Home / Madaniyat / Ilmning fazli va unga oid masalalar

Ilmning fazli va unga oid masalalar

naukaIslom ilm dini ekaniga hech qanday shubha yuq. Islomni urganish uchun ham ilmga urinish lozim. Barcha islomiy ilmlar shu maqsadga khizmat qiladi. Jumladan, biz bahs qilib turgan mavzu uchun ham ilm eng muhim omil ekanini yana bir bor takidlamoqchimiz.

Shu bilan birga, voqeligimizdan kelib chiqib, ming afsuslar ila takidlamoqchimizki, kupchiligimiz ilmga kerakli masuliyat bilan qaray olmaymiz. Khususan, diniy talimotlarni urganishga bulgan etiborimiz juda ham nochor holda. Kupchiligimiz diniy tushunchalarni uzlashtirish uchun tayyor turgan kitobni uqishga ham dangasalik qilamiz.

Shoyadki, kelgusi satrlarda ilm haqidagi yoritilajak narsalar kupchilik uchun ilmga turtki bular, degan umiddamiz.

Gapni ilmning lugatdagi manosi bilan tanishishdan boshlaylik.

«Ilm» suzi arab tilida «bir narsaning bosh­qasidan ajratib turadigan belgisi» manosini ang­latadi. Binobarin, «talim» urganuvchining kup takrorlashi sababli uning shakhsiyatiga tasirini utkazuvchi omil ekanini bilib olamiz.

Lugat ilmining kuzga kuringan arboblaridan biri bulgan Ibn Manzur: «Ilm johillikning aksi bulib, u bir narsaning boshqalardan ajralib turuvchi belgisini bilib olishdir», degan.

Ilmning istilohiy manosi quyidagicha:

Jurjoniy «Tarifot»ida: «Ilm voqelikka muvofiq bulgan jazmli etiqoddir», degan.

Imom Fazzoliy rfhmatullohi alayhi aytadi: «Ilm bir narsani khuddi uzidek idrok qilishdir».

Ilm va unga bogliq manolarni ifoda etgan oyati karimalarning soni uch yuz etmish tuqqiztadir.

Quroni Karimning ilmga oid oyatlaridan bazilarinigina keltirib utamiz.

Alloh taolo «Fotir» surasida:

«Albatta, Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qurqarlar», degan (28-oyat).

Alloh taoloning qudratini his etib, makhluqotlardan ibrat olib, ularning yaratuvchisi borligini anglab etib, aqli bilan Allohni topgan va Undan qurqqan odamgina olim hisoblanadi.

Alloh taolo «Zumar» surasida:

«Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng buladilarmi?» degan (9-oyat).

Albatta, teng bulmaydilar. Biladiganlar iymon kelti­rib, ibodat qiladilar. Bilmaydiganlar kufr keltirib, isyon qiladilar.

Alloh taolo «Ankabut» surasida:

«Bu misollarni odamlarga keltiramiz, ularga faqat olimlarninggina aqli etar», degan (43-oyat).

Bu boradagi hadisi shariflarning adadi juda ham kup. Biz namuna sifatida faqat bir nechtasini keltiramiz.

Muoviya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Alloh kimga yakhshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib quyadi. Albatta, men taqsimlovchiman, kholos, Alloh beradi.

Albatta, bu ummat Allohning ishi (qiyomat) kelguncha Allohning amrida qoim buladi. Ularga khilof qilganlar zarar etkaza olmaydi», – dedilar».

Turtovlari rivoyat qilishgan.

Din talimotlarini yakhshi tushunish banda uchun katta bakht-saodat bulib, bu holat Alloh taolo unga yakhshilikni iroda qilganiga dalolat qiladi. Demak, diniy ilmni bandaga Alloh taoloning Uzi beradi. Shuning uchun ham Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam gaplarining davomida: «Albatta, men taqsimlovchiman, kholos, Alloh beradi», demoqdalar.

Yani men Alloh taolo bergan ilmni etkazaman, kholos. Haqiqiy ilm beruvchi Alloh taoloning Uzidir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim ilm talab qilish yuliga tushsa, Alloh unga jannatning yulini engillashtiradi. Qaysi bir qavm Allohning uylaridan birida jam bulib, Allohning kitobini tilovat qilsa, uni urgansa, albatta, ularning ustiga sakiyna tushadi, ularni rahmat urab oladi, farishtalar qurshab oladi va Alloh Uz huzuridagilar qatorida zikr qiladi», – dedilar.

Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallamning: «Kim ilm talab qilish yuliga yursa, Alloh unga jannat yulini oson qilib quyadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini quyadi. Albatta, olimga osmondagi zotlar, erdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istigfor aytadi.

Olimning obiddan fazli khuddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga ukhshaydi. Albatta, olimlar Paygambarlarning meroskhurlaridir. Albatta, Paygambarlar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar. Kim ushani olsa, ulug nasibani olibdi», deganlarini eshitdim.

Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.

Sahoba va uluglardan ilm haqida rivoyat qilingan hikmatlar juda ham kup. Ulardan bazilarini esga olamiz.

  1. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Ilm gapning kupligida emas, ilm qurqishning kupligidir», degan ekan.
  2. Hasan Basriy roziyallohu anhu: «Olim Allohdan goyibona qurqqan odamdir. Alloh qiziqtirgan narsaga qiziqqan, Alloh yomon kurgan narsadan qochgan odamdir», deya turib, «Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qurqarlar» oyatini tilovat qilar ekan.
  3. Ibn Abdulbarr Hilol al-Varroqdan rivoyat qiladi:

«Umar ibn Khattob roziyallohu anhu shunday der edi: «Ogoh bulinglar! Eng sodiq gap Allohning gapi. Eng guzal hidoyat Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hidoyati. Ishlarning eng yomoni yangi paydo qilinganlari.

Ogoh bulinglar! Odamlarga ilm ularning akobirlaridan kelsa, ular yakhshilikda bardavom bulurlar».

  1. Imom Ahmad va Ibn Abdul Barr Umar roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: «Ilmni talim oling­lar va odamlarga talim beringlar. Uning uchun viqor va sokinlikni ham urganinglar. Uzingiz talim olgan kishiga va talim bergan kishiga tavozeli buling. Ulamolarning jabborlari bulmang. Jahlingiz ilmingiz ila qoim bulmaydi».
  2. Abu Nuaym va boshqalar Kumayl ibn Ziyoddan quyidagilarni rivoyat qiladilar: «Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu qulimdan tutib sahro tomonga olib chiqdi. Sahroga chiqqanimizdan keyin utirib, nafas rostladi va quyidagilarni aytdi:

«Ey Kumayl ibn Ziyod! Qalblar idishlardir. Ularning yakhshisi kupni uz ichiga oladiganidir. Senga aytadigan narsalarimni yodlab ol.

Odamlar uch toifadir: olimi robboniy; najot yulini urganuvchi; pastkash, gavgochi, har kimga ergashuvchi, har shamolga moyil buluvchi, ilm nuridan ziyo olmagan kimsa.

Ilm eng yakhshi moldir. Ilm seni quriqlaydi. Sen molni quriqlaysan. Ilm amal bilan ziyoda buladi. Mol nafaqa bilan noqis buladi.

Olimga muhabbat qilish lozim tutiladigan din­dir. Ilm olimga hayotida toatni, mamotida yakhshi eslovni kasb qildiradi. Molning qolgani esa u bilan qushilib zavol buladi. Mollarning khazinachisi uldi, ular bulsa, tirikdirlar.

Ulamolar zamon turganicha boqiydirlar. Tanalari yuqolsa ham, khotiralari qalblarda mavjuddir.

Albatta, mana bu erda (quli bilan kuksiga ishora qildi) ilm bor, uni kutaradiganlarni topsang edi! Ha, topilsa ham, tez tushunadigan, ammo ishonchsizi topiladi. U dinni dunyo uchun ishlatadi. Hujjatlarini Allohning Kitobiga qarshi, nematlarini bandalariga qarshi ishlatadi. YOki ahli shakqa ergashib, hayotni qalb kuzi bilan kura olmaydigani topiladi. Sal shubha paydo bulishi bilan, qalbida shak alanga oladi. YOki lazzatlarga berilgan, shahvatlarga jilovini tutqazgani topiladi. YOki molu dunyo tuplashga va ularni saqlashga mubtalo bulgani topiladi. Ular ham din davatchilari emas, kuproq dalada utlab yurgan hayvonga ukhshaydilar. Bunday ilm uni kutarib yuruvchilarning ulimi ila uladi.

YO Alloh! Allohning hujjatlari va ravshan dalillari botil bulmasligi uchun er yuzi Allohning hujjati ila qoyim buluvchidan kholi bulmas. Ularning adadi ozdir. Ularning Allohning huzuridagi qadri ulugdir. Ular ila Alloh uz hujjatlarini olga surur. Ular usha (hujjat)larni uz teng­doshlariga etkazurlar va uzlariga ukhshaganlarning qalblariga ekurlar.

Ilm ularni haqiqatga etkazur. Shunda ular boyvachchalarga qiyin kuringan narsalarni engil bilurlar, johillar uzini olib qochgan narsaga ulfat bulurlar. Ular dunyoda badanlari bilan bulsalar ham, ruhlari alo maqomlarga bogliq bulur.

Ana ushalar, Allohning yurtlaridagi halifalari va diniga davatchilardir.

Ey voh! Ularni kurishga shavqim kelur! Uzim va sen uchun Allohga istigfor ayturman. Khohlasang, turib ketaver!»

  1. Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu ilm bilan birga amal ham bulishi zarurligini doimo takidlar edilar.

Ibn Abdulbarr va Doraqutniy keltirgan rivoyatda Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu quyidagilarni aytadi: «Ey ilm urganganlar, unga amal qilinglar. Albatta, haqiqiy olim ilmni urganib, keyin amal qilgan va amali ilmiga muvofiq kelgan kishidir. Bir qavmlar bulurki, ular ilmni kutarsalar ham, u bugizlaridan nariga utmas. Ichlari tashlariga, ilmlari amallariga khilofdir. Halqalarni bir-birlariga kuz-kuz qilish uchun qururlar. Hatto bir kishi uzinikini quyib, boshqaning halqasiga utirganga gazab qilur. Ularning amallari usha majlislaridan Alloh azza va jallaga kutarilmas».

Ilm talab qilishning farzligi

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ilm talab qilish har bir musulmon zimmasiga farzdir», – dedilar.

Imom Ahmad va Ibn Moja rivoyat qilishgan.

Demak, har bir musulmon ilm talab qilishni uzi uchun farz deb bilishi kerak. Har bir musulmon ilmga ega bulib, kishilarni hidoyatga davat qiluvchi shakhs bulishga urinmogi lozim. Islomda ilm talab qilish beshikdan to qabrgacha farz qilingan. Bu manoni kengroq tushunishga harakat qilaylik.

Farz Alloh taoloning qatiy amri bulib, uni bajarish har bir mumin uchun majburiydir. Farz amalni bajarmagan odam katta gunoh ish qilgan buladi, okhiratda iqobga uchraydi.

Farz ikki qismga bulinadi: farzi ayn va farzi kifoya.

Farzi ayn har bir musulmon shakhsan bajarishi lozim bulgan ishdir. Uni birov uchun boshqa ado etgani bilan farz bajarilgan bulmaydi. Bunga namozni misol qilish mumkin. Balogatga etgan har bir mumin inson besh vaqt namozni uqishi – farzi ayn. Uqimagan odam qattiq gunohkor buladi.

Farzi kifoya esa bazi bir musulmonlar ado etsa, boshqalar uchun kifoya qiladigan ishdir. Bunga misol janoza namozidir. Bir musulmon vafot etsa, uni yuvib-tarab, janozasini uqib kumish hamma musulmonlar uchun farz buladi. Ammo farzi kifoya bulgani uchun, bazi musulmonlar janozasini uqisa, kifoya qiladi. Boshqalardan farz soqit buladi.

Ilm talab qilish borasida farzning ikkala qismi ham ishtirok etadi.

Har bir musulmon uchun uziga kerak narsani, hayoti uchun zarur ilmni, dinu diyonatni, halol-haromni bilib olishda zarur bulgan har bir narsani urganishi – farzi ayndir. Har bir musulmon bu ishni qilishi shart. Qilmagan odam gunohkor buladi.

Mana, ilm talab qilish Islom dinida farzligini tushunib oldik. Endi bu farz hayotimizda qanday holatda ekanini mulohaza qilaylik. Kupimiz uzimiz uchun kerak bulgan diniy majburiyatlarni bilmaymiz. Quron uqish, namoz uqish va boshqa farz, vojib, sunnat ishlarni urganmaymiz. Holbuki, bu ishlar har bir musulmon uchun farzi ayndir. Bu nuqsonni yuqotish uchun kurashmogimiz lozim.

Jumladan, nafsni poklash va akhloqni sayqalash ilmi urganishimiz va amal qilishimiz zarur bulgan ilmdir.

Ilmning foydalari

Ilmning foydalari son-sanoqsiz ekanini hamma yakhshi biladi. Biz diniy ilmlarning bazi foydalarini qisqacha eslab utamiz.

  1. Ilm orqali Alloh taniladi, Unga ibodat qilinadi va tavhidi asosida yashash yulga quyiladi.
  2. Ilm etiqodlar va ibodatlarning asosidir.
  3. Ilm talab qilish ibodatdir.
  4. Ilm jannatga etish yulidir.
  5. Ilm uz egasiga Allohdan qurqishni kasb qildiradi.
  6. Ilm uz egasiga khaloyiqqa nisbatan tavoze qilishni urgatadi.
  7. Ilmdan, avvalo, egasi, keyin boshqalar ham foyda oladi.
  8. Ilmning ajri uning egasining ajalidan keyin ham boqiy qoladi.
  9. Ilm uz egasini Paygambarlardan keyingi eng yuqori martabaga erishtiradi.
  10. Ilm pastni baland, khorni aziz va singanni butun qiladi.
  11. Ilm kishini jaholat zulmatidan marifat nuriga chiqaradi.
  12. Ilm tufayli silai rahm qilinadi va haq-huquqlar ado etiladi.

Ilmlarning turlari

Ilmlarning eng zaruriysi bandaning Robbi bilan muomalasini yulga quyuvchi ilmdir. Mazkur muomala uchga taqsimlanadi:

  1. Etiqod
  2. Amal
  3. Tark qilish

YOsh bola balogatga etganida uning zimmasiga farz buladigan birinchi narsa shahodat kalimalarini urganib, manolarini tushunishdir.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam talim kurmagan arablardan tasdiqni eshitish bilan kifoyalanganlar. Ulardan dalil talab qilmaganlar.

Yuqoridagi hukm malum bir vaqtning farzi buladi. Keyin nazar solish va dalilni urganish farz buladi.

Etiqodga oid boshqa narsalarni urganish ham vaziyatga qarab farz bulib boraveradi. Misol uchun, shahodat kalimalari manosi haqida shak paydo bulsa, bandaga usha shakni ketkazadigan ilmni urganish farz buladi. Qayta tirilish, jannat, duzakh kabi aqida masalalarini urganish vojib buladi.

Shuningdek, amalga oid hukmlar vaqti kelganda, ularni bajarish uchun urganish farz buladi. Namoz uqish yoshiga etganda, toharat va namozni urganish farz buladi. Agar Ramazonga sog-salomat etib boradigan bulsa, ruzani talim olish farz buladi.

Nisobga etgan moli bulsa va bir yil tulsa, zakotni urganmogi farz buladi. Haj vaqti kelganda, uni ado etishga sharoiti bulsa, hajni urganmogi farz buladi.

Tark qilinishi lozim bulgan narsalar holatga qarab uzgarib turadi. Misol uchun, kuzi ojiz kishiga nazar solish harom bulgan narsani urganish farz bulmaydi. Shuningdek, soqovga gapirish harom bulgan kalomni urganish farz bulmaydi.

Banda khamr ichish va ipak kiyish tarqalgan diyorda yashaydigan bulsa, unga mazkur narsalarning haromligini urganish farz buladi.

Bazi ilmlarni urganish muboh buladi. Misol uchun, manoli sher va khabarlarning tarikhini urganish.

Bazi ilmlar mazammat qilinadi. Misol uchun, sehr va tilsim ilmini urganish.

Shariy ilmlarning barchasi maqtalgandir. Ular usul – asl shariy ilmlar, furu – shakhobcha shariy ilmlar, muqaddima ilmlar va tuldiruvchi ilmlarga taqsimlanadi.

  1. Asl shariy ilmlar Quroni Karim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari, ummatning ijmosi va sahobalarning asarlaridan iboratdir.
  2. Shakhobcha shariy ilmlar mazkur asl ilmlardan fahmlangan va ulardan aql orqali tushunib olingan ilmlardir. Boshqacha qilib aytadigan bulsak, faqihlarning qiyos va boshqa qoidalarni ishga solib chiqargan hukmlariga oid ilm.
  3. Muqaddima ilmlar Quroni Karim va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini bilishga khizmat qiladigan nahv va lugat ilm­lariga ukhshash ilmlardir.
  4. Tuldiruvchi ilmlarga qiroatlar ilmi, tajvid ilmi, hadis rivoyatchilarining ismlari, odilligi va tarjimai hollariga oid ilm va boshqalar kiradi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари