh taolo senga boylik va farovonlik nematini ato qilgan ekan, Qani U bergan nematlarning asari?! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Albatta, Alloh Uz bandasining ustida unga bergan nematining asarini kurishni sevadi», – degan suzlari senga etib kelmaganmi? Hamonki, boy ekansan, uzingni tartibga keltirib, ust-boshingga qarab yurishing darkor. Toki uz yaqinlaringni gamga botirmagaysan, – deya nasihat qildi.

Alloh taolodan barchamizni taqvo libosi ila ziynatlashini, khatoyu kamchiliklarimizni esa Uzining satri ila berkitishini surab qolamiz.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари