Iroq qushinlari IShID terrorchilik tashkilotining mamlakatdagi sunggi tayanch nuqtasiga — Suriya chegarasida yaqinidagi Rava shahriga hujumni boshladi. Bu haqda «RIA Novosti» Iroq armiyasi qumondonligiga asoslanib malum qildi, deb khabar berdi «Korrespondent.net».

253030_src-587x333Foto: «Haqqin.az»

«Harbiy bulinmalar va khalq kungillilari Rumana hududi va Rava shahrini ozod etish uchun keng kulamli operasiyalarni boshlab yubordi», — deyiladi operasiya qumondoni Abdulamir Yarallaning bayonotida.

Oktyabr oyi okhirida Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy IShIDning mamlakat hududidagi sunggi tayanch nuqtalari — Al-Qaim va Rava shaharlarini jangarilardan ozod etish operasiyalari boshlanganini malum qilgan edi.

Harbiylar noyabr oyi boshida Al-Qaim shahrini ozod etdi va Suriya bilan chegaradagi nazorat-utkazish punktini qayta tiklashga muvaffaq buldi.

Avvalroq, Iroq harbiylarini qullab-quvvatlovchi AQSh boshchiligidagi khalqaro koalisiya Iroq IShID terrorchilaridan deyarli butunlay ozod etilganini malum qilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va khalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.