Home / Madaniyat / Ilmga amal qilmaslik

Ilmga amal qilmaslik

ilmTalabi ilmga tusiq buladigan omillardan yana biri ilmga amal qilmaslikdir. Ilmga amal qilmaslik ilmning barakasini uchiruvchi sabablarning eng asosiysi, shuningdek, ilm sohibining ziddiga hujjat buladigan sabablardan biridir. Allohu subhanahu va taolo Soff surasida: «Qilmagan narsangizni gapirishingiz Allohning nazdida qattiq yomon kurilgandir» deydi (3-oyat). Shuning uchun ham solih salaflarimiz bilganlariga amal qilishga uta haris bulishgan. Ulug sahobiy Ibn Masud roziyallohu anhu aytadilar: «Bizdan bir kishi un oyatni urgansa, uning manolarini bilmagunicha va unga amal qilmagunicha boshqalariga utmas edi».

Ali roziyallohu anhu: «Ilm amal ila khitob qiladi, amal javob bersa berdi, bulmasa ilm qochadi», deganlar. Chunki ilm va amal juftdir: yo birga buladi, yo barobar kutariladi. Agar ilm amalsiz bulsa, sohibining ziddiga hujjat buladi.

Bishr Hofiy: «Hadisning zakotini ado eting. Har bir ikki yuz hadisdan beshtasiga amal qiling», deydi.

Ilmga amal qilish ilmni mustahkamlashga yordam beradi. Bunga misol qilib «Fotiha» surasini keltirishimiz mumkin. Har kungi besh mahal namozlarimizda qayta-qayta uqiganimiz sababli u zehnlarda boshqa suralardan kura mustahkam joy olgan. Shuningdek, ertalab va kechqurun uqiladigan duolarni olib kuraylik. Inson yodlashga harakat qilgan sari yodlashi osonlashaveradi. Tashlab quysa, yodlaganlari ham unutilib ketadi. Qancha kup takrorlasa, shuncha zehnga yakhshi urnashadi. Mustahkamligi unga amal qilish qadaricha buladi.

Zahabiy rahimahulloh uz zamonalari haqida: «Ammo bugungi kunda kam ilmlardan ham faqat juda kami qoldi va u oz kishilarda, ulardan usha oziga amal qiladiganlari buncha ham oz! Bizga Allohning Uzi etarli va U qanday ham yakhshi vakil», deydi. Bu Zahabiyning hijriy sakkizinchi asrda aytgan gapi bulsa, bugungi kundagi holimiz haqida nima deyish mumkin?!

Har bir kishi Robbiga bulgan gumonini yakhshi qilgan holda mujohada qilsin. Alloh latif Zotdir, khohlagan bandasiga buni nasib etadi.

Alloh bizga bergan bu ilmning zakotini ado etish ham lozim. Molning zakoti undan biridan choragidir. Ilmning zakoti esa unga amal qilish va uni uzgalarga urgatishdir. Mashoyikhlar: «Har bir musulmon va muslimaga turt masalani bilish vojib: birinchisi,  ilm, ikkinchisi, unga amal qilish, uchinchisi, unga chorlash va turtinchisi, uning yulida ozorlarga sabr qilish», demishlar.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари