Home / Madaniyat / Ikhtiyoriy sadaqa haqida

Ikhtiyoriy sadaqa haqida

sadakaBoshqa ibodatlardagi kabi sadaqa va khayr-ehsonda ham farzu vojibdan keyingi urinda ikhtiyoriysi turadi. Albatta, sadaqaning bu turi ham sohibining uziga katta foydalar keltiradi.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, sadaqa Robbning gazabini uchiradi va yomon ulimni daf qiladi», dedilar».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qay bir kishi halol-pokdan sadaqa qilsa, Alloh halol-pokdan boshqani qabul ham qilmaydi, albatta, Alloh u (sadaqa)ni ung quli bilan qabul qilib oladi. Agar u bir dona khurmo bulsa ham, Rahmonning kaftida usadi. Hattoki, togdan ham katta bulib ketadi. Khuddi biringiz toychogi yoki butalogini tarbiya qilganidek», dedilar».

Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.

Termiziy: «Buning tasdigi Alloh azza va jallaning kitobidadir: «Alloh riboni yuq qilur va sadaqalarni ustirur»ni ziyoda qilgan.

Yana usha kishidan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bandalar tong ottirgan har bir kunda, albatta, ikki farishta nozil buladi. Ulardan biri: «Allohim! Infoq qiluvchiga urinbosar bergin», deydi.

Ikkinchisi esa: «Allohim! Mumsikka yuqotish bergin», deydi», dedilar».

Ikkisini ikki Shaykh va Nasaiy rivoyat qilishgan.

Sadaqa esa sirtdan molning ozayishiga ukhshab kurinsa ham, aslida Alloh taolo sadaqasi qilingan molni barakali qilib quyadi. U egasiga yuqadi, bakht-saodat keltiradi va balo-ofatlardan saqlaydi.

Sadaqa va khayr-ehson beruvchi qul yakhshi qul, barakali qul, khayr-ehsonli qul, hammaning havasini keltiradigan, Allohga va Uning Rasuliga khush keladigan quldir.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари