Home / Iqtisodiyot / Ipoteka kreditining boshlangich badal va foizlarning bir qismi davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi
Место рекламы

Ipoteka kreditining boshlangich badal va foizlarning bir qismi davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya tulash tartibi tugrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Foto: KUN.UZ

Nizomga muvofiq:

•  uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlangich badal va (yoki) foizlarning bir qismi davlat byudjeti mablaglari hisobidan qoplab beriladi;

•  uy-joy sharoitlarini yakhshilashga muhtoj bulgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun ariza beriladi, ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar buyicha baholanadi;

•  tuman (shahar)da uy-joy sotib olish uchun subsidiya tulanadigan talabgorlarni tanlash buyicha komissiyalar faoliyati tashkil etiladi va ijtimoiy mezonlar buyicha baholash natijalari kurib chiqiladi.

Nizomda belgilanishicha, ariza beruvchi subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat khizmatlari markazlari (DKhM)ga uzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat khizmatlari portali (YaIDKhP)da davlat khizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ruykhatdan utadi.

Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari buyicha subsidiya olish tugrisidagi arizani uning oila azolari berishi mumkin.

DKhMlar va YaIDKhP orqali kursatiladigan khizmatlar ariza beruvchilarga tulovlarsiz amalga oshiriladi.

Subsidiya olish uchun ariza berish muddati yilning 1 martidan 1 oktyabrigacha bulib, ushbu muddat tugagandan keyin taqdim etilgan arizalar kurib chiqilmaydi.

Subsidiya tulanadigan fuqarolarni tanlab olish buyicha komissiya taqdim etilgan hujjatlar va malumotlar asosida hamda ijtimoiy mezonlar buyicha baholash natijalariga kura ariza beruvchiga ipoteka kreditlari buyicha subsidiya berish yoki berishni rad etish tugrisida qaror qabul qiladi.

Boshlangich badal uchun subsidiya  shaharlarda  sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 20 foizi, qishloq joylarda esa kamida 10 foizini tashkil etadi.

Taqdim etiladigan subsidiyalar bir oilaga (oila azolarining bittasiga) faqat 1 marta beriladi.

Nizom doirasida shahar va qishloq joylarda birlamchi bozordagi uy-joylar aholiga bozor shartlari asosida belgilanadigan foiz stavkalarida ipoteka kreditlari asosida sotiladi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Khorazm viloyatidagi bazi hududlar Tuproqqala tumani tarkibiga kiritiladi

Khorazm viloyati hokimligida khalq deputatlari kengashining navbatdagi sessiyasi bulib utdi. Unda Hazorasp tumani, Pitnak shahri …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари