Home / Madaniyat / Ikki nur sochuvchini: «Baqara» va «Oli Imron» suralarini qiroat qiling

Ikki nur sochuvchini: «Baqara» va «Oli Imron» suralarini qiroat qiling

fotihaIbn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Jabroil bilan utirgan edilar. Yuqoridan bir ovoz eshitildi. Jabroil osmonga burilib qaradi-da:

«Bu osmonning eshiklaridan biri, hech ochilmagan edi, bugun ochildi. Undan bir farishta tushdi. U bugundan boshqa hech tushmagan edi. U salom berdi va:

«Suyunchi, sendan avvalgi Paygambarlarga berilmagan ikki nur senga berildi, Fotiha surasi va Baqara surasining okhiri. Ulardan uqigan har bir harfingga, albatta, (savob va javob) berilasan», dedi».

Imom Muslim rivoyat qilgan.

Sharh: Bu hadisi sharifdan «Fotiha» va «Baqara» suralarining ulug fazllari bilan birga, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Jabroil alayhissalomdan boshqa farishta ham kelib turishini bilib oldik.

Osmonning hech ochilmagan eshigi ochilib, undan osmondan hech tushmagan farishta tushib, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga «Fotiha» va «Baqara» suralari fazli haqida khabar berishi bu suralarning ulugligini, alohida ilohiy ehtimomga sazovor bulganini yaqqol kursatib turibdi.

Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisi sharifda quyidagilar aytiladi:

«Ubay ibn Kab Paygambar alayhissalom huzurlarida «Fotiha» surasini uqidi. Shunda u Zot: «Mening jonim tasarrufida bulgan Zot bilan qasamki, Tavrotda ham, Injilda ham, Zaburda ham, Furqonda (Quronda) ham bunga ukhshashi tushirilmagan», dedilar».

Imom Ibn Hibbon Sahl ibn Sad roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar, Paygambar alayhissalom: «Har narsaning sanomi – kuzga kuringan joyi buladi. «Baqara» surasi Quronning sanomidir. Kim uni uz uyida kechasi uqisa, uch kecha shayton kirmaydi. Kim uni kunduzi uqisa, uch kun shayton kirmaydi», deganlar.

Abu Umoma al-Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Quronni qiroat qiling. U qiyomat kuni uz ashoblariga shafoatchi bulib keladir.

Ikki nur sochuvchini: «Baqara» va «Oli Imron» suralarini qiroat qiling. Ikkovlari qiyomat kuni khuddi ikki bulutga yoki ikki soyabonga, yokhud ikki qush galasiga ukhshab keladir. Ikkovlari uz ashoblari haqida tortishurlar.

«Baqara» surasini qiroat qilinglar. Albatta, uni olmoqlik barakadir. Uni tark qilmoqlik hasratdir. Battollar unga qodir bulmaslar», dedilar».

Boshqa bir rivoyatda:

«Qiyomat kuni Quron va unga amal qilgan ahllari keltirilganida, «Baqara» va «Oli Imron» suralari bosh bulib keladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkovlariga uchta misol keltirdilar. Ularni hanuz unutganim yuq. Ikkovlari qiyomat kuni khuddi ikki bulut…», deyilgan.

Sharh: Bu hadisi sharifda Quroni Karim qiroatiga, khususan, «Baqara» va «Oli Imron» suralari qiroatiga qattiq targib bordir.

Shuningdek, bu hadisi sharifda Quroni Karimning va «Baqara» hamda «Oli Imron» suralarining fazllari qanchalik ulug ekanligi bayon qilingan.

«Quronni qiroat qiling. U qiyomat kuni uz ashoblariga shafoatchi bulib keladir».

Qiyomat kuni shafoatchisi bulish har qanday banda uchun katta bakhtdir. Odamlar usha dahshatli kunda shafoatchi topish uchun turli ishlarni qiladilar va choralar akhtaradilar.

Ushbu hadisi sharif esa qiyomat kuni eng ishonchli shafoatchi topishning eng oson yuliga dalolat qilmoqda. Bu Quroni Karimni qiroat qilmoqdir. Bas, kim qiyomat kuni shafoatchisi bulishini khohlasa, Quroni Karimni kuproq qiroat qilsin.

«Ikki nur sochuvchini: Baqara va Oli Imron suralarini qiroat qiling. Ikkovlari qiyomat kuni khuddi ikki bulutga yoki ikki soyabonga, yokhud ikki qush galasiga ukhshab keladir».

Qiyomat sahrosida, uning jazirama issigida kuyib, jizganak bulib turgan har bir odam boshi uzra oz bulsa ham soya bulishini juda istaydi. Bu bakhtga ega bulish uchun insonlar nimalar qilmaydilar.

Ammo bu hadisi sharif usha ogir kunda eng yakhshi soyabonga ega bulishning eng oson yulini kursatmoqda. Bu oson yul «Baqara» va «Oli Imron» suralarini qiroat qilmoqdir. Kim bu ikki surai karimani bu dunyoda uqib yurgan bulsa, qiyomat kuni ular uning boshida soyabon bulurlar.

Ammo «Baqara» va mOli Imron» suralarining uz uquvchilariga okhiratda beradigan foydalari bu bilan cheklanib qolmaydi.

«Ikkovlari uz ashoblari haqida tortishurlar».

Ha, «Baqara» va «Oli Imron» suralari qiyomat kuni uzlarini uqigan odamlarga yakhshi martabalar berilishini surab tortishadilar. Bu qandoq ham ulug ish!

Bu dunyoda baraka talabida bulmagan kim bor?

Bu dunyoda hasratdan qochmagan kim bor?

Bu hadisi sharif barakaga ega bulishning va hasratdan uzoqda bulishning eng oson yulini kursatib bermoqda.

«Baqara surasini qiroat qilinglar. Albatta, uni olmoqlik barakadir. Uni tark qilmoqlik hasratdir».

Bu ishni qilish uncha qiyin emas. Inson dangasa bulmasa, bas. Chunki hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Battollar unga qodir bulmaslar», dedilar».

Ushbu hadisi sharifning boshqa bir rivoyatida:

«Qiyomat kuni Quron va unga amal qilgan ahllari keltirilganida «Baqara» va «Oli Imron» suralari bosh bulib keladilar», deyilgan.

Bundan «Baqara» va «Oli Imron» suralari boshqa suralardan oldin turishi kelib chiqadi.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Quronni qiroat qilishga qattiq targib qilganlari.

2. Quroni Karim qiyomat kuni uz ashoblariga shafoatchi bulib kelishi.

3. «Baqara» va «Oli Imron» suralarini ikki nur sochuvchi degan sifati borligi.

4. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Baqara» va «Oli Imron» suralarni qiroat qilishga qattiq targib qilganlari.

5. «Baqara» va «Oli Imron» suralari qiyomat kuni khuddi ikki bulutga yoki ikki soyabonga, yokhud ikki qush galasiga ukhshab kelishi.

6. «Baqara» va «Oli Imron» suralari uz ashoblari haqida tortishishlari.

7.«Baqara» surasini yod olmoqlik baraka ekanligi.

8. «Baqara» surasini tark qilmoqlik hasratligi.

9. Battollar «Baqara» surasini yodlashga qodir bulmasligi.

10. Qiyomat kuni Quron va unga amal qilgan ahllari keltirilganida «Baqara» va «Oli Imron»suralari bosh bulib kelishi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir joyga kup sonli kishilarni yuborishdan avval ularga Quron uqitib kurdilar. Ulardan har biri Quronni qancha bilsa, shuncha uqidi. U Zot ularning ichida eng yosh yigitning oldiga kelib:

«Ey falonchi, sen Qurondan qancha bilasan?» dedilar.

«Falon, falon suralarni va Baqara surasini bilaman», dedi.

«Baqara surasini bilasanmi?» dedilar.

«Ha», dedi.

«Boraver, sen ularga amirsan», dedilar.

Shunda ularning ashroflaridan bulgan bir kishi:

«Ey Allohning Rasuli, Allohga qasamki, meni Baqara surasini urganishdan unga amal qila olmasligimdan qurqishim man qildi, kholos», dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Quronni talim olinglar. Uni qiroat qilinglar va qiroat qildiringlar. Albatta, Quron uni talim olgan, qiroat qilgan va unga amal qilganlar uchun misli misk tuldirilgan qopga ukhshaydi. Barcha joyda hidi anqib turadi. Uni talim olib, ichiga olib yotgan odam esa ichiga misk solib, ogzi boglab quyilgan qopga ukhshaydi», dedilar».

Sharh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalari ichidan biror ishga rahbar ikhtiyor qilmoqchi bulsalar, ularning Quronni kuproq yod olgani va bilganini tanlar edilar.

U Zot bir joyga kishilarni yuborishdan avval ularga Quron uqitib kurar edilar. Ulardan Quronni kup bilganini rahbar qilib tayinlar edilar.

Kunlarning birida u Zot alayhissalom kup sonli kishilarni bir tomonga yubormoqchi buldilar. Ularni Qurondan imtihon qildilar. Okhiri ularning ichida eng yosh yigitning oldiga kelib:

«Ey falonchi, sen Qurondan qancha bilasan?» dedilar.

«Falon, falon suralarni va Baqara surasini bilaman», dedi.

«Baqara surasini bilasanmi?» dedilar.

«Ha», dedi.

«Boraver, sen ularga amirsan», dedilar.

Bundan mazkur guruhdagi sahobalarning Qurondan bilganlari teng kelib qolib, ularning ichidan afzalini tanlash uchun «Baqara» surasi ulchov bulgan deya olamiz.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Quron uqishga va uni uqitishga targib qila turib, uni dunyoda kishilarga eng sevimli narsalardan biri miskka ukhshatdilar.

Bularning barchasi Quroni Karimning fazli, Baqara surasining fazlidir.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir joyga kup sonli kishilarni yuborishdan avval ularga Quron uqitib kurish odatlari borligi.

2. Qurondagi ilmi tenglar ichida «Baqara» surasini biladigan kishi afzal hisoblanishi.

3. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Quronni talim olishga, uni qiroat qilishga va qiroat qildirishga targib qilganlari.

4. Quron uni talim olgan, qiroat qilgan va unga amal qilganlar uchun misli misk tuldirilgan qopga ukhshashligi.

5. Quronni talim olib, ichiga olib yotgan odam ichiga misk solib, ogzi boglab quyilgan qopga ukhshashligi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Uylaringni qabrga aylantirmanglar. «Baqara» surasi uqilgan uyga shayton kirmaydi», dedilar».

Ikkisini Termiziy rivoyat qilgan.

Bu hadisi shariflar ham Quroni Karimning va «Baqara» surasining fazlini yana ham boshqacharoq vasf qilmoqda.

Barcha odamlar uylarining obod bulishiga, qabristonga ukhshab qolmasligiga harakat qiladilar. Bu maqsadni amalga oshirish uchun turli-tuman ishlar, sarf-kharajatlar qiladilar.

Bu maqsadni amalga oshirishning eng qulay, barakali va arzon yuli ushbu hadisi sharifda bayon qilingan ekan. Har bir musulmon kishi uz uyi obod bulishi, qabrga ukhshab qolmasligi uchun «Baqara» surasini uyida uqib tursa buldi ekan.

Kishilar uz uylarini omonlik qurgoni bulishini juda ham istaydilar. Uyda istiqomat qiluvchilarning barchasi tinch-omon va khotirjam bulishlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladilar. Ayniqsa, jinu shaytonlar yomonligidan ehtiyot bulishga alohida ahamiyat beradilar.

Bu maqsadga erishishning oson va qulay yuli ham har kim uz uyida «Baqara» surasini uqib turishi ekan.

Bunga ukhshash rivoyatlar juda kup. Misol uchun, yana bir rivoyatni keltiraylik:

Abu Ubayd rivoyat qiladi:

«Bir odam namozda «Baqara» va «Oli Imron» suralarini uqibdi. Namozini tugatganidan keyin hazrati Kab roziyallohu anhu unga:

«Baqara» bilan «Oli Imron»ni uqidingmi?» dedilar.

«Ha», dedi.

«Mening jonim qudrati qulida bulgan Zot bilan qasamki, bu ikkovida u bilan duo qilsa, mustajob buladigan Allohning ismi bor», dedilar.

«Menga urgatib quying», dedi.

Hazrati Kab roziyallohu anhu:

«Yuq, urgatmayman, uning khabarini senga aytsam, uzingni ham, meni ham halok qiladigan duo qilib quymagin», dedilar.

Imom Bukhoriy rivoyat qiladilar:

«Usayd ibn Huzayr roziyallohu anhu kechasi Baqara surasini uqiyotgan edi. Yaqinida oti bogliq turar edi. Birdan ot tipirchilab qoldi. Qiroatdan tukhtagan edi, ot ham yana tukhtadi. Yana uqigan edi, ot ham tipirchiladi. Ugli Yahyo yaqinida ukhlab yotardi. Ot bosib olmasin, deb borib, uni quliga oldi va boshini osmonga kutardi. Tong otgandan sung hodisani Paygambar alayhissalomga suzlab berdi. U kishi:

«Uqi, ey Ibn Huzayr», dedilar.

«Ey Allohning Rasuli, Yahyoni bosib olmasin, deb qurqdim, uning yaqinida edi. Boshimni kutarib, uning oldiga bordim. Osmonga qarasam, bulutga ukhshash narsa, ichida chiroqqa ukhshagan narsalar ham bor. Ularni kurmay deb chiqib ketdim», dedi.

Paygambar alayhissalom: «U nimaligini bilasanmi?» dedilar.

«Yuq», dedi.

U Zoti bobarakot:

«Ular sening ovozingga kelgan farishtalar, agar tong otguncha uqiyverganingda odamlar ularga nazar solsa bulardi. Ular bekinmasdilar», dedilar».

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари