Home / Madaniyat / Ilohiy kitoblarga iymon keltirish

Ilohiy kitoblarga iymon keltirish

kitoblarIlohiy kitoblarga iymon keltirish Islom aqidasi arkonlaridan biridir. Ushbu aqidasiz ham iymonli bulish mumkin emas. Ilohiy kitoblarga iymon keltirishning manosi usha kitoblarning Allohning kalomidan iborat ekaniga ishonmoqdir.

Bunga Quroni Karimda va Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida dalillar kup.

Alloh taolo «Baqara» surasida: «Paygambar unga uz Robbisidan tushirilgan narsaga iymon keltirdi, muminlar ham. Barcha, Allohga va uning farishtalariga, kitoblariga, paygambarlariga iymon keltirdi», degan(Baqara: 285).

Biz Alloh taolo Uz paygambarlariga, kitoblar tushirganiga umumiy iymon keltiramiz. U kitoblarning haqiqiy soni va ismlarini Allohning Uzi biladi. Shu bilan birga, Alloh taolo Quroni Karimda bazi ilohiy kitoblarning nomini aytgan.

I. Ibrohim alayhissalomning sahifalari.

Ibrohim alayhissalomga tushirilgan vahiylar tuplami «Sahifalar» deyilgan, ulamolarimizning aytishlaricha, ular malum varaqlar bulib, kitob darajasiga etmagan.

Alloh taolo «Alaa» surasida khabar berib:

«Albatta, bu avvalgi sahifalarda bordir. Ibrohim va Muso sahifalaridadir», degan (18-19-oyatlar).

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan uzun hadisda jumladan shunday deyiladi:

«…Ey, Allohning Rasuli, Sizga Alloh Ibrohim va Muso sahifalaridagi narsadan ham biror narsa tushirdimi?»–deb suradim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Ey Abu Zarr «…Inna haza lafis suhufil uula, suhufi Ibrohima va Musa»ni uqi»,–dedilar.

«Ey Allohning Rasuli, Ibrohimning sahifalarida nima bulgan?»–dedim.

«Barchasi zarbulmasal bulgan… Oqil kishi zamonini tanigan bulmogi, tilini tiymogligi shart. Kimki kalomini amalidan hisoblasa, kalomi oz buladi»,–dedilar.

«Ey Allohning Rasuli, Musoning sahifalarida nimalar bulgan?»–deb suradim.

«Hammasi ibrat bulgan, qazoi qadarga ishonib turib gazablangan odamdan, okhiratda hisob-kitob bulishini bilib turib, amal qilmagan odamdan ajablanaman»,–dedilar».

Mumin-musulmon odam Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga sahifalar nozil qilganiga jazm ila iymon keltirishi lozim.

II. Zabur.

Alloh taolo Dovud alayhissalomga «Zabur»ni nozil qilgan. Zaburning lugaviy manosi–«maktub», yani yozilgan deganidir.

«Batahqiq, Biz zikrdan sung Zaburda ham: «Albatta, erga solih bandalarim meroskhur bulurlar», deb yozgan edik» (Anbiyo: 105).

Ulamolarimiz ushbu oyati karimadagi «zikr» va «er» suzlaridan kuzlangan maqsad haqida ikki khil fikr bildirganlar. Bazilari, «zikr»dan murod Tavrotdir, shunga kura, oyatning manosi:

«Batahqiq, Biz Tavrotdan sung Zaburda ham: «Albatta, erga solih bandalarim meroskhur bulurlar», deb yozgan edik» buladi, deydilar.

Boshqalari esa, «zikr»dan murod – Lavhul Mahfuz, binobarin, avval usha manoni Lavhul Mahfuzga yozib, keyin Zaburga ham yozgan edik, manosi chiqadi, deganlar.

Alloh taolo boshqa bir oyatda quyidagilarni aytadi:

«Biz senga khuddi Nuh va undan keyingi paygambarlarga vahiy yuborganimizdek vahiy yubordik. Biz Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaqub, Asbot, Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonlarga vahiy yubordik. Dovudga esa Zaburni berdik» («Niso»: 163).

Alloh taolodan Zabur berilib, paygambar bulgan vaqtlarida Dovud alayhissalomning yoshlari qirqda edi, deydilar tarikhchilar. Zabur turt ilohiy kitobning biri ekani hammaga malum. Unda mavizalar, ibratlar, kungilni yumshatadigan va zikr qilinadigan narsalar bulgan.

Dovud alayhissalomning ovozlari juda ham shirali bulgan. Yakhshi ovozlar U zotning ovozlariga ukhshatilishi hamma khalqlar odatiga aylangan. Dovud alayhissalom Zaburni tilovat qilganlarida osmondagi qushlar ham tukhtab qolar ekan. Hozirda ahli Zabur qolmagan.

Mumin-musulmon odam Alloh taolo Dovud alayhissalomga Zabur nomli kitobni nozil qilganiga jazm ila iymon keltirishi lozim.

III. Tavrot.

Alloh taolo Muso alayhissalomga «Tavrot»ni nozil qilgan. Tavrot suzi ibroniy tilida «talim» yoki «shariat» manosini anglatadi.

Alloh taolo «Moida» surasida: «Biz Tavrotni nozil qildik. Unda hidoyat va nur bor», degan (44-oyat).

Tavrotni ham ilohiy kitob sifatida Alloh nozil qilgan. Unda odamlarga hidoyat va ikki dunyo saodati yulini kursatuvchi nur bor. Unga amal qiluvchilar aqiyda, ibodat bobidagi hidoyat va yul-yuriqlarni usha Tavrotdan oladilar. Shu bilan birga, Tavrot faqat akhloq-odob va bazi diniy marosimlarning majmuasi emas. Unda kishilar hayotini boshqarib turuvchi talimotlar, hukmlar bor.

Ammo ushbu oyatda zikr qilingan Tavrot yuqolgan. Uning qaerdaligini hech kim bilmaydi.

Hozirda yahudiylarning qulida bor narsa «Eski ahd» deb nomlanadi. U esa tuqson tuqqizta sifrdan iborat. U uch qismga: Tavrot, Anbiyo va Kitoblarga bulinadi.

Tavrot Muso alayhissalomning besh kitobidir. Ular: Takviyn, Khuruj, Lovyuun, Adad va Tasniyalar.

Anbiyo ikki qismga bulinadi: Avvalgilar va okhirgilar.

Kitoblar: Mazomiyr, Amsol, Ayyub va boshqalardan iborat.

Alloh taolo «Baqara» surasida yahudiylar tomonidan ilohiy kalom buzilganligi khabarini berib quygan: «Ularning iymon keltirishlarini tama qilasizlarmi? Va holbuki, ulardan bir guruhlari Allohning kalomini eshitar edilar va sungra, uni tushunganlaridan keyin, bilib turib buzar edilar» (75-oyat).

Bu oyati karimada musulmonlarga qilinayotgan khitob usha paytda bazi ikhlosli muminlar, yahudiylar iymonga kelib qolsalar kerak, degan orzuda bulganlarini kursatadi. Albatta, ularning bundoq tama qilishlariga asos bor edi. Ular bilan Madiynada birga yashab kelayotgan yahudiylar, ilohiy kitobga ega khalq sifatida, yaqinda okhirzamon Paygambari chiqishi, ular ul Paygambarga birinchi bulib iymon keltirishlari haqida tinmay gapirar edilar. Arablarning kuplari yahudiylardan vasfini eshitgan Paygambar – Muhammad sollallohu alayhi vasallamni kurishlari bilan iymonga keldilar. Endi esa yahudiylarning uzlari ham iymonga kelishini tama qilishayotgan edilar. Alloh taolo oyatning avvalida ularning mazkur holatlarini vasf etib:

«Ularning iymon keltirishlarini tama qilasizlarmi?» – demoqda.

Yani Ey musulmonlar, sizlar, yahudiylarning iymon keltirib, mumin-musulmon bulishlaridan umidvor bulyapsizlarmi?

Agar sizlarda shundoq umidvorlik haqiqatda bulsa, bilib quyingki, ish siz uylagandek emas, hol boshqacha.

«Va holbuki, ulardan bir guruhlari Allohning kalomini eshitar edilar va sungra, uni tushunganlaridan keyin, bilib turib, buzar edilar».

Bunday odamlarning iymon keltirishlariga umid qilib bulmaydi. Chunki iymon uziga yarasha poklik, musaffolik, nurni qabul qilib olishga istedod talab qiladi. Ammo yahudiylarda bu narsaga yaqinlik hech sezilmayapti. Ularning eng yakhshi vakillari bulmish diniy olimlariki Allohning kalomini eshitib, uni tushunib etgandan sung, bilib turib buzsalar, qolganlari nima ham qilar edi.

Tavrot buzilganligini boshqa din vakillari ham, hozirgi zamon ilmi ham tasdiqlagan.

Mashhur fransuz tabibi Moris Bukay uzining dunyoga dongi ketgan kitobi «Tavrot, Injil, Quron va ilm»da, jumladan, Tavrotning odamlar tomonidan buzilganligi haqida quyidagilarni yozadi: «Mana shulardan «Eski ahd»ga inson uzidan qushgan narsalar qanchalar katta hajmda ekani bilib olinadi. Bu bilan uquvchi kuchirishlar va tarjimalar asnosida «Eski ahd»ga nimalar etganini bilib olishi oson. Mazkur tuzatishlar ikki ming yil davom etgan.

Takviyn sifrida hozirgi zamon ilmiga nisbatan eng kup qarama–qarshiliklar tuplangan. Biz ulardan uchtasini aytib utamiz.

1. Olamning yaratilishi va uning bosqichlari.

2. Odamning yaratilishi tarikhi va insonning er yuzida paydo bulishi tarikhi.

3. Tufon rivoyati.

Men yahudiylar ibodatkhonasida un sakkiz yil ravvin bulib ishlagan janob bilan ularning ibodatkhonasi ichida kupchilikning guvohligida bahs olib bordim. Janob ravvin bizga uzlari uqiydigan Tavrotni olib kelib kursatdi. Keyin, iltimosimga binoan, tugri kelgan bir oyatni uqib, tarjima qilib berdi. Unda «Alloh Musoga Bani Isroilning tadbirini kurib, ishini tugrila, dedi» degan mano bor edi.

Sungra, oramizda quyidagi savol-javob bulib utdi. Men suradim. Ravvin janoblari javob berdi.

— Qulingizdagi Muso alayhissalomga nozil bulgan Tavrotning uzimi?

— Yuq. Musoga Alloh matnni uz quli bilan tosh lavhalarning ikki tarafiga yozib bergan.

— Unda Tavrotning asl nuskhasi kup turmagan ekan-da?

— Yarim kun turgan. Muso Khudoning oldidan qaytib kelganda Bani Isroilning oltin buzoqqa ibodat qilayotganini kurib, qulidagi toshlarni erga urib sindirgan.

— Keyin nima bulgan?

— Muso Khudoning oldiga yana qaytib borganda, toshning bir tarafiga yozib bergan va uni olib kelib sandiqqa solib quygan.

— Sizning qulingizdagi Tavrot ushandan kuchirilgan nuskhami?

— Yuq. Bu boshqa narsa. Bu, Musodan ikki ming yil keyin yozilgan nuskha.

— Ungacha nima bulgan?

–Ungacha Musoning davrida yozilgan nuskha bulgan. U yuqolgandan keyin, buni khuddi ushanga ukhshatib yozilgan.

–Usha dastlabki nuskhadan tarjimami bu?

–Yuq. Til bir. Ammo harflar boshqa. Shundoq bulsa ham, manosi saqlanib qolgan.

— Qulingizdagi Tavrotning uzimi yoki boshqa narsa ham bormi?

— Tavrotning uzi. Beshta kitobdan iborat.

— Shuncha narsani toshga yozib, sandiqqa solib quysa buladimi?

— Mumkin emas.

— Khudo quli bilan toshga yozib berganda Muso alayhissalom sandiqqa solib quygan ekanlar-u?

— Yuq. Toshga yozilgan narsa nimaligini birov bilmaydi.

— Unda Tavrot qani?

— Tavrotni Muso uzi yozgan. Khudo unga yozishni buyurgan. U uz ulimini ham yozgan.

— Qandoq qilib uzining ulimini uzi yozish mumkin?

— Khudo amr qilgan, sungra bulgan.

—   Siz bizga uqib tarjima qilib bergan matnda «Alloh Musoga Bani Isroilning tadbirini kurib, ishini tugrila, dedi» degan mano bor edi. Muso alayhissalom uzlari haqida uzlari shunday yozishlari mumkinmi?

–Bu buyuk savol. Unga Tavrotni sharh qilganlar ham javob topa olmaganlar».

Bu suhbatga izoh berishni lozim topmadim. Muhtaram uquvchining uzi khulosa chiqarib olar, degan umiddaman.

IV. Injil.

Alloh taolo Iyso alayhissalomga «Injil»ni nozil qilgan. Injil yunoncha lafz bulib, «bashorat» manosini bildiradi.

Iyso alayhissalom uttiz yoshga etganlarida u zotni Alloh taolo Paygambar qilib yubordi. Iyso alayhissalomning Paygambar etib yuborilishlari va ushanda u zotning uz qavmlariga aytgan gaplari haqida bir qancha oyati karimalar kelgan. Shulardan bazilarini urganamiz:

«Ularning izlaridan Iyso ibn Maryamni uzidan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi qilib yubordik. Unga Injilni berdik. Unda hidoyat va nur bor. U, uzidan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchidir. U taqvodorlar uchun hidoyat va mavizadir» (Moida: 46).

Alloh taolo, yahudiylarning paygambarlari izidan Iyso ibn Maryamni Paygambar qilib yubordik, deydi. Iyso ibn Maryam alayhissalom uzlaridan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi bulib kelganlar. Alloh taolo u zotga Injil kitobini bergan.

«Unda hidoyat va nur bor.»

Injilda ham kishilarga tugri yulni kursatuvchi hidoyat va ularga ikki dunyo saodat yullarini yorituvchi nur bor.

«U uzidan oldingi Tavrotni tasdiqlovchidir.»

Yani Injil Tavrot shariatiga bazi uzgarishlar kiritgan, kholos. Shu bilan birga:

«U taqvodorlar uchun hidoyat va mavizadir».

Ha, ilohiy kitoblardagi hidoyatdan manfaat topish uchun taqvoli bulish kerak.

Bu kitoblardagi hidoyat va nurning foydasi taqvosi borlarga tegadi. Taqvodan kholi, gaflat bosgan qalblarga esa bu nur va hidoyat kirib bormaydi. Alloh tushirgan kitobda hidoyat mavjudligi aniq, nur mavjudligi aniq, endi usha hidoyat va nurdan manfaat topish uchun ochiq-hassos qalb kerak. Tasirchan qalb kerak. Mogor bosib, toshga, kesakka aylangan qalb kerak emas.

«Zukhruf» surasidagi quyidagi oyatlardan ham Iyso alayhissalomning yangi Paygambar bulib borgan choglarida uz qavmlariga aytgan gaplaridan namuna kelgan:

«Iyso ochiq-oydin hujjat-mujizalar bilan kelgan chogida: «Batahqiq, men sizga hikmatni keltirdim va bazi siz ikhtilof qilayotgan narsalarni bayon qilish uchun keldim. Bas, Allohga taqvo va menga itoat qilinglar.

Albatta, Alloh mening ham Robbim, sizning ham Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Mana shu tugri yuldir», – dedi» (63-64-oyatlar).

Iyso alayhissalom qavmlariga Allohning vahdoniyatiga va uzlarining haq Paygambar ekanliklariga dalolat qiluvchi ochiq-oydin oyatlar, gap-suzlar va ochiq-oydin mujizalar bilan keldilar. U zot uz qavmlariga usha payt:

«Batahqiq, men sizga hikmatni keltirdim…» – dedilar.

Hikmat ulug nematdir. Hikmat paygambarlikdir. Yana Iyso alayhissalom qavmlariga:

«…va bazi siz ikhtilof qilayotgan narsalarni bayon qilish uchun keldim»,–dedilar.

Chunki, u qavm Muso alayhissalom shariatlari haqida kupdan-kup ikhtilofga tushgan, har khil mazhab va firqalarga bulinib ketgan edi. Iyso alayhissalom ularga usha ikhtiloflar haqidagi hukmni bayon qilib berdilar. Va:

«Bas, Allohga taqvo va menga itoat qilinglar»,–dedilar.

Allohga taqvo qilmaslik oqibatida mazkur ikhtiloflar kelib chiqqan edi. Paygambarga itoat etmaslik oqibatida mazkur ikhtiloflar kelib chiqqan edi. Bas, endi u ikhtiloflarni yigishtirib, Allohga taqvo qiling va menga itoat eting, ana shunda ish yakhshi buladi.

«Albatta, Alloh mening ham Robbim, sizning ham Robbingizdir.»

Demak, Iyso alayhissalom qavmlariga: «Alloh mening Robbim», deganlar. Alloh mening otam, degan emaslar. Demak, Alloh taolo boshqa bandalarga Robb bulgani kabi, Iyso alayhissalomga ham Robbdir. Bu haqda ortiqcha gap behuda.

«Bas, Unga ibodat qiling.»

Demak, Iyso alayhissalom menga ibodat eting, degan emaslar, aynan Allohga ibodat qiling, deganlar. Kimki, boshqa gap aytsa, yolgon aytibdi.

U kishining uzlari ham:

«Mana shu tugri yuldir»,–dedi».

Yani Allohga ibodat qilishlik tugri yuldir, dedilar. Lekin u kishining qavmlari bu kursatmaga amal qilmadilar.

«Saf» surasida esa Iyso alayhissalom uz vazifalaridan yana boshqalarini bayon qiladilar:

«Iyso ibn Maryam: «Ey, Bani Isroil, albatta, men uzimdan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlash va mendan keyin keluvchi Ahmad ismli Rasulning bashoratini berish uchun Alloh sizlarga yuborgan Paygambarman», deganini esla. Qachonki, u(Ahmad) ularga haq bilan kelgan vaqtda esa bu ochiq-oydin sehrdir, dedilar» (6-oyat).

Ushbu oyatda Iyso alayhissalomning uz ummatlariga aytgan suzlari muhim gaplar bulib, diniy talimotlardagi ulkan masalalarni uz ichiga oladi.

«Iyso ibn Maryam: «Ey, Bani Isroil, albatta, men uzimdan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlash va mendan keyin keluvchi Ahmad ismli Rasulning bashoratini berish uchun Alloh sizlarga yuborgan Paygambarman», deganini esla».

Birinchi masala: «Uzimdan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlash uchun» kelganman, demoqdalar.

Masihiy dini kitoblarida ham Iyso alayhissalom tilidan: «Men nomusni yuq qilish uchun emas, balki tuldirish uchungina keldim», deyilgan ekan.

Ikkinchi masala: «…va mendan keyin keluvchi Ahmad ismli Rasulning bashoratini berish uchun…» kelganman, demoqdalar.

Ahmad Paygambarimizning ismlaridir. Ahmad, Muhammad va Mahmud ismlari Paygambarimizga nom bulib, arabcha shukr, maqtov manosini anglatuvchi «hamd» suzidan olingandir.

Iyso alayhissalomning ushbu bashoratlari Injilda ham kelgan. Yuhanno Injilida: «Agar menga muhabbat qilsalaringiz, vasiyatlarimni tutinglar. Men otadan sizlar bilan abadiy sobit bulish uchun forqilatni talab qilaman», deyilgan.

Lekin zamon utishi bilan rohiblar keyingi nashrlarda bu suzning urniga boshqa suz ishlatadigan bulishgan.

Zamondoshlarimizdan ustoz Ahmad Najjor garb olimlaridan biri doktor Karlu Nilinudan: «Forqilat»ning manosi nima?–deb surasalar, u kishi: «Rohiblar «mazi» deb aytishadi»,–debdi.

Shunda ustoz Najjor: «Men rohibdan emas, balki yunon tili fan doktori Karlu Nilinudan surayapman»,–deb rad qilibdilar. Faqat shu gapdan keyingina ajnabiy doktor: «Bu suzning asl manosi «kup shukr»–hamd»,–debdi.

Sungra, ustoz Najjor «Arabcha «hamd» suzining «Ahmad» shaklida ishlatilishiga tugri keladimi?»–desalar, doktor Karlu: «Ha»,–deb javob qilibdi.

Lekin shunchalik bashoratlar bulsa ham, «Ahmad», yani Muhammad alayhissalom haq din bilan Paygambar bulib kelganlarida, ular iymon keltirmadilar. U kishiga cheksiz hurmatsizlik va dushmanliklar qildilar. U Zotning paygambarliklarini sehr va uzlarini sehrgar dedilar.

Uchinchi masala: Iyso alayhissalom uz tillari bilan: «Alloh sizlarga yuborgan Paygambarman», demoqdalar, khudoman yoki khudoning ugliman, deganlari yuq. Iyso alayhissalomga kelgan masihiy diniga etiqod qiluvchi kishilarning hozirgi aqidasi buyicha u zot khudo yoki khudoning ugli hisoblanadi. Bu esa mutlaqo khato va adashuvdir.

Biz musulmonlar Alloh taolo Iyso alayhissalomga «Injil» nomli kitob nozil qilganiga iymon keltiramiz. Busiz iymonimiz butun bulmaydi.

Lekin usha ilohiy kitobning asli hozir yuq.

Chunki Iyso alayhissalomning vaqtlarida injil kitob shaklida bulmagan. Hech kim hech narsani yozmagan. U zotdan keyin bazi kishilar uzlari kitob yozib, «Mana shu Injil, menga vahiy qilindi. Men yozib oldim», deb chiqdilar. Asta-sekin injil «vahiy qilinganlar» kupayib boraverdi. Okhiri borib ularning soni kupayib ketdi. Ularning har biri uzining injili haq ekanini davo qilar edi. Orada gap-suz, oldi-qochdi kupayib, ikhtiloflar kuchaydi.

Shunda imperator Konstantin 325 melodiy sanada Niqiyada (Nicea) katta majlis chaqirdi. Bu majlisda ikki ming qirq sakkizta patriarkh va mitropolit qatnashdi. Sungra turli jamoalardan ikki mingdan ortiq ruhoniy unlab injillarni kutarib keldilar. Imperator majlis ahli oldiga mavjud injillardan eng ishonchlisini tanlab olish vazifasini quydi. Ular uzoq talashib-tortishganlaridan keyin turt dona injilni tanladilar.

Hozirda nasorolar etiqod va amal qiladigan injillar ana usha turt injildir.

1. Mutto injili.

Bu injil eng qadimgi injil hisoblanadi. U Iyso alayhissalomdan turt yil keyin yozilgan. U ibroniy tilda yozilgan edi. Ammo usha asl nuskha ham yuq. Hozirgisi esa ushaning tarjimasi. Lekin tarjimon ham, u qaysi matndan tarjima qilgani ham hozirgacha malum emas.

Buning ustiga, bu injilning muallifi Mutto Iyso alayhissalomning havoriylaridan emasdi. Keyinroq uni khoin Yahuzoning urniga saylashgan edilar.

Ana shundoq tarikhga ega yozuvni muqaddas kitob emas, oddiy ishonchli kitob, deb buladimi?

2. Markos injili.

Bu injil yunon tilida Iyso alayhissalomdan yigirma uch yil keyin yozilgani aniq. Ammo uni kim yozgani noaniq. Bazi nasorolar, uni Pyotr yozgan, deydilar. Boshqalari esa, uni Pyotrning ulimidan keyin Markos yozgan, deydilar.

Bu injilni nima deyish mumkin? Yigirma uch yildan sung, Masiyh alayhissalom gapirmagan tilda yozilgan, kim yozgani aniqmas kitob, muqaddas kitob bula oladimi?

3. Luka injili.

Bu kitob Masiyh alayhissalomdan yigirma yil keyin yozilgan. Luka u zotning shogirdlaridan emas. U Polning shogirdi. Uning ustozi ham Iyso alayhissalomni kurgan emas. Buning ustiga Pol nasorolikka dushman bulgan yahudiylardan ekan. Shuning uchun hiyla bilan nasorolikka qarshi kup buzgunchiliklar qilgan ekan.

Bundoq kitobni «muqaddas kitob» deyish mumkinmi?

4. Yuhanno injili.

Bu injil Iyso alayhissalomdan uttiz ikki yil keyin yozilgan. Bazi nasoro toifalari uni Iyso alayhissalomning shogirdlaridan biri Yuhanno ibn Zabdiy yozgan, deydilar.

Besh yuzta taniqli nasoro olimlari ishtirokida yozilgan Britaniya ensiklopediyasi bu kitobni, «qalbaki» degan ekan.

V. Quron.

Muhammad sollallohu alayhi vasallamga «Quron» tushirilgan. Quron lafzining lugaviy manosi «uqish» degani.

Hozirgi kunda buzilmay, uzgarish kiritilmay qolgan haqiqiy, birdan-bir ilohiy kitob Quroni Karimdir.

Quronni ulamolarimiz quyidagicha tariflaydilar:

«Quron–Allohning Muhammad sollallohu alayhi vasallamga tushirgan, tilovati ibodat hisoblanadigan, ojiz qoldiruvchi kalomidir».

Insu jin, butun dunyo bir bulsa ham, Quronga ukhshash kalom keltira olmaydi. Biz Quroni Karimning manosi ham, lafzi ham, rasmi ham Allohdan, deb etiqod qilamiz.

Quroni Karim uzidan oldingi ilohiy kitoblarni naskh – bekor qilgandir. Quroni Karim kelgandan keyin boshqa ilohiy kitoblarga amal qilish tukhtagan.

Qurondagi barcha narsa haqdir, ulardan birortasiga shak keltirgan kishi kofir buladi. Undagi biror harf uzgarmagan, almashmagan. Quroni Karim uzidan avvalgi barcha ilohiy kitoblardagi haqiqatlarni uzida mujassamlashtirgan.

Mumin-musulmon kishi Quroni Karimning tilovatini urganishi farz. Uni tajvid bilan, izn olgan ustozdan urganiladi. Uziga etarli miqdorda urganmagan odam gunohkori azim buladi. Shu bilan birga, musulmon kishi Quronni urganmogi, manosini tushunib, unga amal qilmogi lozim. Quron halol degan narsani halol, harom degan narsani harom bilmogi zarur. Uning amrlariga buysunib, qaytarganlaridan qaytmogi lozim.

Quroni Karim ilohiy kitoblarning okhirgisi bulib, qiyomatgacha boqiy qoluvchi ilohiy mujizadir. Uni muhofaza qilishni Alloh taolo Uz zimmasiga olib «Hijr» surasida:

«Albatta, zikrni Biz tushirdik va albatta, uni Biz muhofaza qilamiz», degan (9-oyat).

Quroni Karimdan keyin ilohiy kitob kelmaydi. Kim Quroni Karimdan keyin ilohiy kitob kelishini davo qilsa, kofir buladi.

Quroni Karim fasih arab tilidagi ilohiy mujiza bulganidan, uni uzidek tarjima qilish hech kimning qulidan kelmaydi. Faqat manolarini tarjima qilish mumkin. Lekin bu manolar tarjimasi hech qachon Quroni Karimning urnini bosa olmaydi. U faqat manoni tushunishga biroz yordam beradi, kholos.

Shuning uchun Quroni Karim manolari tarjimasini namozda yoki boshqa munosabat va ibodatlarda uqish mutlaqo joiz emas. Binobarin, tarjimadan hukm chiqarishga, hujjat-dadil keltirishga ham urin yuq.

Quroni Karimning haqiqiy ilohiy kitob ekanini hozirgi zamon ilmi qayta-qayta takidladi va takidlashda davom etmoqda.

Kupgina garblik mashhur olimlar uzlarining ilmiy ishlarini Quroni Karimga solishtirib kurib, tan berib musulmon buldilar va bulmoqdalar.

Yuqorida nomi zikr etilgan mashhur fransuz olimi Moris Bukay uzining ilmiy izlanishlari samarasi ularoq ilohiy kitoblarni solishtirib chiqdi va «Tavrot, Injil, Quron va hozirgi zamon ilmi» nomli kitobini yozdi. Moris Bukay bu kitobida hozirgi zamon ilmi Quroni Karim oldida ojiz ekanini va Tavrot, Injilda turli qarama-qarshiliklar va ilmga tugri kelmaydigan narsalar kupligini kursatdi. Shundan keyin Quroni Karimga iymon keltirganini elon qildi.

Islom aqiydasi buyicha ilohiy kitoblarga iymon keltirib, Quroni Karimni inkor etgan kishi kofir hisoblanadi. Shuningdek, Quroni Karimga iymon keltirib, boshqa ilohiy kitoblarni yoki ulardan birortasini inkor qiluvchi kishi ham kofir buladi. Mazkur Tavrot, Zabur va Injil nomli ilohiy kitoblardan boshqa hozirda bor turli diniy kitoblarni «ilohiy kitoblar» deya olmaymiz.

Ilohiy kitoblarga birdek iymon keltirishning musulmonlarga farz qilinishi Islom ummati samoviy aqidalarga meroskhur ekanligining dalilidir. Bu esa ulkan sharafdir. Shu bilan birga, bu iymon bashariyatning asli birligi, dini, ilohiy birligining ramzidir.

Ilohiy kitoblarga iymon keltirish Quroni Karimga iymon keltirishning bir bulagidir. U doimo bashariyatni Allohning Uzi hidoyatga solib turganini bildiradi.

Ilohiy kitoblarga iymon keltirish musulmonlarni ushbu kitoblarga ahl bulgan khalqlar bilan yaqinlashtiradi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари