Home / Madaniyat / Irim-sirimlar

Irim-sirimlar

irim-silimlarMuharram oyi Hijriy yilning boshlanishi hisoblanadi.Bu oyda Ashuro kuni borligi va u kunning ruzasi Ramazon ruzasidan keyingi urinda turishini bilamiz. Ushbu kun ruzasining fazilatlari va unga beriladigan ajrlar haqida ham malumotga egamiz. Alloh barchamizni shunday kunlarga kup yillar yakhshi amallar bilan etkazsin. (Omin)

Bu yil ashuro kuni tugrisida bir qushnimizdan eshitib qoldim. U «Ashuro kuni ruzgorda kengchilik qilinsa, ruzgordagi etti khil narsaning har biridan 2kgdan olinsa barakali bularmish?! Muharramning birinchi kuni arafasida ruzgorga bozorlik qilinsa yil buyi uyda baraka bular ekan», – dedi.

Shu erda savol tugiladi. Inson nega bir ishni qilish kerak deyilganda uning asl mohiyatidan chetlashib, uzining kungil kuchasiga qarab ish tutadi? Ayniqsa, bu ishda ayollar faollik kursatadilar. Khurofot, bidat ishlar shu yusin kupayib, unga astoydil amal qila boshlaydilar. Hatto bu ishda uzlariga dalil-dastaklar ham topib oladilar. Gohida boshqa din irimlaridan kirib qolgan asarlarni ham urf-odatlarimizga shu qadar aralashtirib yuboramizki, tugrimi-notugrimi, hech kim etibor bermay amal qila boshlaydi.

Muslima opa singillar!

Bidatlar, khurofotlar, irimlar, shumlanishlar arzimas yoki tugri ish bulib kuringani bilan dinimiz, etiqodimiz, amalimiz javhariga tasir qilishini uylaylik. Ayollar bu narsaga kuproq moyildirlar, degan fikr bor ekan, keling, endi biz, ayollar, ayni shu narsalarga ilm bilan tugri yulni topishga ham moyil bulaylik. Uzaro bir-birimizni yakhshilikka chaqiraylik.

Tasavvur qilish uchun bidatlarga qaraylik. Masalan, mayit egalaridan ayollar 40 kun sochini (boshini) yuvib-taramasin, bu narsada taroq boshiga tegishi bilan qabrdagi mayitning terisiga ozor etadi… 52- kechada mayit yuvilgan joyga igna sanchib quyilsa, qabrdagi mayit shishib shu kuni yorilishiga tugri keladi, igna yordam beradi. Mana shu 52- kun uchun tayin qilingan vazifalar ham bor, degan bidat gaplar yuqoridagi gapimizga yaqqol misoldir.

Avvalgi vaqtlarda uylarni qurishda takhta poldan foydalanilmagan. Chaqaloq tugilgan uyda chilla irimlaridan misol: gudakning yuldoshini uyning burchagiga ugil bulsa oshiq, qiz bulsa qugirchoq bilan kumilgan. Ikkita chillali onani bir-biriga qushmaslik yoki aza chillasi bilan chaqaloq chillasini aralashtirmaslik, seshanba va payshanba kunlari kir yuvmaslik rasm bulgan.

Bir suhbatdan:

Qaynonam rahmatli 70-yillarning boshida 100 yil umr kurib, vafot etganlar. U kishi ilmli, zuhdli, obida, taqvoli ayol edilar. Farzandlaridan bir nechalari qori, olim bulib etishishgan. Shu kishi bizga irimlar, bidatlar notugri ekanligini urgatar edilar. U kishini yoshlikdan tanigan-bilganlarning aytishlaricha, farzand kurganlarida gudakning yuldoshini kindigi kesilgach, bogning turiga olib borib tashlang, kuchuklar manfaatlansin, der ekanlar. Uzim ayol bulsam ham, ayollarni keraksiz ishlari uchun yoqtirmayman, der ekanlar. Men bir kuni otasi rahmatliga «Ayol kishi yakshanba kuni sochini yuvsa, erining umri qisqa buladi, degan irim bor ekan», desam, u kishi «Unday bulsa, siz har yakshanba yuving», dedilar. Bu bilan barcha ayollar khurofotchi yoki bir guruhlari butunlay khatodan kholidirlar. degan fikrdan uzoqmiz. Umrimiz boricha, hammamiz doimo tavbada bulishga, bilmaganlarimizni urganishga masulmiz.

Ulamolar: «Bidat – ibodat yo odatda bulsin, yakhshi yoki yomon bulsin – Quron va sunnatda yuq hamda yangi bulgan narsa», deb tariflaganlar.

Jarir ibn Abdulloh (roziyallohu anhudan)dan rivoyat qilinadi: «Paygambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): «Kim Islomda guzal sunnat paydo qilsa va undan keyin usha sunnatga amal qilinsa, unga ushanga amal qilganlar ajriga ukhshash ajr, ularning ajridan biror narsa noqis qilinmagan holda yozilib turadi.Kim Islomda bir yomon sunnat paydo qilsa va undan keyin usha sunnatga amal qilinsa, unga usha amal qilganlar gunohiga ukhshash gunoh ularning gunohlaridan biror narsa noqis qilinmagan holda yozilib turadi», dedilar. (Muslim rivoyat qilgan).

Bidatning hukmi

.1. Aqidadagi bidat dinda malum bulgan ochiq-oydin etiqodga khilof bulsa, harom buladi hamda kufrga olib boradi. Agar aqidadagi bidatda yuqoridagi zikr qilingan narsadan past va ahli sunna val jamoa aqidaviy mazhabiga khilof bulsa, fisq buladi.

2. Ibodatdagi bidat gohida harom, gohida makruh bulishi mumkin. Haromga tarki dunyochilik, oftobda turib ruza tutish kabi bidatlar misol buladi. Ibodatdagi makruh bidatga masjidlarni ortiqcha bezash misol buladi.

3. Odatlardagi bidat makruh yoki muboh bulishi mumkin. Eb-ichishda isrof qilish – makruh, emoq va ichmoqda lazzatni istash – muboh.

Bidatning zararlari:                                                                                                                                         1. Amallar habata buladi.                                                                                                                                2. Shayton bidatchiga yaqin buladi.

3. Haq bilan botilning aralashib ketishi.
4. Islomni yakhshi bilmaganlarning Islomga  nafratini quzishi.

Albatta, masiyat bilan bidatning orasida farq bor. Osiy masiyatni gunoh ekanini bilib, hijolat bulgan holda amalga oshiradi. U savobdan mahrumligini va jazoga giriftor bulishini ham biladi, ammo bidatchi uzini haq yulda deb uylaydi hamda uzgalarni unga ergashmaganlikda ayblaydi. Bidati uchun savob olishiga qattiq ishonadi. Biz bu maqomda «bidati sayyia» – yomon bidat haqida suz yuritdik, aynan shu turdagi bidat banda nafsining kirlanishiga va akhloqining buzilishiga sabab buladi.

Har bir banda boshqa salbiy narsalar kabi bidatdan ham uzoqda bulishi lozim.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари