Home / Iqtisodiyot / Ilovalar, videokuzatuv va harorat skanerlari: Khitoyda karantinga amal qilinishi qanday nazoratga olindi?
Место рекламы

Ilovalar, videokuzatuv va harorat skanerlari: Khitoyda karantinga amal qilinishi qanday nazoratga olindi?

Koronavirus tarqalishini tukhtatish maqsadida karantin cheklovlari ilk bor Khitoyda joriy etilgandi. Bu mamlakatda karantin choralariga rioya qilinishi ustidan nazorat qanday tarzda amalga oshirildi?

Foto: Kevin Frayer / Getty Images

Khubey provinsiyasi yanvarda koronavirus tarqalishi uchogiga aylangandi. Bugungi kunda Khitoy kasallanganlar soni buyicha yuqori uchlikka kirmaydi, mamlakatda virus tarqalishi tezligi sezilarli darajada pasaydi.

Mart okhirida hukumat epidemiya tukhtaganini elon qildi va karantin choralarini yumshatishga utdi. Khitoyda karantinga rioya qilinishi makhsus ilovalar va videokuzatuv moslamalari yordamida nazorat qilindi.

Ilovalar va chatlar

Alipay Health Code ilovasi Alibaba kompaniyasining shuba kompaniyasi bulgan Ant Financial kompaniyasi tomonidan hukumat qullab-quvvatlovi ostida ishlab chiqildi. Ilova 11 fevralda Khanchjouda ishlay boshladi, hozirda 200ta shaharda ishlamoqda.

Tizimda ruykhatdan utgan har bir kishiga uning salomatligi holatini kursatuvchi yashil, sariq yoki qizil rangli kod beriladi. Yashil kod egasi erkin harakatlanishi mumkin. Sariq rangli kod egalaridan bir hafta uydan chiqmaslik suraladi, qizil kod esa ikki haftalik karantinni utash shartligini bildiradi. Foydalanuvchi qarindoshlari tugrisidagi hamda uzining mamlakat ichida yoki tashqarisida bulganligi haqida malumotlar kiritiladigan makhsus anketani tuldirgach, dastur uchta rangdan birida QR-kod beradi. Tizim shuningdek, aviabiletlar, poezd va avtobus biletlarini bronlash tugrisidagi malumotlardan avtomatik ravishda foydalanadi.

 Ilova ishga tushgach, aksariyat foydalanuvchilar kod tushunarsiz sabablarga kura kun davomida uz rangini uzgartirishidan shikoyat qila boshlashdi. Ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklar kuchaygach, provinsiya hukumati dasturda nosozliklar mavjudligini tan oldi.

New York Times dastur kodini tahlil qildi va ilova foydalanuvchi tugrisidagi malumotlarni polisiyaga taqdim etishini aniqladi.

Ilovadan tashqari, WeChat va Weibo kabi ijtimoiy tarmoqlarda odamlarga bemorlar haqida khabar berish imkonini beruvchi qaynoq liniyalar faoliyat kursatadi. Ayrim shaharlarda mahalliy hokimiyat kasallikka chalinganlar tugrisida khabar berganlarga mukofot taklif qildi. Yana bir ilova — Close Contact Detector foydalanuvchiga kasallik yuqtirganlar bilan muloqot qilgan-qilmaganligini aniqlash hamda uzini-uzi izolyasiya qilish imkonini beradi. Ilovada shuningdek, bemorlar yashayotgan uylarni kursatuvchi kharita ham bor.

 Kameralar, yuzni tanish tizimlari va harorat skanerlari

2019 yil okhirida Britaniyaning Comparitech kompaniyasi shaharlarning kameralar bilan jihozlanishi borasida tadqiqot utkazdi. Khitoy shaharlari ruykhatda etakchi buldi: masalan, Uhanda har ming kishiga 60ta kamera tugri keladi. Kameralarning keng joriy etilishi davlat ijtimoiy kredit tizimi — fuqarolarni turli kursatkichlar buyicha baholash tizimi bilan bogliq.

Ammo karantinga amal qilinishini kuzatishda kameralar yordam berishiga kuz tikkan hukumat muammoga duch keldi – yuzni tanish tizimi aholi niqob va respirator taqib olganligi sababli ish bermadi. Hukumatga vokzallarda urnatilgan harorat skanerlari kumak berdi – ular yulovchilarning haroratini ulchaydi. Kimning harorati yuqori bulsa, vokzallardagi izolyasiya khonalariga junatilib, tibbiy tekshiruvdan utkaziladi, u haqdagi malumotlar esa bazaga, jumladan, Alipay Health Code ilovasiga kiritiladi.

 Kameralar avtomobillarning harakatlanishini kuzatishga yordam beradi — avtomobil shahar chegarasini kesib utishi bilan hokimiyatga avtomobil raqami hamda uning egasi tugrisidagi malumotlar kelib tushadi va agarda uzini-uzi izolyasiya qilish rejimi buzilgan bulsa, u ushlanadi.

Khitoyda – Shinjonda fuqarolar ustidan ommaviy nazorat urnatish buyicha tajriba bor. Bu haqda 2018 yil sentyabrda Meduza nashri batafsil hikoya qilgandi: hukumat uygurlar etiqod qiladigan islom dinini tahdid sifatida kuradi va uni diniy ekstremizm bilan boglaydi, shaharda millionlab kameralar urnatilgan, barcha telefon qungiroqlari va aholining harakati kuzatuv ostida.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

5d3vLoHyWi4_7RCD0VaYDLOIaVI_jA4p

Shveysariyadagi ish beruvchilarga masofadan ishlayotgan khodimlarning ijara haqini tulash majburiyati yuklandi

Foto: Pexels Shveysariyadagi ish beruvchi korkhonalarga masofadan turib ishlayotgan khodimlarining turarjoyi ijara haqining bir qismini …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари