Home / Madaniyat / Insonga umr nima uchun beriladi?

Insonga umr nima uchun beriladi?

umrAlloh taboraka va taolo Uzining azaliy irodasi va qudrati bilan inson zotini barcha mavjudotlardan aql, tafakkur bilan afzal va mumtoz etib yaratdi. Inson hayotiga zarur bulgan barcha narsalarni, shu jumladan, uning umrini, vaqtini belgilab, hisoblab, chegarasi, qadr-qiymati bilan khalq etdi.

U Zot Quroni Karimda khabar berib bunday deydi: «Uning dargohida har bir narsa ulchovlidir».

Shundan kelib chiqqan holda, har birimiz uzimizga berilgan vaqtdan unumli foydalanishga intilishimiz lozim ekan. Ulug ajdodlarimiz, buyuk olimlarimiz vaqtlariga juda qizganchiq bulishgan. Zero, ular inson uchun berilgan vaqtni chegarali va qiymati yuqori ekanligini yakhshi bilishgan va shunga muvofiq amal qilishgan.

Hamonki, suhbatimiz inson umri haqida ekan, avvalambor shuni aytish lozimki, umr insoniyatga berilgan eng bebaho nematdir. Insonning yaralishi, hayot kechirishi va okhir-oqibat dorulfanodan dorulbaqoga rihlat etishi Alloh tomonidan joriy qilib quyilgan uzgarmas qonundir.

Khush, insonga umr uzi nima uchun beriladi, inson bu umrda nimalar qilishi kerak, degan savollar tugilishi tabiiydir. Ushbu savollarga javoban Haq taboraka va taolo Quroni Karimning Mulk surasida bunday marhamat qiladi: «U (Alloh), sizlarning qay biringiz yakhshiroq amal qilishingizni sinash uchun ulim va hayotni yaratgan Zotdir ».

Ushbu oyati karimadan inson umri bekorga berilmagani, uni behuda ishlar, kayfu safo va bekorchilik, dangasalik va tanballik bilan zoe qilish uchun emas, balki khayrli amallar, foydali ishlar, elu yurtga manfaat keltiradigan hamda okhirat uchun zahira buladigan buyuk ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qimmatli fursat ekani oydinlashadi.

Inson umri cheklangan. U malum yillar, malum oylar, kunlar, soatlar, daqiqalar, boringki, malum lahzalardan iborat. Shunday ekan, utayotgan har bir onimizning qadriga etmasak, vaqt hamisha bizning zararimizga ishlaydi

Mashhur tobeinlardan Hasan Basriy hazratlari: «Ey odam bolasi, sen malum kunlardan iboratdirsan. Sen uchun bir kuning ketishi bir qisming, bir bulaging ketishi demakdir», degan ekanlar.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари