Home / Madaniyat / Islomda ijara haqida

Islomda ijara haqida

ijaraIjara – islomiy fiqhga oid atama bulib, lugatda «biror narsani ijaraga (malum evazga vaqtincha foydalanishga) berishga» aytiladi. Istilohda esa «ijara» atamasi ikki turli manolarni ifodalashda qullaniladi. Birinchisi, kursatilgan khizmatga tulangan haq evaziga biror kishining khizmatlaridan foydalanish (ishga yollash)ni bildiradi. Ish beruvchi odam «mustajir», ishga yollangan odam esa «ajir» deb aytiladi.
Demak, A odam B odamni idorasiga menejer (boshqaruvchi) yoki oylik maosh oluvchi khodim sifatida ishga olsa, A mustajir, B esa ajir buladi.

Khuddi shuningdek, agar A uz yuklarini aeroportga eltish uchun hammol khizmatidan foydalansa, A mustajir, hammol esa ajir buladi. Ikkala holatda ham taraflar urtasidagi munosabat ijara deb nomlanadi. Ijaraning bu turi bir kishi ikkinchi bir kishining khizmatidan foydalangandagi har qanday jarayonni uz ichiga oladi. U shifokor, huquqshunos, uqituvchi, ishchi yoki biror qiymatga ega bulgan biror khizmatni kursatadigan (taqdim etadigan) har qanday kishi bulishi mumkin.
Islomiy huquqshunoslik atamashunosligi, mustalahga kura, ularning har biri ajir buladi, khizmatlardan foydalangan (ijaraga olgan) inson «mustajir», khizmat uchun tulangan haq esa «ujra» deyiladi.
Ijaraning ikkinchi turi insonlar khizmatiga emas, aktivlar yoki mulk birovning mulki yoki daromadidan foydalanish huquqiga bogliq. Bunda ijara «malum mulkdan foydalanish huquqini boshqa birovga u tulaydigan ijara haqi evaziga berish»ni bildiradi. Bu holatda «ijara» atamasi ingliz tilidagi «lizing» atamasiga mos kelishi mumkin. Bunda ijaraga beruvchi «mujir», ijaraga oluvchi «mustajir», ijaraga beruvchiga tulanadigan haq esa «ujra» deyiladi.
Ijaraning ikki turi ham Islom huquqshunosligi adabiyotlarida mufassal bayon qilingan bulib, ikkisining ham uz qonun-qoidalari bor. Biz uchun ijaraning ikkinchi turi ahamiyatliroq, chunki u asosan sarmoyalash shakli, shuningdek, moliyalashtirish modeli sifatida ishlatiladi.
Lizing shaklidagi ijaraning qonun-qoidalari savdo qoidalariga ukhshab ketadi. Zero, ikkala munosabatda ham mulk boshqa shakhsga malum qiymat evaziga utkaziladi. Ijara va savdo urtasidagi yagona farq shundaki, savdoda mulkni tasarruf qilish huquqi butunlay kharidorga utadi, ijara munosabatlarida esa mulkni tasarruf qilish huquqi mulk egasida qoladi, ijarachiga faqat mulkdan foydalanish huquqigina beriladi.
Shunday ekan, ijara aslida moliyalashtirish modeli emas ekanligini kurish mumkin. Bu khuddi savdo singari oddiy tadbirkorlik faoliyati, kholos. Lekin bazi sabablarga kura, ayniqsa, soliq masalasida yuzaga keladigan afzalliklari tufayli bu jarayon garb mamlakatlarida moliyalashtirish manbasi sifatida tarqalib bordi.
Odatiy foizli qarzlar taqdim etish urniga bazi moliyaviy institutlar mijozlariga jihozlarni ijaraga berishni boshladi. Jihozlarning ijara haqqini belgilashda ular mulkni sotib olish bilan bogliq umumiy harajatlarni hisoblab chiqadilar va ijara davri davomida erishish mumkin bulgan foyda miqdorini qushadilar. Shu tarzda hisoblab chiqilgan umumiy miqdor ijara muddatidagi oylar soniga bulinadi, natijada oylik ijara tulovi aniqlanadi.
Ijara operasiyasidan shariat doirasida moliyalashtirish manbasi sifatida foydalanish masalasi shartnomaning shartlariga (shart-sharoitlariga) bogliq. Aytib utilganidek, ijara moliyalashtirish modeli emas, balki standart tijoriy operasiya hisoblanadi. Shunday ekan, ijara operasiyasi ijara munosabatlari uchun belgilangan shariat qoidalariga asoslangan holda olib boriladi.
Demak, biz fiqhda ijara uchun belgilangan asosiy qoidalarni kurib chiqishimiz kerak buladi. Bu qoidalarni urgangach, ijarani moliyalash maqsadida qanday shartlar asosida ishlatish mumkinligini bilib olamiz.
Ijara bilan bogliq qoidalar juda kup, biz esa bu bulimda operasiyaning mohiyatini tushunib olish uchun zarur bulgan va zamonaviy iqtisod amaliyotida muhim ahamiyatga ega bulgan qoidalarni umumlashtirishga harakat qilamiz. Bu qoidalar uquvchiga oson bulishi uchun qisqa tezislar (sharhlar) tarzida keltirib utiladi.
Ijaraning asosiy qoidalari
1. Ijara – bu, biror mulkning egasi mazkur mulkning foydalanish huquqini boshqa shakhsga malum muddat va malum tulov evaziga berishini ifodalaydigan shartnoma.
2. Ijara obekti foydalanishga yaroqli narsa bulishi kerak. Foydalanish huquqiga ega bulmagan (foydalanib bulmaydigan) obektlar ijaraga berilishi mumkin emas.
3. Ijara shartnomasi kuchga ega (yaroqli) bulishi uchun mulkni tula tasarruf qilish (egalik qilish) huquqi mulk egasida qolishi, ijarachiga esa faqat undan foydalanish huquqi berilishi kerak. Demak, istemol qilmay turib, foydalanib bulmaydigan narsalarni ijaraga berib bulmaydi. Shuning uchun pul, eyiladigan narsalar, yoqilgi, qurol kabi narsalarda ijara munosabatlari mumkin emas. Chunki ularni istemol qilmay turib, ishlatib bulmaydi. Agar bunday narsalar ijaraga beriladigan bulsa, bu qarz deb etibor qilinadi va bu borada qarz munosabatlariga oid meyorlarga amal qilinadi. Yaroqsiz ijara ustida olingan har qanday tulov qarz hisobidan olingan daromad deb hisoblanadi.
4. Mulkka egalik qilish huquqi mulk egasida qolar ekan, mulkka egalik qilish bilan bogliq bulgan majburiyatlar ham uning zimmasida buladi, mulkdan foydalanish bilan bogliq bulgan majburiyatlar esa ijaraga olgan shakhs zimmasida buladi.
Masalan, A uz uyini B ga ijaraga berdi. Bunda mulk bilan bogliq bulgan soliqlar (mulk soligi) A ning zimmasida bulsa, suv uchun tulov, elektr quvvati uchun tulov va uydan foydalanish bilan bogliq bulgan boshqa barcha harajatlar B ning zimmasida buladi.
5. Ijara muddati shartnomada aniq ifodalanishi kerak.
6. Ijarachi ijaraga olingan mulkni ijara shartnomasida kursatilgan maqsadlardan boshqa maqsadda ishlatishi mumkin emas. Agar shartnomada bunday maqsad kursatilmagan bulsa, ijarachi undan odatda qullash mumkin bulgan har qanday maqsadda ishlatishi mumkin. Agar ijarachi undan noodatiy tarzda foydalanmoqchi bulsa, buning uchun mulk egasidan qushimcha rukhsat olishi shart.
7. Ijarachi ijaraga olingan mulkka ijarachi tomonidan notugri foydalanish yoki etiborsizlik oqibatida etgan har qanday zararni qoplab berish majburiyatiga ega.
8. Ijara muddatida ijara mulkiga nisbatan tavakkalchilik mulk egasida qoladi, yani nazoratdan tashqari omillar tufayli etgan har qanday zarar mulk egasi tomonidan qoplanadi.
9. Ikki yoki undan ortiq shakhs egalik qiladigan mulk ijaraga berilishi mumkin, ijara haqqi mulkning barcha egalari orasida ularning mulkdagi ulushlariga binoan (proporsional ravishda) taqsimlanadi.
10. Mulk egalaridan biri mulkdagi uz ulushini boshqalarga emas, faqatgina uzining mulkdagi sherigiga (mulk egalaridan boshqa biriga) ijaraga berishi mumkin.
11. Ijara yaroqli (joiz) bulishi uchun ijaraga berilgan mulk (ning qismlari) tula aniqlab (belgilab) berilgan bulishi kerak.
12. Ijara haqqi shartnoma tuzilayotgan vaqtda butun ijara muddati uchun belgilanishi kerak.
Ijara muddatining turli davrlari uchun turli khil miqdordagi ijara haqi belgilanishi joiz (mumkin), shart shuki, har bir davr uchun ijara haqlari ijara boshidanoq belgilangan bulishi kerak. Agar ijara muddatining keyingi davrlari uchun malum ijara haqqi (miqdor) belgilanmagan bulsa yoki mulk egasi ikhtiyoriga qoldirilgan bulsa, bunday shartnoma kuchda emas (yaroqsiz) deb hisoblanadi.
Birinchi misol: A uz uyini B ga 5 yil muddatga ijaraga berdi. Ijara tulovi birinchi yil uchun oyiga 2000 rupiya deb belgilandi va keyingi yildan har yili uzidan avvalgi yildan kura 10% kup bulishiga kelishildi. Mazkur ijara joiz (shariy, yaroqli) hisoblanadi.
Ikkinchi misol: Yuqoridagi misoldagi kabi A birinchi yil uchun ijara haqqini 2000 rupiya deb belgiladi. Keyingi yillar uchun ijara tulovi miqdori esa belgilanmadi va mulk egasi (A) ikhtiyoriga berildi. Shartnoma yaroqli emas, zero, ijara tulovi miqdori belgilanmagan.
13. Mulk egasi aktivni sotib olish (erishish, qulga kiritish) jarayonida sarflagan umumiy kharajatlariga asoslanib, ijara tulovini belgilashi (odatda moliyaviy lizingda shunday qilinadi), agar ikki taraf ham bunga rozi bulsa, shariat qoidalariga zid emas. Lekin bunda shariatda belgilangan barcha boshqa qoidalarga rioya qilinishi shart.
14. Ijaraga beruvchi ijara tulovi miqdorini bir taraflama oshirib olishi mumkin emas, bunga olib boruvchi barcha shartlar ham joiz emas.
15. Ijara tulovi yoki uning biror qismi ijaraga berilgan aktiv etkazilishidan avval avans sifatida tulanishi mumkin, biroq mulk egasining bu tarzda olgan tulovi unda «keyingi tulovlar hisobiga» qoladi va belgilangan sanadan sung (ijara muddati boshlanganda) ijara tulovi sifatida qabul qilinadi.
16. Ijara muddati ijaraga berilayotgan aktiv ijarachiga topshirilgan paytdan boshlanadi, ijarachi undan foydalanishni boshlagan-boshlamagani ahamiyatsiz.
17. Agar ijaraga olingan aktiv uz funksiyasini (ijarachi uni aynan shu funksiyasi uchun ijaraga olgan) yuqotsa va uni qayta tiklash imkonsiz bulsa, ijara mazkur yuqotish sodir bulgan paytdan tukhtatiladi. Biroq agar bu yuqotish ijarachining notugri foydalanishi yoki etiborsizligi oqibatida ruy bergan bulsa, ijarachi mulk egasiga aktivning qiymatini qoplab berishga masul buladi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари