Home / Madaniyat / Ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar vaqtinchalik tukhtatiladi
Место рекламы

Ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar vaqtinchalik tukhtatiladi

Mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bogliq vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar ichki turizmni rivojlantirishga doir tadbirlarni tukhtatish tavsiya etildi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 mart kunidagi koronavirusning mamlakatga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash buyicha Respublika makhsus komissiyasi qaroriga kura, sayyohlik kompaniyalari, jamoat tashkilotlari va yirik sanoat korkhonalariga mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bogliq vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar ichki turizmni rivojlantirishga doir tadbirlarni tukhtatish tavsiya etildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qumitasi khabariga kura, respublika hududida utkazilishi rejalashtirilgan barcha turdagi ommaviy bayram tadbirlari, khalqaro tadbirlar va sport musobaqalari, teatr, kino va konsert dasturlari vaqtincha tukhtatiladi.

Makhsus komissiya qaroriga asosan, Transport vazirligi karantin muddati davriga tugri keluvchi turizm maqsadida kharid qilingan havo va temir yul chiptalarini, shu jumladan ichki qatnovlar uchun chiptalarni kharidorlar tomonidan qaytarilgan taqdirda, jarimasiz qabul qilish, chipta narkhini kharidorga tuliq qaytarish yoki boshqa muddatga kuchirish choralarini kuradi.

Bildirilishicha, Transport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qumitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Akhborot tekhnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ayni damda mamlakatda bulib turgan khorijiy fuqarolarni, shu jumladan turistlarni uz mamlakatlariga qaytishi masalalarida ularga akhborot kumagini beruvchi makhsus shtab tashkil etildi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

vKNYzK1LhHGS5YdWMC2UioBfj3bOR8qc

«Sirli dushman kimning ichiga yashiringanini bilmaymiz»: Italiyadagi hayot haqida hikoya

Sisiliyadagi plyajda joylashgan bar egasi Katya Afonina qatiy karantin sharoitida Italiyaning eng yirik orolidagi hayot …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари