Home / Madaniyat / Inson amalining masalasi
Место рекламы

Inson amalining masalasi

insonBu masalaning nomi bir nechta. Bazilar mashiat-istak masalasi desa, boshqalar bandalarning amali masalasi ham deydi. Khulosa qilib aytadigan bulsak, inson uz faoliyatida erkinmi yoki hamma narsa faqat Alloh taoloning irodasi bilan buladimi, degan masaladir.

Inson amali masalasi ham avvalgi, qazoi qadar masalasiga chambarchas bogliqdir. Ikki masala – egizak, desak khato qilmagan bulamiz.

Bu masala qadimda kupgina ikhtiloflarga sabab bulgan masaladir. Musulmonlar ichida ham bu masalaga turli qarashlar bulgan va bu masalada tugri fikrlardan kura khatolar kup bulgan.

Khatolarning hammasi Alloh taoloning guzal ismlari va sifatlarini tugri tushuna olmay, ularni insoniy qolipga solishga harakat qilish tufayli yuzaga chiqqan.

  1. Jabriya mazhabi

Bazi kishilar, hamma narsa Alloh taolodan, inson uzicha bir narsa qila olmaydi, u bu dunyoda khuddi dengizga otilgan chupga ukhshaydi. Uni tulqin qaysi tarafga olib ketsa, ketaveradi, deydilar. Ularning fikricha, inson har bir ishni majbur bulgan holda qiladi. Shuning uchun ham bu fikrga ergashganlarni jabriya mazhabidagilar deb ataladi. Ular Alloh taologa jabr nisbatini beradilar.

Jabriya mazhabidagilar uz fikrlarini qullash uchun Quroni Karim oyatlaridan dalillar keltiradilar.

Alloh taolo «Soffot» surasida:

«Holbuki, sizni ham, qilgan amallaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!» degan (96-oyat).

Demak, Alloh taolo insonning uzini ham, amalini ham yaratadi. Inson Alloh taolo yaratgan amalni qilishga majbur buladi.

Alloh taolo «Anfol» surasida aytadi:

«Ularni siz uldirmadingiz, balki Alloh uldirdi. Otgan paytingda, sen otmading, balki Alloh otdi» (17-oyat)

Ey muminlar, bilib quyinglar, Badr urushida mushriklarni haqiqatda siz uldirganingiz yuq, balki Alloh uldirdi. Ha,

«Ularni siz uldirmadingiz, balki Alloh uldirdi».

Buning uchun Allohga shukr qiling.

«Otgan paytingda, sen otmading, balki Alloh otdi».

Yani ey Paygambar, bir siqim tuproqni olib otganingda, sen otganing yuq, balki Alloh otdi.

Badr urushida Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam siqimlariga tuproq olib, mushriklar tomonga «Shahatil vujuh» (Yuzlar qaro bulsin!) deb otganlari rivoyatlarda sobit.

Bu ham inson uz harakatida faqat Alloh taoloning qilgan majburi ostida bulishiga yorqin dalil.

Jabriya mazhabining boshqa bir nomi jahmiyadir. Bu nom ularga uzlarining boshliqlari 118 hijriy sanada vafot etgan Jahm ibn Safvon Samarqandiyning ismidan utgan.

Ahli Sunna val jamoa mazhabining Jabriya mazhabidagilarning daliliga javobi:

  1. Birinchi oyatni dalil qilganlariga javob quyidagicha:

Bu oyat uzidan oldingi oyatdagi jumlaning javobidir. Ikki oyat qushilib bir jumla bulgan. Ushanday bulganda mano «Uzingiz yunib yasagan narsaga ibodat qilasizlarmi?! Holbuki, sizni ham, qilgan narsalaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!» buladi.Yani sizni ham, sizlar qulingiz bilan yunib yasab ibodat qilayotgan narsangizni ham, Alloh yaratgan-ku?!

  1. «Otgan vaqtingda sen otganing yuq. Lekin Alloh otdi» (Anfol: 17) oyati ularning foydasiga emas, qarshisiga dalildir. Chunki Alloh taolo Uzining «Otgan vaqtingda», deyishi bilan Uz Rasuli sollallohu alayhi vasallamning otganlarini isbot qilmoqda.

Kurib-bilib turilibdiki, «otgan vaqtingda» deyish bilan isbot qilingan narsa boshqa, «otganing yuq» deyish bilan manfiy qilinayotgan narsa boshqa.

Buning tafsiloti quyidagicha;

Albatta, otishning ibtidosi bor, intihosi bor. Uning ibtidosi siltash va uloqtirishdir. Intihosi esa muljalga tegishidir. Ularning ikkisi ham «otish» deb nomlanadi.

U vaqtda oyatning manosi, uloqtirgan vaqtingda muljalni urganing yuq. Muljalni Alloh urdi, buladi.

Agar shundoq bulmasa «Namoz uqigan vaqtingda sen namoz uqiganing yuq. Lekin Alloh namoz uqidi, deyishga tugri keladi.

Shuningdek, ruza tutgan vaqtingda sen ruza tutganing yuq. Lekin Alloh ruza tutdi.

Zino qilgan vaqtingda sen zino qilganing yuq… Ugrilik qilgan vaqtingda sen ugrilik qilganing yuq… va hokazo.

Buning fasodligi ochiq-oydin kurinib turibdi.

  1. Qadariya mazhabi

Mazkur masalada jabriya mazhabiga tamoman zid fikrni aytganlar qadariylardir. Ular qadarni inkor qiladilar va inson uz amalini uzi khalq qiladi, deydilar. Ularning fikricha, insonning uz qudrati bulib, u uz amallarini uzi yaratadi, Alloh taoloning bu ishga hech dakhli yuq. Bu fikrga mutaziliylar ham qushilganlar.

Qadariya mazhabidagilar ham jabriya mazhabidagilarga ukhshab uz fikrlarini qullash uchun dalillar keltiradilar.

Alloh taolo «Muminun» surasida:

«Bas, kholiq(yaratuvchi)larning eng yakhshisi Alloh muborak buldi», degan (14-oyat).

Ushbu oyatdan bilinib turibdiki, Alloh kholiq (yaratuvchi)larning bittasidir, qolganlari esa bandalardir.

Alloh taolo «Voqea» surasida:

«Qilib utgan amallari uchun jazodir», degan(24-oyat).

Demak, okhiratdagi jazo bu dunyodagi amallarga bogliqdir. Bandalar qilib utgan amallarining jazosi yoki mukofotini oladilar.

«Qadariya»–bandalar uz ishlarini qilishga qodirdir, ularni yaratuvchidir, deb etiqod qiluvchilardir. Ular har bir yakhshilik yoki yomonlik Allohning taqdir qilishi bilan bulishini inkor qiladilar. Ularning nazdida bandaning ishi Allohning qadari, ilmi va irodasi bilan bulmaydi.

Qadariya mazhabining bu fikriga mutazila mazhabi ham qushilgan.

Ahli sunna val jamoa mazhabi ulamolari qadariya mazhabining dalillariga ham kuchli raddiyalar berganlar.

Birinchi oyatning manosi, «surat beruvchilarning, taqdir qiluvchilarning eng yakhshisidir», deganidir.

Zero arablarda bazi vaqtlarda «khalq» suzi yaratish deya zikr qilinib, unda taqdir qilish manosi iroda qilinadi.

«Qilib utgan amallari uchun jazodir»(Voqea: 24) oyatining manosi, qilib utgan amallari sababidan jazo yoki mukofot beriladi, deganidir.

Yani bandalar jannatga yoki duzakhga amallari sababidan kiradilar. Sabablarni yaratuvchi esa Allohdir.

Ushbu oyatda ishlatilgan «bo» harfi sabab manosini ifoda etadi.

  1. Ahli sunna mavqifi.

Bu masalani mutadil ravishda echgan mazhab Ahli sunna val jamoa mazhabidir.

Ammo Ahli sunna val jamoaning ikki bosh yunalishi–Ashariylar va al-Moturidiylar orasida ham biroz turlichalik mavjud.

Ashariylar fikriga kura, insonning barcha ishlarini Alloh taoloning Uzi vujudga keltiradi. Insonning bunga dakhli yuq. Inson uz amalini kasb qiladi, kholos. Kasb esa yangi quvvat bilan amalning oddiy yaqinlashishidir. Inson usha kasbiga qarab savob yoki gunoh oladi.

Ammo bu gap kupchilik Ahli sunna val jamoa ulamolari tomonidan tanqid qilingan.

Eng maqbul gapni al-Moturidiylar aytganlar. Ularning fikricha: insonda uzi qilmoqchi bulgan ishni bajarishga istitoat bor. Khuddi shu narsa savob va gunohga sabab buladi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

vKNYzK1LhHGS5YdWMC2UioBfj3bOR8qc

«Sirli dushman kimning ichiga yashiringanini bilmaymiz»: Italiyadagi hayot haqida hikoya

Sisiliyadagi plyajda joylashgan bar egasi Katya Afonina qatiy karantin sharoitida Italiyaning eng yirik orolidagi hayot …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари